2-rasm. Korxona investitsiyalarining tasniflanishi Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona oz investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi togrisida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel boyicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar bevosita investitsiyalar bolib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, yani investor investitsiyalash obektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita ozi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
Ozbekiston Respublikasining Investitsiya faoliyati togrisidagi Qonunida investitsiya moljallangan obektiga kora, kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bolinadi (4- modda). Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga kora bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni oz moliyaviy mablaglaglarni joylashtirish obektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar toplangan mablaglarni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qogozlarga joylashtirish shaklida namoyon boladi. Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bolgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) boladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi bu qisqa muddatli qoyilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qoyilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qogozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy otgandan song, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Kopincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va oz pullarini qisqa muddatlarga qoyishni hohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida investorga kerak bolmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bolgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga tolgan investor pensiyaga chiqquncha pul yigish uchun biron-bir kompaniyani obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qoyilmalar shaklida namoyon boladi.
Tortinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qoshma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablaglarini tadbirkorlik faoliyati obektlariga qoyilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablaglarini joylashtirish orqali namoyon boladi.
Beshinchidan, hududiy joylashtirilish boyicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bolinadi.
Oltinchidan, investitsiyalar tavakkallik darajasi boyicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam boladi, boshqacha aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.