Mavzu: Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish Reja


 Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish



Yüklə 232,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.08.2023
ölçüsü232,19 Kb.
#140893
1   2   3   4
Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish

14.2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish kelajakda aniq mahsadlarga erishishni nazarda 
tutishi bilan tavsiflanadi. Investitsiyalarni moliyalashtirish iqtisodiy samaraga 
erishish, ijtimoiy samara olish, tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni 
yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki samaradorlikni oshirishga 
qaratilganligi bilan ajralib turadi. Investitsiyani kiritish va moliyalashtirish qarorlari 
aniq hisob-kitoblar va tahlil hamda ekspertiza asosida amalga oshiriladi. Demak, 
investitsiyalarni moliyalashtirishdan avval ularni kelajakdagi maqsadlariga erishish 
imkoniyatlari naqadar erkinligi aniqlanadi. 
Yuqori riskli (venture capital), ya’ni venchurli moliyalashtirish natijalarini 
noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi, qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan 
tavsiflanadi. Bir so’z bilan ifodalaganda, investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik 
darajasi yuqori bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Bunda qo’ldan keladigan 
investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga erishish imkoniyatlari past bo’lishi, yoki 
umuman qo’yilayotgan maqsadni qo’lga kiritilishi noaniq bo’lishi, yoki umuman 
kiritilayotgan kapital yo’qotish imkoniyatlari yuqori ekanligi oldindan noma’lum 
bo’lishi bilan aniqlanib turadi. Venchurli investitsiyalarni qimorga tikish, kazino, 
ruletka kabi o’yinlarga mablag’ tikish bilan taqqoslash mumkin bo’lgan 
investitsiyalardir. Venchurli investitsiyalar o’zlarining oqibatlarini noma’lum 
ekanligi bilan ajralib turadi. 
Venchurli moliyalashtirish
– bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunday 
venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori 
daromadli loyihalarni realizatsiyasi bo’yicha hamkorlik qiladilar. Venchurli 
moliyalashtirishning ob’ekti bo’lib sinalmagan g’oya – venchur loyiha hisoblanadi. 
Shuningdek, “venchur” termini yangi texnologiyani barpo etish bilan bog’liq 
loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi. 
Venchur loyihalarini moliyalashtirishning asosiy afzalligi o’rtacha daromadlilik 
darajasining yuqoriligi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha ko’riladigan 
daromaddan 2-3 barobar ko’p miqdorni tashkil etadi. 
Venchur loyihasini amalga oshirishda kamida uchta bosqichda kapitalga ehtiyoj 
seziladi: 


1)
dastlabki bosqich – tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari, 
marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi 
tadbirlari uchun; 
2)
o’rta bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, mahsulot namunalarini ishlab 
chiqishdan normal ishlab chiqarish va iste’mol faoliyatiga o’tish uchun; 
3)
oxirgi bosqich – muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo’lib, korxona 
aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro’y beradi va ishlab 
chiqarish ko’rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag’ talab qilinadi. 
Venchur fondi o’z kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga 
joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir. Venchur 
kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan 
shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob 
qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan 
tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini 
belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya 
risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-
tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi. 
Venchurli investitsiyalar, o’zlarining risklarini oldini olish yoki pasaytirish
imkoniyatlari ehtimoli yuqori emasligi bilan farqlanadi. Jahon tajribasi 
tasdiqlashicha, venchurli moliyalashtirish iqtisodiyotni texnik jihatdan progressiv 
tarmoqlariga taalluqlidir. Riskli moliyalashtirishga mansub bo’lgan mablag’lar 
ixtisoslashgan institutlar tomonidan jamlanadi va o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan 
hamda tezda qoplanadigan loyihalarga qaratiladi. Odatda bunday investitsiyalar 
katta bo’lmagan, ishlab chiqarishni printsipial yangi turlarini o’zlashtirilishi 
hisobiga foyda normasi o’rtachadan yuqori darajada ta’minlanishi kutilayotgan 
sohadagi firmaga beriladi. Bunda, odatda kapital qo’yilmalar firma mijozini 
aktsiyalarini bir qismini xarid qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, yoki ssuda berish 
yo’li orqali, shu jumladan firma-mijoz konversiya huquqi bilan beriladi. Risk yuqori 
bo’lgan kapital qo’lga kirituvchi firma rahbarligi o’zining hatti-harakati ancha 
erkinligi bilan tavsiflanadilar. 
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr 50 
yillari o’rtalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada 
paydo bo’ldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va 
o’rta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari ma’lum edi: 
-
bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar. 
Amerikaliklar va inglizlar ularni “biznes angellari” deb atashar edi. O’z ishini
boshlovchi tadbirkor “gard kam” tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yo’lga 
qo’yar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablag’ni o’z qarindosh urug’laridan, 
do’stlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga qo’yib, 
faqat yutuqqa tayangan holda, o’z kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga qo’l uradi. 
Venchur kapitali paydo bo’lishiga qadar Evropada xususiy tadbirkorlar aktsioner 
kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmaganlar. Faqat 80 yillarning 
o’rtalariga kelib evropalik mablag’ tikuvchilar ularga an’anaviy bo’lib qolgan, 


