Mavzu: Investitsiya mablag'lari va tayor obektlarni ishga tushurish faoliyatini baholash Reja



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/12
tarix24.10.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#161168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
invetitsiya mablag\'lari va tayor obektlarni ishga tushurish faoliyatini baholash


Mavzu: Investitsiya mablag'lari va tayor obektlarni ishga tushurish faoliyatini baholash
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1 Investitsiya tushunchаlаri mаzmuni, mohiyati vа investitsiyalаrning turlаri
2.2 Investitsiya risklarini pasaytirish yo`llari va sug`urtalash
2.3 Investitsiya faoliyatini rag’batlantirishning xorij tajribasi tahlili
III.Xulosa va takliflar
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
“Investitsiya – iqtisodiyot drayveri sanaladi. Mamlakatning iqtisodiy siyosati bugungi kunda investitsiyalarga bog’liq bo’lib qoldi. 2022 yil davomida O’zbekistonga jami 240 trln so’m investitsiyalar jalb qilingan, shulardan 8 mlrd dollari to’g’ridan to’g’ri kirib kelgan va eksport miqdori 19 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat investitsiya dasturi doirasida 3,7 mlrd dollarlik 158 ta yirik loyihalar ishga tushdi va mamlakatda 25 000 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarning ko’pchiligi energetika va tog’-kon metallurgiya sanoati, qishloq xo’jaligi, yengil sanoat va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalariga to’g’ri keladi.
Endilikda 2023 yilda 30 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan, uning 25 milliard dollari xususiy investitsiyalar bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan bo’lib, kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi bir qancha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qo’yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib o’rinlarni egallash uchun yangi zamonaviy g’oyalarni o’ylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg’or xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda investitsiyalar masalasi iqtisodiy tadqiqotlarning muhim yo’nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu sohada iqtisodiy tadqiqotlar olib borgan bir qator xorijiy va mahalliy olimlarni sanab o’tishimiz mumkin, jumladan, L.D. Gitman, M.D. Djonk, G’ozibekov D.G’., Mahmudov N.M., Madjidov Sh.A., Imomov X.X, Yuldashev R.Z., SHodmonov SH.SH., G’afurov U.V., Shoha’zamiy Sh.Sh., Rashidov O.Yu., Qurbonov X.A., Qosimov M.S., Samarxo’jaev B.B., Kenjaev N.I. va boshqa olimlar tadqiqotlarida investitsiyalar mavzusi alohida o’ringa ega. Iqtisodchi olimlar L.D. Gitman, M.D. Djonklar fikricha, investitsiya – bu shunday vositaki, u orqali pulning qiymatini saqlash yoki ko’paytirish va ijobiy miqdorda daromad olishi imkonini ta’minlanadi[4]. Mamlakatimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar Sh.Sh. Shodmonov va U.V. G’afurovlar muallifligida yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida investitsiyalarga shunday ta’rif beriladi, investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarishquvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. Yuqorida qayd etib o’tilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida mamlakat iqtisodiѐtini rivojlantirishda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishning nazariy jihatlari ѐritib berilgan bo’lsada, biroq investitsiya faoliyatiga baho berishda asosiy yondashuvlar – kengaytirilgan ko’p omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlarga hamda korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko’rsatkichlariga kam ahamiyat berilgan.
Ma’lumki, har qanday mamlakat rivojlangan davlatlar amaliyoti va nazariyasini o’rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko’rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun milliy hamda xorijiy hamkorlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishi maqsadga muvofiqdir[8]. Bu borada u yoki bu mamlakatda shakllangan investitsiya muhiti va u orqali investitsion faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Qaerdaki, samarali investitsion faoliyati mavjud bo’lsa, o’sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch - investitsiyalar oqimi tezlashadi.
