-
mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx
belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
-
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga
bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;
-
erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq
imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
-
etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega
bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik
yurituvchi subektlar teng
huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega
bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik
yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy
tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday
sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi,
bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish
xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni
ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda
ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar,
tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni,
iqtisodni belgilab olish
vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy
vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir.
Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda
yuqori
daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni,
yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga
oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi
texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib
etuvchi, boshqaruvni
takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni,
tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi,
raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z
faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi.
Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor
sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z
faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida
engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi,
rivojlana olmaydi, oxir oqibatda
engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi
sub’ekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta
innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov
asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik
yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.
Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy,
ishlab chiqarish,
texnologik,
boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan
farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda
iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin
raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish,
texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib
shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu
innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini
shakllantirish
yuqorida
qayd
etilganidek
innovatsiya
loyihasi
sifatida
shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan
tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan
muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan
umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy
tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi,
ularni amalga oshirish
imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq
maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali
taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni
boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq
yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini
mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori
daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-
rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt
yoki
korxona
salohiyatiga,
bilimlar
darajasiga,
ijodiy
yondoshuvga,
yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga,
o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga
va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning
innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya
sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan
kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.