Mavzu Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi Reja
ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.
Golden Ollport amerikalik psixolog bo’lib u har bir shaxsni alohida o’ziga hos shaxsiyati borligini kashf etgan. U bazida buni isbotlashda psixologiyaga ham quloq solgan. Ollport fikricha shaxsiyat o’ziga hos 2 xarakter bilan ifodalanadi:
1)Tabiiylikda- bunda shaxsning hususiyatlari va roli umumiy katta hisoblarda va insonning turlarida namoyon bo’ladi.
2)Tasviriy- bunday holatda insonlarning faqatgina o’zlariga hos bo’lgan xarakterlari namoyon bo’ladi. “Human Behaviours” David martin
Shunday qilib, jahon va hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib, xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Biz shaxs rivojlanishini o’rganar ekanmiz, asosiy e’tiborni shaxsga ta’sir etuvchi biologik ta’sirni, ijtimoiy ta’sirni, shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayonini o’qish o’rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog’lig’iga qaratish lozim. Shaxs rivojlanishini 2 ta asosiy nazariyada ko’rish mumkin. Bu nazariyalar ko’plab tadqiqotlarga va tajribalarga tayangan holda ishlab chiqilgan.
1) Zigmund Freydning psixoanalitik nazariyasi: bu nazariyaga ko’ra shaxsning shaxs bo’lib rivojlanishiga uning jinsiy va ongsiz mayllari katta ta’sir ko’rsatishni ta’kidlaydi.
2)Insonparvarlik yondashuviga ko’ra , shaxsning ichki imkoniyat va qobiliyatlari uning rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs haqidagi klassik nazariyalar insonning tabiatdagi sodir bo’ladigan davrini o’zgarishlarini o’rganadi.
Bugungi shaxsga bag’ishlangan tadqiqotlar asosiy e’tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga bo’lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo’lgan madaniy ta’sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik xissi, shaxs egoizmining shakllanishiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti bo’lgan ongsizlik muammosiga katta e’tibor qaratadi.
Savol tug’iladi, Freyd odamlar havotirlanishiga qarshi qanday kurashadilar yoki qanday oldini oladilar?
Freydning fikriga ko’ra havotirlanish, biz boshdan kechirayotgan sivilizatsiya uchun to’lovdir. Har birimiz ijtimoiy guruhlar a’zosi ekanmiz o’zimizning jinsiy va agressiv mayllarimizni nazoratda tutamiz, ularni ochiq oydin oshkora qilmaymiz. Lekin bazida ego nazoratimizning yo’qolishiga sabab bo’ladi va ana shunda ID va Super Ego orasida ziddiyat yuzaga keladi. Ego o’zini himoya mexanizmlari bilan himoyalaydi. Quyida 7 ta misol keltirilgan:
Repressiya ( ongdan chiqazib tashlash) Freydning fikricha barcha himoya mexanizmlari asosida repressiya yotadi.
Regressiya (sustlashish, zaiflashish) Masalan o’qish davomida uydan uzoqda bo’lgan talabalar o’zlarini noqulay his qilishadi.
Reaksion formatsiya – ego ongsizlarga qabul qilinmaydigan impulslarini uning teskarisiga o’xshab yaratadi, bunda o’zini munosabatini teskari tarzda ifodalaydi. Masalan, sevib qolgan qiz sevgi obektiga nisbatan sevmayman deb aytgani bilan aslida unga nisbatan qizda “Men uni sevaman” degan munosabat shakllangan bo’ladi.
Proeksiya ( vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) Freydning fikricha o’g’ri hammani o’g’ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o’z impulslarini boshqalarga ko’chirib fikrlaydi.
Ratsionalizm – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini oqlash natijasida haqiqiy sabablarini bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan imtixondan yiqilgan talaba men yaxshi o’qirdim, o’qituvchilar menga pas baho qo’yishdi deb aytadi.
Almashtirish, o’zlashtirish – jinsiy yoki agressiv impulslarni qabul qiladigan odamlarga qaratish. Masalan, boshlig’idan jaxli chiqqan er xotinidan alamini oladi.
Qarshilik ko’rsatish – masalan, o’layotgan bemor o’z kasalligini rad etadi. Ichkilikka berilgan o’g’lining qilmishlarini ota-ona tan olmaydi.
Karl Yung swisslik psixolog olim bo’lib, Ollport nazariyalariga o’xshab yagonalikka hos bo’lgan mulohazalarga va savollarga javob bergan. Yung ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli bo’ladi. “Human Behaviours”
L.N.Tolstoy chuqur va yaxshi fikr bayon qilgan edi:”... men sizni birinchi marta ko’rib turiman, boshingiz, qo’llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz bichimi shunaqa yohud o’zgacha. Buni men ham ko’rib turibman, hama ham ko’radi. Ammo mana, agar men ko’nglingizga yo’l topolsam, shu joyga qo’l sololsam(u mening yelkamga qo’lini qo’ydi, ikkinchi qo’lini ko’ksimga qo’ydi”, agar o’sha joyda bor bo’lgan narsani oshkora qila (tashqariga chiqara) olsam men kishini hayajonlantira olaman, ko’ziga yosh oldira olaman, barcha hislarioni qo’zg’atib yubora olaman, ko’zga ko’rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko’rsata olaman,- u holda men chinakam sa’natkor bo’laman”
Ivan Pavlov Rossiyalik psixolog. U shaxs xulq-atvorini tasvirlab berishda o’z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko’ra xulq-atvor shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta’kidlagan. Bu holatda insonlar onsongina atrof-muhitga nima berayotganlarini tushunib yetadi va javob beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to’g’risida savollarga javoblar berilgan.1