Mavzu: Inson va biosfera Reja


Insonning biosferaga o’zaro ta’siri



Yüklə 24,4 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü24,4 Kb.
#159384
1   2   3   4   5
Insonga biosfera

Insonning biosferaga o’zaro ta’siri.
Insonning biosferaga ta'siri. Fosonning blosferaga ta'sirining boshlanishi neol davriga to'g'ri keladi. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida uning tabiatga ta'siri uncha sezilarli bo'lmagan, u tabiatdan nimani olsa, uni tabiatga qayt argan. Biosferadagi moddalarning blotik davriy aylanishini buzmagan. Asta-sekin insonning tabiatga ta'siri kuchayib borgan. Ayniqsa, keyingi yuz yilliklarda ilmiy-texnik revolutsiya natijasida inson ta'sirida elementlarning biogen migratsiyasi juda kuchayib ketdi. Butun tarix davomida insoniyat o'z mehnat faoliyati bilan atrof muhitdan iloji boricha ko'proq va tez foyda olishga harakat qilib kelgan. Tabiat hodisalariga aralashish keyinchalik qanday natijalarga olib kelishini inson xayoliga ham keltirmagan. Keyingi asrda Insonning biosferaga ko'rsatadigan ta'siri Juda kuchayib ketdi va o'g'ir muammolarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Tabily resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko'plab o'simlik va hayvonlarning turlari yo'qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslan- mood a va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko'llar, o'rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o'zgarishlar o'simliklar va hayvonot olamiga, Insonning oʻziga ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda.
Biosferaning oʻzgarishi qonuniyatlarini insonning yaxshi tushunib yetmasligi, tashqi muhiming juda ayanchli o'zgarishlariga olib kelishi mumkin. Insonning gidrosferaga va atmosferaga ta'sirining tobora kuchayib borishi blosfera doirasida iqlimbing oʻzgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda atmosferada karbonat angidridning miqdori tobora ortib bormoqda. Organik yoqilg'ilardan foydalanish kislorodning yonib kama yishiga, karbonat angidridning esa ko'payishiga sabab bo'lmoqda.
Atmosferada karbonat angidridning ko'payishi esa «parnik effektiga olib ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Keyingi 100 yil davomida Yer yuzasi ning harorati o'rtacha 0,6°C gacha ko'tarilganligi aniqlangan. Iqlim o'zgarishi esa cho'l-dashtlar maydonining tobora ortib borishiga, tog'lardagi muzliklarning erishiga, okean va dengiz suvlari sathining kamaya borishiga olib keladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek atmosferada ozon qatlami bo'lib, uning maksimal konsentratsiyasi Yer yuzasidan 15-25 km balandlikdadir. Atmosferaga azot oksid va freonning ortishi natijasida bir necha yillar davomida ozon qatlami yupqalashib bormoqda va Freonlak va bo'yoqlari purkovchi sifatida, sovitkichlar konditsionerda sovutkich modda sifatida keng qo'llanib kelin- moqd a So'nggi yillarda Antraktida atmosferasida ozonning juda kamayib ketishi natijasida ozon teshiklari hosil bo'lish kabi xavfli hodisalar kuzatilmoqda. Bu hodisaning va ozon qatlami buzilishining oldini olish maqsadida 1987-yilda Kanadaning Monreal shahrida 50 mamlakat vakillari freonlar ishlab chiqarishni o'rtacha 50 foizga kamaytirish to'g'risidagi xalqaro bitimga qo'l qo'ydilar. Atmosferaning ifloslanishi tinmasdan davom etib, yildan yilga ortib bormoqda. Atmosferaning ifloslan ishi sanoat korxonalarining chiqindilari, transport vositalari ajratib chiqaradigan birikmalar, ayniqsa, vodorod sulfid H2S, uglerod va og'ir met al lardan qo'rg'oshin, mis, kadmly, nikel va boshqa metallar zarrachalari hisobiga tobora ortib bormoqda. Atmosferaga har yili yuz millionlab tonna ifloslanuvchi moddalar ajratiladi. Havoda H2S ning ortib borishi kislotali yomg'irlarning ko'payishiga sabab bo'ldi. O'zbekistonda mevali daraxtlar hosildorligining kama yishi, uzumzorlarning kasallanib, yildan yilga kam hosil berishin ing asosiy sabablaridan biri ham kislotali yomg'irlarning ko'payib borishidir.