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faolligi sur’atlariga, bu esa, iqtisodiyot bir tekis o’sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsiya faoliyatiga bog’liq. Investitsiya faoliyati muayyanligini bu boradagi faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy hamda boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi bu omillarning o’zaro bog’liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsiya faoliyati hisoblanadi. Demak, investitsiya faoliyati haddan tashqari ko’p o’lchovli, murakkab va serma’no tushunchadir
Investitsiya faoliyatiga baho berishda quyidagi asosiy yondashuvni – kengaytirilgan ko’p omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kengaytirilgan, ko’p omilli yondashuvda investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi omillar baholanadi:
- hududning mehnat va energetika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, bioiqlimiy, ilmiy-texnikaviy salohiyati va infratuzilma rivojlanganligi kabilarni o’z ichiga oluvchi iqtisodiy salohiyatini; - xo’jalik yuritishning umumiy shart-sharoitlari
- ekologik xavfsizlik, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligi va tugatilmagan qurilishlar hajmini; - bozor infratuzilmasi rivojlanganligi, xususiylashtirish, inflyatsiya va ularning investitsiya faolligiga ta’siri, aholining investitsiya jarayoniga jalb qilinganlik darajasi, tadbirkorlik, raqobat muhitini rivojlanganligi, mahalliy bozor sig’imi, xo’jaliklararo aloqalar jadalligi, eksport imkoniyatlari, chet el kapitali mavjudligi;
- siyosiy omillar: aholining hokimiyatga bo’lgan ishonchi, ijtimoiy barqarorlik darajalari, milliy-diniy munosabatlar holati;
- ijtimoiy va madaniy omillar: aholining turmush darajasi, tibbiy xizmat rivojlanganligi, jinoyatchilik darajasi, real ish haqi ko’rsatgichi, mahalliy aholining o’z va chet el tadbirkorlariga munosabati, chet el mutaxassislari uchun ishlash sharoitlari;
- tashkiliy-huquqiy omillar: hokimiyatning chet el investorlariga munosabati, qarorlar qabul qilishdagi tezkorlik darajasi, axborot almashinuvining erkinligi, qonunni himoya qiluvchi organlar faoliyati samaradorligi, mahsulotlar, kapital va ishchi kuchlarining joylashishi va harakatlanishi uchun shart-sharoitlar mavjudligi, shuningdek, tadbirkorlarning xulq va ish yuritish sifatlari;
- moliyaviy omillar: byudjet daromadlari, aholi jon boshiga byudjetdan tashqari fond mablag’lari bilan taminlanganlik darajasi, omonatlar miqdori, chet el valyutasida kredit olish imkoniyati, bank ssudalarining foizi darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, uzoq muddatli kreditlarning solishtirma qiymati, zarar bilan ishlaydigan yoki iqtisodiy inqirozga uchragan korxonalar ulushi.
Ko’p omilli yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: investitsiya faoliyati va investitsiya xavfi darajasi kategoriyalarining o’zaro bog’liqligi, investitsiya faoliyatining asosiy kapital va iqtisodiyotning real sektoriga bo’lgan investitsiyalar bilan bog’liqligi, uning ob’ektiv xususiyatlariga diqqat - e’tibor, alohida olingan investorlar xohish-irodasiga bog’liq emasligi, ushbu yondashuvning ko’p qatlamli xususiyatga egaligi.
Ko’p omilli yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: investitsiya faoliyati va investitsiya xavfi darajasi kategoriyalarining o’zaro bog’liqligi, investitsiya faoliyatining asosiy kapital va iqtisodiyotning real sektoriga bo’lgan investitsiyalar bilan bog’liqligi, uning ob’ektiv xususiyatlariga diqqat - e’tibor, alohida olingan investorlar xohish-irodasiga bog’liq emasligi, ushbu yondashuvning ko’p qatlamli xususiyatga egaligi.
Muhokama qilinadigan mavzu - moliyadagi risklarni tahlil qilish va uning investitsiya qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati. Risk tahlili moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq potentsial risklarni baholash va o'lchash jarayonini anglatadi. U investitsion yo'qotishlar ehtimolini va ularning investorning moliyaviy maqsadlariga ta'sirini baholashni o'z ichiga oladi.
Moliyadagi risklarni tahlil qilishning ahamiyati katta ahamiyatga ega, chunki u investorlarga o'z investitsiyalari bo'yicha ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Xatarlarni tahlil qilish va tushunish orqali investorlar o'z portfelini yaxshiroq boshqarishlari va daromadlarini optimallashtirishlari mumkin. Xatarlarni tahlil qilish sarmoyaning mumkin bo'lgan salbiy tomonlari haqida qimmatli tushunchalarni beradi, bu investorlarga o'z strategiyalarini o'zgartirish va kapitalni to'g'ri taqsimlash imkonini beradi.
Investitsion qarorlarni qabul qilish tabiatan xavflidir, chunki har doim kapitalni yo'qotish ehtimoli mavjud. Qarorlarni qabul qilish jarayoniga xavf tahlilini kiritish orqali investorlar o'zlari qabul qiladigan potentsial xavflarni aniqroq tushunishlari va shunga mos ravishda tuzatishlar kiritishlari mumkin. Bu investorlarga xavf-xatarlarga chidamlilik va investitsiya maqsadlari uchun juda xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan investitsiyalarni aniqlash va oldini olishga yordam beradi.
Oxir oqibat, risklarni tahlil qilish investorlarga ongli tanlov qilish va investitsiya portfellarini samarali boshqarish uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etish orqali moliya va investitsiya qarorlarini qabul qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin