AT&T M2X platformasi M2X deb nomlangan platforma 2015 yil yanvar oyida ishlab chiqilgan
Korxona uchun AT&T M2X platforma sxemasi
Platforma ma'lumotlarni saqlash, qurilmalarni boshqarish, xabarlarni qabul qilish va uzatish, voqealarni boshqarish va ma'lumotlarni vizuallashtirish kabi xizmatlarni amalga oshira oladi. Asosiy imkoniyatlar quyidagicha:
40 dan ortiq turdagi platformalarni qo'llab-quvvatlash, yuzlab noyob qurilmalar bilan moslik, masalan, Arduino, Redboard, u-blox, Freescale, RAM oilalari;
mijoz kutubxonalarining ko'pligi;
Ishlab chiquvchilar ishlab chiqarishga bergungacha yechimlarni testlash uchun portal mavjudligi;
ma'lumotlarni tahlil qilish va juda ko'p vazifalarni (tekshirish jadvalidan - voqealarga javob berish vaqtigacha)bajarish uchun biznes qoidalarini belgilash qobiliyati ;
General Electrics kompaniyasi platformasi Predix deb nomlangan platforma 2016 yil fevral oyida chiqarildi
Predix platformasi sxemasi
Predix ishlab chiqarishda va bulutli texnologiyada sanoat dasturlarini loyihalash, joylashtirish va boshqarishga yordam beradi. Xizmatlar quyidagi yo'nalishlarga bo'linadi:
EdgeManager ichki qurilmalarni boshqarish uchun javobgardir. Bu sizga yangi qurilmalarni kiritishga, ularning dasturlarini yangilashga va endi foydalanilmayotganlarni o'chirishga, shuningdek ulardan turli ma'lumotlarni to'plashga (jurnal fayllari) imkon beradi;
Enterprise Connect veb-soketlardan foydalangan holda xavfsiz TCP protokollari orqali ulanish tunnellarini o'rnatish uchun ishlatiladi, Predix Machine OPC-UA, Modbus, MQTT, REST protokollarini qurilmalar orasida ma'lumotlar almashish uchun ishlab chiqadi;