Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligi birinchi
navqbatda, ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun o’sib borayotgan ahamiyatidan
kelib chiqqan. Iqtisodiyotning tuzilishi innovatsiyalar ta’siri ostida o’zgaradi. Axir
resurslardan foydalanishning samaradorligini o’sishi hisobiga ularni bir qismi
bo’shaydilar va faolyaitning boshqa sohalariga qayta taqsimlanadilar. Masalan, qishloq
xo’jaligida band bo’lganlarning ulushi qisqaradi, xizmatlar sohasida esa o’sadi. Bundan
tashqari, innovatsiyalar yangi ishlab chiqarishlar, sohalarni vujudga kelishi va mavjud
bo’lganlarni asta- sekin barham topishining bevosita sababai bo’ladilar.
Innovatsiyalarning jamiyatni iqtisodiy tashkil qilinishini ham o’zgartiradilar. Yangi
ijtimoiy institutlar va xo’jalik tashkilotlari (masalan, venchurli firmalar) paydo bo’ladilar,
ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar o’zgaradilar. Mulkning tuzilishida siljishlar sodir
bo’ladi. Boshqaruv texnologiyasi takomillashadi: vertikal ta’sir ko’rsatishlar borgan sari
gorizontallar bilan to’ldiriladi va almashtiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning mazmuni ham o’zgaradi.
Innovatsion jarayonlar borgan sari kattaroq sotsial ahamiyat kasb etadilar. Yangilik
kiritishlar bilan yaratiladigan iqtisodiy o’sish nafaqat aholini turmush darajasini oshishiga imkon beradi, balki bandlik muammolarini yangi yuqori ish haqi to’lanadigan ish
joylarini tashkil qilinishi hisobiga hal qilinishi, ta’lim va sog’liqni saqlash darajasini
oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari hozirgi tarixiy davrda innovatsiyalarni
tarqalishi jarayoni har xil sotsial va iqtisodiy sub’ektlarni yagona bir butunga bog’lovchi,
millatning yagonaligini ta’minlovchi, ko’pgina hollarda sotsial ziddiyatlar va janjallarni
yumshatuvchi elementlardan biri bo’ladi.
Hozirgi dunyodagi innovatsion jarayonlarning intensivligi ekologik muammolarni ancha
keskinlashtirgan. Bir qator yo’nalishlar bo’yicha atrof muhitga antropogen yuklama
mushkul chegaraga yaqinlashmoqda, uni orqasida moddalarni tabiatdagi meyoriy o’zgarib
turishini buzilishi muqarrardir. Boshqa tomondan, faqat innovatsiyalar yordamida inson va
tabiat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirishi mumkin. Axir xuddi ilmiy – texnik yutuqlar
ishlab chiqarishning tuzilmasi va iste’molni ratsionallashtirish hamda qaytadan aylanuvchi
texnologiyalarni tarqatish yo’li bilan o’rni to’ldirilmaydigan resurslardan foydalanishni va
zararli chiqindilarni kamaytirishga imkon beradi. Bu muammolar jahon hamjamiyati
tomonidan qabul qilingan, barqaror ekologik muvozanatni ko’zda tutuvchi 21 – asrda
barqaror rivojlanish kontseptsyasi munosabati bilan ayniqsa dolzarbdir.
O’tgan asr xo’jalik hayotini muddat bilan internatsionallashuvi bilan ma’lum bo’ladi.
ham kasb etadi. Har xil mamlakatlarni innovatsion sohada kooperatsiyalashishi resurslarni
yangi ilmiy – texnik natijalarni olish, ham buyumli va ham buyuli bo’lmagan shakllardagi
texnologiyalarning transporti, jahon ilmiy - innovatsion infratuzilmasini yaratilishi o’z
mohiyatiga ko’ra globar xarakterga ega innovatsiyalarni amalga oshirish maqsadida
birlashtirilishi orqali sodir bo’ladi. Ilmiy - texnik taraqqiyotning hozirgi ko’lamlarida
ko’pgina innovatsion loyihalarni bitta, hatto eng rivojlangan mamlakatlarni amalga
oshirishga kuchlari yetmaydi.
Ammo mamlakatda xuddi shunday ilmiy – texnik baza, hamda xorijdan innovatsiyalarni
qabul qilishni ta’minlovchi mexanizmlar mavjud bo’lmasa jahon innovatsion jarayonlariga
to’laqonli integratsiyalashishning iloji bo’lmaydi. Mamlakatni mehnat taqsimotiga
qo’shilishining darajasi va samaradorligi tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi
uning tutgan o’rni, malakali mutaxassislarning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Ushbu
parametlar tabiiy resurslarga eksklyuziv egalik qilish yoki ekstensiv xarakterdagi boshqa
afzalliklar bilan kamroq darajada va mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlovchi
innovatsiyalardan foydalanish bilan borgan sari ko’proq darajada belgilanadilar. Milliy
iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini innovatsion jarayonlarni rivojlanishi darajasiga
bog’liqligi – innovatsiyalarning umumdavlat ahamiyatidagi muhim jihatidir.
Ammo innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zaruriyati nafaqat
ularning umummilliy ahamiyati, balki iqtisodiy mazmuni bilan ham asoslangan. Bir
tomondan, bozor iqtisodiyotiga innovatsiyalar – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar foydasini
bozor talabini yaxshiroq qanoatlantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini raqiblarnikiga
nisbatan kamaytirish hisobiga ko’paytirishning asosiy vazifasidir. Boshqa tomondan, klassik
bozor mexanizmlarini amalda bo’lishi sharoitlarida ilmiy – texnik natijalarni olish va ularni
xo’jalik amaliyotiga tatbiq etish ancha qiyinlashadi. Bozor iqtisodiyotiga ega xorijiy
mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, ilmiy – texnik rivojlanish masalasida bozorni
avtomatlashtirilishiga to’liq suyanish mumkin emas. Yangilik kiritishlardan foydalanish
faqat u yoki bu korxona yoki mintaqaning xususiy muammosi bo’lmaydi, u ko’proq ijtimoiy
xarakterni kasb etadi, chunki u yoki bu malakatni rivojlanishining sotsial– iqtisodiy
istiqbollari borgan sari u yerda innovatsion jarayonlar qanchalik uzviy borayotganiga bog’liqdir. Innovatsion jarayonlarni boshqarishning markazlashtirilgan usullarining
ustuvorligi jahon amaliyoti tomonidan isbotlangan.
Ushbuni hamda bizning iqtisodiyotimizning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy –
texnik taraqqiyot sohasida davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechish va bozor
mexanizmlari va xususiy tashabbusga umid bog’lash yengiltaklik bo’lib ko’rinadi.
Innovatsion jaryonni rivojlanishini boshqarishning o’zagi deb davlatning ilmiy – texnik
siyosatini hisoblash zarur. Ijtimoiy rivojlanishning barcha elementlari va bo’g’inlarida
innovatsiyalar (yangilik kiritishlar, ilmiy- texnik yutuqlar)ni yaratish va tadbiq etish
bo’yicha jarayonlar, hamda fan va texnika yutuqlarini (ham ishlab chiqvrish – texnik va
ham iste’mol belgilanishida)o’zida ro’yobga chiqaruvchi ilmiy – texnik siyosatining ob’ekti
bo’ladilar:
Davlat ilmiy – texnik siyosati:
- ilmiy – texnik yutuqlarni tatbiq etilishi va ishlab chiqarishni yangilanishi tufayli
- zamonaviy texnologik tartibning asosini tashkil qiluvchi bazisli va yaxshilanuvchi
innovatsiyalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- raqobatli bozor innovatsion mexanizmini samrali faoliyat yuritishi uchun sharoitlar
yaratishi;
- texnologiyalarning mintaqalararo va xalqaro tranferi, xalqaro investitsion hamkorlik,
milliy invesvatsion tadbirkorlikni manfaatlarini himoyalashga ko’maklashish zarur.
Innovatsion faoliyatni davlat tomontdan qo’llab-quvvatlanishining aniq shakllariga
quyidagilar kiradilar:
- to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish;
- yakka kashfiyotchilar va kichik tatbiq etuvchi korxonalarga imtiyozli bank ssudalarini
berish;
- katta soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi venchurli innovatsion fondlarni tashkil qilish;
- yakka kashfiyotchilar uchun davlat potentli bojlarini pasaytirish;
- resursni tejovchi kashfiyotlar bo’yicha potentli bojlarni to’lash muddatlarini kechiktirish;
- texnologiyalar, texnoparklar tarmog’ini tashkil qilish va h.k.
Davlat ilmiy – texnik siyosatini amalga oshirishda foydalanadigan tartibga
solishning(to’g’ridan to’g’ri va vositali) shakllari va usullari bozor munosabatlarini vujudga
kelishi davrida xalq xo’jaligini sotsial- iqtisodiy o’zgarishlarida egiluvchan va adekvat
bo’lishi kerak. Ushbu bosqichda davlatning faoliyati innovatsiyalarni tatbiq etish va
tarqatishni har tomonlama rag’batlantirshga qaratilishi kerak.
Yuqorida bayon etilganlarni barchasi O’zbekistonda ilm soxasidagi faoliyat va
innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi uchun iqtisodiy huquqiy mexanizmlarni
ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Respublika Vazirlar Mahkamasi Muvofiqlashtiruvchi
kengashi qoshidagi fan va texnologiyalar bo’yicha markaz tomonidan O’zbekistonda
innovatsion faoliyatni rivojlantirish va texnologiyalarni tijoratlashtirish dasturi
tayorlanmoqda, u buning uchun kerakli infratuzilmani: innovatsion faoliyatning barcha
jixatlari (mulkchilik huquqlarini tartibga solishdan tortib qulay investitsion muhitni yaratish,
fondli va venchurli moliyalashtirish tizimi vujudga keltirishgacha) uchun huquqiy bazani;
mamlakat innovatsion salohiyati monitoringi uchun axborot blokini; texnologiyalar va
ko’p ilm iste’mol qiluvchi mahsulotlarni ilmiy sohadan ishlab chiqarishga, milliy va
xorijiy bozorlarga transferti (uzatish) tizimlarini, texnologik menejment sohasida
mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim bazasini yaratishni ko’zda tutadi. “O’zbekiston Respublikasidagi innovatsion faoliyat haqida”, “Texnologiyalarning transferti
(topshirilishi) haqida”, “Tijorat siri haqidagi” qonunlar, Vazirlar Mahkamasining “Ikki
tomonlama (harbiy va fuqarolik) qo’llanishdagi texnologiyalarni uzatish tartibi haqida”,
“O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy sheriklar bilan litsenzion bitimlar bo’yicha
vakolatli mukofotlar to’lash tartibi haqida”, “Eksportga mo’ljallangan ishlab chiqishlarni
xorijiy patentlantirishga valyuta mablag’larini ajratish tartibi haqidagi” bir qator qarorlari
ishlab chiqilmoqda. Ularni qabul qilinishi “Aqliy mulk haqida” va “Xizmat kashfiyotlari
haqidagi” amaldagi qonunlar bilan birgalikda ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish va
aqliy va sanaot mulki ob’ektlaridan foydalanish jarayonida vujudga keladigan o’zaro
munosabatlarning huquqiy mexanizmlarini yo’lga qo’yishga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik-
texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishning qo’shimcha choralari haqidagi Farmoni
qabul qilingan22.
Haqiqiy iqtisodiy sharoitlar va mamlakatdagi fan va texnologiyalarning u yoki bu sohasini
jahon darajasiga nisbatan rivojlanganligi darajasiga qo’shilgan holda, ilmiy-texnik
siyosatning belgilangan strategiyasini tanlab olish talab qilinadi. Jahon tajribasidan fan,
texnika va texnologiyalarni rivojlanishining uchta tamoyili: umumiy, selektiv (tanlab
olinadigan) va boshqalardan o’rganish ma’lum.
Fan va texnologiyani umumiy rivojlanishi strategiyasi, ya’ni barcha mavjud yo’nalishlar
va sohalarda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlab chiqarishlarni o’tkazish hozirgi vaqtda
respublika uchun qabul qilib bo’lmaydigan, kelajakda esa mamlakatni jahon ilmiy
hamjamiyatiga integratsiyalashishi va uning doirasidagi “Mehnat taqsimoti” tufayli
maqsadna muvofiq bo’lmasligi mumkin.
O’zbekiston uchun selektiv rivojlanish va ilg’or ilmiy-texnik ishlab chiqarishlarni
boshqalardan o’rganish strategiyalarini birlashtiruvchi yo’l maqsadga muvofiqroq
ko’rinadi. Birinchisi (selektiv) mavjud ilmiy-texnik salohiyat va uning harakatlarini
ustuvor davlat ilmiy-texnik siyosatiga jamlash asosida iqtisodiyotning bazaviy sohalari
uchun. Ikkinchisi – respublikada kuchsiz rivojlangan va jahon darajasidan ancha orqada
qolgan, ammo iqtisodiyot uchun g’oyatda zarar yo’nalishlar uchun.
Innovatsion jarayonlarning ko’rsatib o’tilgan ta’riflari, hamda davlatning hozirgi
jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy roli davlat idoralarining innovatsion faolityani tartibga
solish bo’yicha vazifalarini belgilab beradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish. Davlatning vazifasi –innovatsion
jarayonlarning umumiy strategik mo’ljallarini belgilash va har xil tuzilmalarning
innovatsiyalarni amalga oshirishdagi kooperatsiyasi va o’zaro hamkorligiga
ko’maklashish.
2. Innovatsiyalarni rag’batlantirish. Bu yerda markaziy o’rinni raqobatni rag’batlantirish,
hamda innovatsion jarayon ishtirokchilariga har xil moliyaviy subsidiyalar va imtiyozlar
egallaydilar. Innovatsion xatarlarni davlat tomonidan qisman yoki to’liq sug’urtalash
katta ahamiyatga ega.
3. Innovatsion jarayonlarning huquqiy bazasini yaratish. Nafaqat ijtimoiy va texnologik
o’zgarishlarga muvofiq me’yorlarning barqarorligi va o’z vaqtida tuzatish kiritilishini
ta’minlovchi zaruriy qonunlarni, balki ularga rioya qilishning haqiqiy amaldagi
mexanizmlarini shakllantirish muhimdir. Ilmiy-texnik mahsulotlarni yaratuvchilar va
iinovatorlar huquqlarini davlat tomonidan himoyalash alohida o’ringa ega.
4. Innovatsiyalarni xodimlar bilan ta’minlash. Davlat o’quv yurtlaridagi o’qish
dasturlarining mazmuni innovatsiyalar generatorlarining ijodiy salohiyatini rivojlanishi va
ham mutaxassislarni yangilik kiritishlarni qabul qila olishiga ko’maklashishi kerak.
5. Inovatsion infratuzilmani shakllantirish . Davlat axborot tizimlari – yangiliklarni
tarqatishninng asosiy kanallaridan birining faoliyatini ta’minlaydi , innovatorldarga yuridik ,
maslahat va boshqa xizmatlarni ko’rsatadi. Davlat yana innovatsion sub’ektlar o’rtasida
vositachi bo’lishi , ularga sheriklarni qidirib topish , davlat kafolati ostida bitimlar tizimida
yordam ko’rsatishi mumkin.
6. Innovatsion jarayonlarni institutsial ta’minlash. Bu yerda asosiysi davlat sektori