2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4. Biologik shartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta’min-lovchi tizim, o‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma’naviy sharoitlarga ajraladi.
4. Mashqlar to‘plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi boshqarishni ta’min-laydi.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi O‘z-o‘zini anglashning yana bir xususiyati shundan iboratki, uning ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanishidir. Bunday rivojlanish nazorat etiladigan, shuningdek faoliyat va muloqot diapozonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir. O‘z-o‘zini anglash shaxsdagi chuqur, intim xarakteristikalariga mansub bo‘lib, uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi. Shaxs faqat faoliyat jarayonidagina o‘zining o‘zi haqidagi tasavvurlar bilan atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi, kerak bo‘lsa, “korreksiyalaydi”.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi - bu "Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqli jihatlarini anglash bilan birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng, shaxsda o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
«Men» siymosi – ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi.
O‘spirinlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.