Mavzu investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularnin-fayllar.org
I BOB INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA MAKROIQTISODIYOTDA TUTGAN O`RNI 1.1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Ozbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning oziga xos yonalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa investitsiyalarning orni beqiyosdir.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati togrisida iqtisodchi olimlar ortasida xilma xil fikrlar mavjud.
Ozbekiston Respublikasining 2018 yil 9 dekabrdagi Investitsiya faoliyati togrisidagi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha tarif berilgan: investitsiyalar qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy nematlar hamda ularga bolgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bolgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”1 sifatida tariflanadi. Shunday qilib, investitsiya deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmoglari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar mulkchilikning har xil korinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir. Investitsiyalarga aniq bir tarif berilmagan. Jumladan, prof. D. G. Gozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha tarif berib otgan: Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablaglar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va kozlangan samarani olishdan iborat boladi.
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun mohiyatiga quyidagi tarifni beradi: Investitsiya bu mulk shaklidan qatiy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat korsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida oz boyliklarini qonun doirasida bolgan har qanday tadbirkorlik obektiga sarflashidir.
Rossiyalik iqtisodchi-olim L.Igoshina tomonidan: «investitsiyalar pulni saqlash, kopaytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni taminlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bolgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi»2, deb tariflangan. «Investitsii» darsligining muallifi, professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida oz yoki ozga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yonaltirilgan pul mablaglarini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir»3. Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»4;
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yonaltirilgan qoyilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yigindisi tushuniladi».
- «investitsiyalar ozini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmogiga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qoyilmasi sifatida namoyon etadi»5;
- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablaglarini uzoq muddatga iritishni anglatadi»6;
Investitsiyalar keng manoda ozini mablaglar va resurslarning kelgusida kopayishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha tariflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot boyicha laureati U.Sharp takidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir»7. «Investitsiyalash» atamasining manosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablaglarni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da koradilar.
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya bu kelajakda koproq istemol qilish sharoitiga ega bolish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan istemol buyumlari bolib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yonaltirilgan resurslardir».
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida kopayishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin»8. «Investitsiyalar qoyilmaning kelgusida osish maqsadida bugungi istemoldan voz kechish». «Investitsiya ishlab chiqarish davri davomida paydo bolgan kapital qoyilma qiymatining joriy osishi. Bu osha davrdagi foydaning istemol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi»9. «Investitsiyalar pul mablaglari, maqsadli bank jamgarmalari, qimmatli qogozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk korinishidagi kapital qoyilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bolgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini kozlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat obektlariga kiritish».
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, yani «investitsiya (investment) bu moddiy zahiralarning kopayishi, ishlab chiqarish vositalarining jamgarilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»10. Ushbu tarif oz mazmuniga kora, koproq, «kapital qoyilmalar» tushunchasiga mos kelishini takidlab otish joiz. Investitsiya tushunchasi yagona va toliq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bolib hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni ozining xususiyatlariga ega. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining osishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar bu joriy davrda istemol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital osishini taminlovchi YaIM ning bir qismidir. Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qoshib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, yani bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bolib hisoblanadi.
Boshqacha soz bilan aytganda, investitsiyalar muayyan qiymatni, bolishi noaniqroq bolgan kelajak qiymatga almashishdir.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» kitobida investitsiyalarga quyidagicha tarif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni kozlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng manoda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini ostirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur boladigan mexanizmlarni taminlaydi.