Tojikistonning Tursunzoda shahri atrofida qurilgan alyuminiy zavodi chiqindilari ham Surxondaryo viloyatidagi mashhur anozorlar hosilining keskin kamayishiga, mevalarining maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko'pa yishiga olib keldi. Navoiy shahridagi kimyo zavodlari chiqindilari ham atrof-muhitni zararlashda katta rol o'ynamoqda. Sug'orish va sanoat korxonalari uchun suvdan daryolaming qurib qolishiga, yirik daryolar suvining keskin kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bunday ayanchli hodis alarming tipik misoli Orol dengizi muammosidir. Sug'oriladigan paxta maydonlarini haddan tashqari ko'paytirish bu dengizning qurib qolishi xavfini tug'dirmoqda. Suvni nazoratsiz, keragidan ortiqcha ishlatish natijasida Amudaryo va Sirdaryo kabi buyuk daryolar Oral de- ngiziga yetib bora olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy ekologik sistemalarning buzilishiga, shu regionda yashovchi odamlar sog'lig'ining tobora yomonlashib borishiga sabab bo'lmadi. Mineral o'g'itlaming, chorvachilik chiqindilari va kanalizatsiyaning suv havzalariga qo'shilishi suvda azot va fosforming ortib ketishiga, suvo'tlarining ko'payib ketishiga, kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar, ayniqsa, baliqlar qurilib ketishiga olib kelmoqda. Keyingi suvdagi hayvonlar, ayniqs, ball/2yib ketish paytlarda o'rmonlarning kesilib, kamayib ketishi juda ayanchli natijalarga olib ing kesilib, k kelishi mumkin: Atmosferaning, suv havzalarining, tuproqning tobora ifloslanishi natijasida oʻrmonlardagi daraxtlar kasallanib qurib qolmoqda. O'rmonlarning yo'qolishi iqlimning keskin oʻzgarishiga, suv boyliklarining kamayishiga, tuproq holatining (98-rasm) yomonlashishiga olib kelyapti. Hozirgi vaqtda xo'jalikni energiya bilan ta'minlash uchun ko'p issiqlik, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqlik elektr stansiyalari tabiiy yoqilg'ilardan foydalanganligi uchun atmosferani ifloslantiradi (99-rasm). suv elektr stansiyalari katta-katta suv omborlarining qurilishini talab etadi, buning natijasida serhosil yerlar, tuproqlar suv ostida qolib ketmoqda. Ilgari ekologik Jihatdan eng toza va xavfsiz deb hisoblangan atom elektr stansiyalari ham katta xavf tug'dirishi ma'lum bo'lib qoldi. Ukrainadagi Chernobil AESning falokati juda katta hududlarni ekologik inqiroz bolatiga olib keldi, o'simliklar va hayvonot olamiga katta zarar yetkazdi. Aholining o'rtasida har xil kasalliklarning ko'payib ketishiga sabab bo'ldi. Shunday qilib, odamning ekologik sistemalarga kuchli ta'siri kutilmagan ayanchli hodisalarga olib kelishi mumkin. Natijada, ekologik o'zgarishlar zanjiri vujudga keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat ekologik inqiroz xavfi ostida turibdi. Agar zarur choralar ko'rilmasa, biosferaning ko'p joylari hayot uchun yaroqsiz bo'lib qolishi mumkin. Tablani muhofaza qilish, hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.


Yüklə 24,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin