Mavzu: Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish Reja


 Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili



Yüklə 232,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.08.2023
ölçüsü232,19 Kb.
#140893
1   2   3   4
Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish

14.3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili 
sifatida 
Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh 
kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy 
bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech 
qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan 
insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday 
imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. 
Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir. 
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li 
bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati 
doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib 
chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega 
bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 
foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. 
Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ 
mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning 
mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir. 
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos 
faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga 
ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida
tasavvur qila olishi va bilishi zarur. 
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; 
ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik; 
tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy 
ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini 
ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik
uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik. 
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida 
tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida 
buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga 
ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni 
doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi.
D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor 
xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, 
tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni 
tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik 
va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati 
innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida 
novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni 
ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, 
yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va 


o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami 
innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini 
yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi. 
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan 
tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti 
novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, 
ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga 
erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish 
tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni 
ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol 
rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi. 
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi: 
-
mahsulot innovatsiyasi; 
-
texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi; 
-
ijtimoiy innovatsiya. 
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini 
yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash 
jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash 
jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh 
bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar 
yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni 
tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. 
Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, 
muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini 
joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va 
yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha 
oladi. 

Yüklə 232,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin