1)
dastlabki bosqich – tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari,
marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi
tadbirlari uchun;
2)
o’rta bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, mahsulot namunalarini ishlab
chiqishdan normal ishlab chiqarish va iste’mol faoliyatiga o’tish uchun;
3)
oxirgi bosqich – muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo’lib, korxona
aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro’y beradi va ishlab
chiqarish ko’rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag’ talab qilinadi.
Venchur fondi o’z kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga
joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir.
Venchur
kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan
shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob
qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan
tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini
belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya
risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-
tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.
Venchurli
investitsiyalar, o’zlarining risklarini oldini olish yoki pasaytirish
imkoniyatlari ehtimoli yuqori emasligi bilan farqlanadi. Jahon tajribasi
tasdiqlashicha, venchurli moliyalashtirish iqtisodiyotni texnik jihatdan progressiv
tarmoqlariga taalluqlidir. Riskli moliyalashtirishga mansub bo’lgan mablag’lar
ixtisoslashgan institutlar tomonidan jamlanadi va o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan
hamda tezda qoplanadigan loyihalarga qaratiladi. Odatda bunday investitsiyalar
katta bo’lmagan, ishlab chiqarishni printsipial yangi turlarini o’zlashtirilishi
hisobiga foyda normasi o’rtachadan yuqori darajada ta’minlanishi kutilayotgan
sohadagi firmaga beriladi. Bunda, odatda kapital qo’yilmalar firma mijozini
aktsiyalarini bir qismini xarid qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, yoki ssuda berish
yo’li orqali, shu jumladan firma-mijoz konversiya huquqi bilan beriladi. Risk yuqori
bo’lgan kapital qo’lga kirituvchi firma rahbarligi o’zining
hatti-harakati ancha
erkinligi bilan tavsiflanadilar.
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr 50
yillari o’rtalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada
paydo bo’ldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va
o’rta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari ma’lum edi:
-
bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar.
Amerikaliklar va inglizlar ularni “biznes angellari” deb atashar edi. O’z ishini
boshlovchi tadbirkor “gard kam” tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yo’lga
qo’yar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablag’ni o’z qarindosh urug’laridan,
do’stlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga qo’yib,
faqat yutuqqa tayangan holda, o’z kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga qo’l uradi.
Venchur kapitali paydo bo’lishiga qadar Evropada xususiy tadbirkorlar aktsioner
kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmaganlar. Faqat 80
yillarning
o’rtalariga kelib evropalik mablag’ tikuvchilar ularga an’anaviy bo’lib qolgan,
oldindan miqdori aniq bo’lgan aktivlarga mablag’ safarbar etmasdan, aktsiyalarga
investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan.
Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni ko’pgina tushunchalari ma’lum,
lekin ularning barchasini ma’nosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u o’z
funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qo’lga kiritish yoki
aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yo’li bilan aniq biznesni o’sishiga pul
mablag’larini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan dalolat
beradi. Bunda kapital tikuvchining ma’lumoti cheklanadi va kapital kirituvchi faqat
investitsiya manbasini ta’minlovchisi hisoblanadi.
Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi “venchur kapitali”,
“venchur biznesi” tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab chiqarish,
texnologik, axborot va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan yangi ishlanmalarni joriy
etish bilan bog’liq bo’lgan mualliflar faoliyati venchurli investitsiya munosabatlarini
tashkil etadi.
Venchurli moliyalashtirish mexanizmini kelib chiqishi kelajagi bor g’oyalar,
yangi fan sig’imi yuqori bo’lgan ishlanmalarni tadbiq etish loyihalari bilan
bog’lanadi.
Tadbirkor o’z faoliyatini yo’lga qo’yish uchun g’oyaga, ya’ni kelajagi bor
loyihaga, moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan
taqdirda ham, tadbirkor o’z g’oyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila
olishi kerak, uning oqibatlari qanday bo’lishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va
texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq
etishi bilan bog’liq g’oyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar,
yangi texnologiya va yangi
mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bog’liq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni
takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bo’lsa,
shunchalik “venchur kapitali” qiymati yuqori bo’ladi.
Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot
va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar ko’radi. Buning sababi raqobatbardoshlik
yo’qotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi,
ishsizlik o’sadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning
uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli
loyihalarni amalga oshirish orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli
moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish.
“Venchur kapitali” venchur strukturalarida ya’ni
venchur fondlari,
korporatsiyalari orqali tashkil etiladi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmli
tadbirkorlik, innovatsion tuzulmalarini moliyalashtirishda qo’l keladi. O’zbekiston
iqtisodiyotida ilmiy-izlanish ishlanmalari “nou-xau”larni, innovatsion loyihalarni
moliyalashtirish “venchur kapitali” “venchur tuzilmalari”, ya’ni venchur foydalari,
korporatsiyalari, assotsiatsiyalarining venchurli moliyalashtirish mexanizmi orqali
amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni texnik, texnologik jihatdan muntazam
yangilanib borishini ta’minlab turadi.