oldindan miqdori aniq bo’lgan aktivlarga mablag’ safarbar etmasdan, aktsiyalarga 
investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan. 
Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni ko’pgina tushunchalari ma’lum, 
lekin ularning barchasini ma’nosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u o’z 
funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qo’lga kiritish yoki 
aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yo’li bilan aniq biznesni o’sishiga pul 
mablag’larini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan dalolat 
beradi. Bunda kapital tikuvchining ma’lumoti cheklanadi va kapital kirituvchi faqat 
investitsiya manbasini ta’minlovchisi hisoblanadi. 
Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi “venchur kapitali”, 
“venchur biznesi” tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab chiqarish, 
texnologik, axborot va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan yangi ishlanmalarni joriy 
etish bilan bog’liq bo’lgan mualliflar faoliyati venchurli investitsiya munosabatlarini 
tashkil etadi. 
Venchurli moliyalashtirish mexanizmini kelib chiqishi kelajagi bor g’oyalar, 
yangi fan sig’imi yuqori bo’lgan ishlanmalarni tadbiq etish loyihalari bilan 
bog’lanadi. 
Tadbirkor o’z faoliyatini yo’lga qo’yish uchun g’oyaga, ya’ni kelajagi bor 
loyihaga, moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan 
taqdirda ham, tadbirkor o’z g’oyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila 
olishi kerak, uning oqibatlari qanday bo’lishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va 
texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq 
etishi bilan bog’liq g’oyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bog’liq bo’ladi. 
Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar, yangi texnologiya va yangi 
mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bog’liq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni 
takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bo’lsa, 
shunchalik “venchur kapitali” qiymati yuqori bo’ladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning 
oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot 
va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar ko’radi. Buning sababi raqobatbardoshlik 
yo’qotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi, 
ishsizlik o’sadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning 
uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli 
loyihalarni amalga oshirish orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli 
moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish. 
“Venchur kapitali” venchur strukturalarida ya’ni venchur fondlari
korporatsiyalari orqali tashkil etiladi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmli 
tadbirkorlik, innovatsion tuzulmalarini moliyalashtirishda qo’l keladi. O’zbekiston 
iqtisodiyotida ilmiy-izlanish ishlanmalari “nou-xau”larni, innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirish “venchur kapitali” “venchur tuzilmalari”, ya’ni venchur foydalari, 
korporatsiyalari, assotsiatsiyalarining venchurli moliyalashtirish mexanizmi orqali 
amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni texnik, texnologik jihatdan muntazam 
yangilanib borishini ta’minlab turadi.



Yüklə 232,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin