mavzu: Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish
Reja:
1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar
2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish
3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida
4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda
innovatsiya strategiyasini shakllantirish
1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar
“Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro)
yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi
iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim
Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va
innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya”
tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan.
Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda
tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy
holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar
A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida
yangilashdir.
1
R.Fatxutdinovning fikriga ko’ra, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning
yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy,
texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir.
2
Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, i
nnovatsiya
– bu yuqori iqtisodiy va
ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or ilm-fan
yutuqlarini joriy etish yo’li bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan
tovarlar sifatini oshirishdir.
Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir
yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm
sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini
yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va
boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar
sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin.
Innovatsion faoliyat qaysi sohada bo’lmasin, kashfiyotlar, e’lon qilingan
yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash,
mahsulot bilan ta’minlash va boshqa yo’nalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli
ravishda uzluksiz joriy etib borishni ta’minlash jarayonidir.
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka
undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar,
kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat
ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab
1
А.В.Бусыгин. Предпринимательства. – М.: Дело, 2001. 176с.
2
Р.А.Фатхутдинов. Инновационный менежмент. – М.: Интел – Синтез. 2000. 9с.
chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya,
texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash
asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida
mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi
mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika,
texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi.
Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar
yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat
qiladi.
Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida
investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida
tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat
turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud
ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi
mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika
va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni
ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi
bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni
yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini,
ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni
kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.
Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoq sohalarida
iqtisodiy o’sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda ta’minlovchi zaruriy
vosita sifatida namoyon bo’ladi.
Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari:
•
Ilmiy-texnik yangilik;
•
Amaliy qo’llanilishi;
•
Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar
talabini qondira olishi.
Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik g’oyadan to mahsulotgacha
shakllanishi va bozorga tarqalishidir.
Innovatsion jarayon bosqichlari:
1-bosqich bu yangi g’oya va bilimlar;
2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish, ya’ni
innovatsiya;
3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Ya’ni innovatsion mahsulot, xizmat va
texnologiyalarni yangi makon va sharoitlarda qo’llanilishi.
Shunday qilib, “innovatsiya” tushunchasi barcha sohalardagi (ishlab chiqarish,
ilmiy-tadqiqot va boshqa) ishlanmalar, yangiliklar va takomillashtirilgan vositalar
sifatida, sarf-xarajatlar imkoniyatlarini ta’minlaydi yoki bo’lmasa ularni ta’minlash
uchun sharoit yaratadi.
Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini
kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini
ta’minlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini ko’paytirishdir.
Innovatsiyalar o’zining predmeti va qo’llash sohalari bo’yicha quyidagilarga
bo’linadi:
-mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar);
-bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki
xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish);
-innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish jarayonlari)
Innovatsiyalarni qayd etilgan mezonlar bo’yicha tiplarga ajratish firma
(korxona) strategiyasini aniqlash, innovatsiya tiplaridan kelib chiqib tovar
(xizmatlari) realizatsiya shakllari hamda iqtisodiy mexanizm boshqarish shakllarini
ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. Har qanday yangilik, ya’ni innovatsiya aniq
loyihalarda o’z ifodasini topadi, aniq maqsadlarga qaratiladi hamda chuqur hisob-
kitoblar, tahlil va ekspertiza asosida bo’lajak natijalari istiqboli aniqlanadi.
Innovatsiya har qanday sohada yangilikni qo’llash bo’lib, uzluksiz jarayonni
bildiradi, tizimli faoliyatni, aniq strategiyani amalga oshirishdan dalolat beradi.
Yangilikka intilish, yaratuvchanlik, kashfiyotlar va ular asosida qo’lga
kiritiladigan ishlanmalar har qanday sohada resurs talab etadi.
Har qanday iqtisodning bosh bo’g’inini ishlab chiqarish tashkil etishi
munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilg’or texnika
va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qo’llashni, turli
yo’nalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, ya’ni
investitsiyalarni kiritishni talab etadi.
Makroiqtisodiy darajada innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-
iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratiladi va iqtisodiy taraqqiyotni umumiy
shart-sharoitlarini
yaxshilab
boradi
hamda
iqtisodiy
mexanizmlarning
takomillashtirilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
mukammal omillarga ega bo’lishi talab etiladi va zaruriy iqtisodiy resurslar, ya’ni
investitsiyalarni talab etadi. Bunda innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar
ijtimoiy-iqtisodiy tizimning moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g’oyaviy-siyosiy
belgilarini takomillashtirilishiga safarbar etiladi. Bunday investitsiyalar resurslar,
ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xizmatlar, mulkchilik shakllari, iqtisodiy
mexanizm, intilinayotgan g’oya va siyosatning ustuvorligini ta’minlanishiga
qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, makroiqtisodiyot darajasida innovatsiyalarga qaratilgan
investitsiyalar kuchli raqobat muhitida firma (korxona)larning raqobatbardoshligini
ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ularning mavqeini mustahkamlash bilan,
samaradorligini yuksaltirish, foyda (daromadi) hajmi va me’yorini oshirish bilan
bog’liq bo’lgan investitsiyalardir.
O’zbekiston iqtisodiyotida firma (korxona)lar hayotiyligini ta’minlash, ular
rivojlanishi va daromaddorligini orttirish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan
foydalangan holda, jahon talablari darajasidagi tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarishdir. Yangi, zamonaviy va ilg’or texnika-texnologiyalarni qo’llagan holda
sifatli, arzon tovar va xizmatlarni tashqi bozorlarga etkazish uchun qaratilgan
investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir. Erkin raqobat muhitida firma
(korxona) innovatsiya strategiyasini yaxlitlikda ta’minlashga qaratilgan
investitsiyalar:
-
ishlab chiqarish hayotiyligini saqlab qolish;
-
jamoa rivojlanish dasturini ta’minlash;
-
zamonaviy boshqarish usullarini qo’llash;
-
foydani maksimallashtirish;
-
jamoa faoliyatini takomillashtirish;
-
yangi sohalarga kirib borish;
-
manfaatlarga mos keladigan maqsadlarga erishish;
moliyaviy holatga risk vaziyat ta’sirini kamaytirish qobiliyatiga ega bo’lish kabi
vazifalarni qamrab oladi va ularni ta’minlashga qaratiladi.
So’nggi yillarda O’zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning
tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator
qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436
sonli «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli
«Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori. Ushbu
qaror asosida Respublika innovatsion g’oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi
amalga oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo’mitasi,
Fanlar akademiyasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligi
tomonidan tashkil etilgan. Respublika innovatsion g’oya, texnologiya va loyihalar
yarmarkasi mamlakatimiz korxonalariga ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini joriy
etishga, ularning samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi mexanizm bo’lib xizmat
qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 son
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 2008 yil 15 oktyabrdagi № 228-
sonli «Texnologiyalar transferi agentligi» davlat unitar korxonasi faoliyatini
takomillashtirish to’g’risida» qaror qabul qildi. Agentlikning asosiy vazifalari
innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish;
innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy innovatsion texnologiyalarni
mustaqil ekspertizadan o’tkazish, moslashtirish va mamlakatimiz amaliyotiga joriy
etish; ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat sotuvi ob’ekti sifatida ishlab chiqarishga
joriy etish loyihalarini tuzish va amalga oshirish; ilmiy-texnik ishlanmalar
natijalarini tijoratlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga
oshirish.
Respublikada innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish
maqsadida 2002 yilda «Innovatsion ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirish
Fondi» tashkil etilgan edi. O’tgan davr ichida 1070 ta innovatsion loyihalar bu
fonddan moliyaviy yordam oldilar.
2003-2014 yillar respublikada innovatsion faoliyatni innovatsion loyihalar
dasturi asosida bajarilish yo’nalishlari agrosanoat majmui bo’yicha 14 tadan 138
taga, mashinasozlik va asbobsozlik bo’yicha 12 tadan 63 taga, sog’liqni saqlash
bo’yicha 8 tadan 113 taga, ekologiya bo’yicha 2 tadan 36 taga, farmakologiya
bo’yicha 7 tadan 89 taga, axborot texnologiyasi bo’yicha 2 tadan 102 taga, geologiya
va qayta ishlash tarmoqlari bo’yicha 3 tadan 68 taga, energetika bo’yicha 12 tadan
115 taga, kimyoviy texnologiya bo’yicha 12 tadan 91 taga va ijtimoiy yo’nalish
bo’yicha 40 tadan 247 tagacha ko’paydi.
Respublikada YaIM tahlil etilayotgan davrda 6 barobarga o’sgan bo’lsada,
innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun byudjetdan ajratilayotgan
mablag’larning YaIM dagi hissasi 2007 yilda 0,006 foiz bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga
kelib 0,072 foizni tashkil etdi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bu ko’rsatkich
YaIMni 10-14 foizini tashkil etadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
uchun unga ajratilayotgan mablag’lar hissasini oshirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |