Mavzu Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi Reja
R.Bernsning «Men» konsepsiyasi R.Berns «Men» konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini taklif qildi. Unga ko‘ra «Men» konsepsiyasining asosini o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil qiladi. «Men» konsepsiyasi strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar tashkil qiladi: - kognitiv; - emotsional; - xulq-atvor.
R.Berns «Men» konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik bilan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men» konsepsiyasi cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoniyatlar chegarasini ochib berdi. R.Berns «Men» konsepsiyasi elementlarini quyidagicha tasniflagan:
a) «Men» - anglovchi; b) «Men» - ob’ekt.
U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovkalarining yig‘indisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponentga bo‘ladi, bu komponentlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish – «Men - anglovchi» - «Men» obrazi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida «Men ob’ekt» bilan bog‘liq bo‘ladi.
R.Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga bo‘ladi:
- real (haqiqiy) Men ustanovkasi – bu individning o‘z aktual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi.
- oynadagi Men ustanovkasi
- kelajakdagi Men ustanovkasi.
R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog‘onada “Men” konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: - ijtimoiy men; - ma’naviy men; - jismoniy men.
R.Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa elementlarga nisbatan zaifroq ochib berilgan
“Men” konsepsiya doirasiga kiradigan tushunchalar quyidagilar:
Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men”. Shaxsning “Men” konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi “Men” tizimlarini emas, balki shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan “Men”larni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik psixolog tadqiqotchi J.Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men” o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasavvurlar - badavlat, yoqimtoy, sevimli “Men”larni oladi (Marcus et al.,1989; Marcus & Nurius, 1986). Bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men”ning ichiga shaxs bo‘lishdan qo‘rqadigan “Men”lar ham kiradi - ishsiz “Men”, “ikkichi” Men, yoqimsiz “Men”. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Men” shaxsni har doim ma’lum maqsadlarga erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng, shaxs o‘zi intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy “Men”ning rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar. “Men” konsepsiyasi ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqotlarning asosiy predmetiga aylandi, chunki u jamiyatdagi ijtimoiy fikrlarni tashkil etadi va shaxsning xulq-atvorini boshqaradi. “Men” konsepsiyaning shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Olimlar tomonidan egizaklarni tadqiq etish natijalari shunday xulosani berganki, shaxsning xarakteri va “Men” konsepsiyasiga irsiy omillarning ta’siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy tajriba o‘ynaydi. Bunda quyidagi omillar asosiy rol o‘ynaydi:
Shaxs ijro etadigan rollar. Har qanday shaxs ijtimoiy muhitning unga yuklagan yangi roli - institut talabasi, ota-ona, rahbar va shu kabi rollarni ijro etishga o‘tganida o‘zini dastlab “yaxshi” his qiladi. Lekin asta-sekinlik bilan shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari ushbu rollarni o‘ziga singdiradi va bu rollarni eplash-eplamasligiga qarab shaxsning “Men” konsepsiyasida o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Ijtimoiy identivlik. Shaxsdagi “Men” konsepsiya – bu uning o‘zi haqidagi tasavvurlari bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat personal identivlikni (shaxsiy sifatlari haqidagi tasavvurlari), balki ijtimoiy identivlikni ham oladi. Ijtimoiy “Men” tushunchasi irqiy, diniy, jinsiy, kasbiy va h.k.mansublilikni ham bildiradi. Ya’ni ma’lum davraga mansub “biz” tushunchasi va unga kirmaydigan “ular” tushunchasi mavjud. Shaxs qandaydir bir katta guruhning tarkibiga kiruvchi kichik guruhning vakili bo‘lsa, o‘z ijtimoiy identivligini aniqroq anglaydi. Shaxsning o‘zini mansub deb bilgan guruhi ko‘pchilikdan tashkil topganida, u bu haqida o‘ylamaydi ham. Erkaklar guruhidagi yagona ayol ham, ruslar orasidagi yagona o‘zbek ham o‘z unikalligini anglaydi. Yotoqxonadagi bittagina boshqa o‘quv yurtining talabasi, psixologiya fakulteti talabalari orasida o‘zining kasbiy identivligini chuqurroq sezadi va shunga yarasha reaksiya bildiradi (Kalin & Berry, 1995).