Mavzu: Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi.
Reja:
1. Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlari
2. Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish
3. Investitsiya loyihasini ishlab chiqish va baholash
Tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga qo’yiladigan investitsiyalar turli shakllarda
bo’lishi mumkin. Investitsiyalarni rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish
maqsadida investitsiyalar qo’yidagi sifatlar bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
1. Vositalarni qo’yish ob`ektlari bo’yicha:
- real investitsiyalar (moddiy va nomoddiy aktivlarga qo’yilmalar);
- moliyaviy
investitsiyalar
(moliyaviy
vositalarga,
ya`ni
qimmatli
qog’ozlarga qo’yilmalar).
25
Real investitsiyalar deb real aktivlarga (ya`ni material va nomaterial aktivlar)
quyiladigan vositalar tushuniladi. Nomaterial aktivlarga quyiladigan vositalar ilmiy-
texnik progress va innovatsion investitsiyalar bilan xarakterlanadi. Nomaterial
investitsiyalardan foydalanishda biron bir nomoddiy boylikni sotib olish, korxona
ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik
ishlarini olib borish ko’zda tutiladi. Material investitsiyalar ishlab chiqarish
vositalarini va iste`mol predmetlarini sotib olishga asos bo’ladi. Real investitsiyalarga
investitsion loyihalar va biznes-loyihalar kiradi. Biznes-loyiha deganda tadbirkorlik
g’oyasini amalga oshirishga tayyorlangan kerakli tadbirlar tizimi tushuniladi, ushbu
tadbirlar amalga oshishi natijasida ma`lum iqtisodiy natijaga erishiladi. Biznes-
loyiha tushunchasi investitsion loyiha tushunchasidan aniq aks etib turuvchi
tadbirkorlik eki moliyaviy jixatlari bilan farqlanadi. SHu bilan birgalikda ekologik
yoki ijtimoiy loyihalarda iqtisodiy , moliyaviy maqsadlar ko’zlanmaydi. Moliyaviy
investitsiyalar deganda turli moliyaviy vositalarga, ya`ni qimmatli qog’ozlarni sotib
olish, tijorat banklariga kapital qo’yish va boshqa kompaniyalar kapitalida ulushga
ega bo’lishga qaratilgan kapital qo’yilmalar tushuniladi. Ular ko’pincha yo
spekulyativ xarakterga ega bo’ladi, yoki kapitalni uzoq muddatga qo’yishga
qaratilgan bo’ladi. Fond birjalarida qimmatli qog’ozlar paketini sotib olish bilan
bog’liq pul qo’yilmalari portfel investitsiyalar deb ataladi.
Real va moliyaviy investitsiyalarni ajratish investitsiyalar klassifikatsiyasining
asosiy mezoni hisoblanadi.
2. Investitsiyalashda qatnashish xarakteri bo’yicha:
- to’g’ri investitsiyalar (investorlar investitsiyalashda bevosita katnashadilar);
- egri investitsiya (investitsiyalash moliyaviy vositachilar yordamida amalga
oshiriladi).
- To’g’ri investitsiyalar investorning investitsiyalash ob`ektini tanlashda va
vositalarni qo’yishda bevosita qatnashishi ko’zda tutadi. To’g’ri investitsiyalashni
investitsiyalash ob`ekti to’g’risida aniq axborotga ega yoki investitsiyalash
mexanizmi bilan yaxshi tanish investorlar amalga oshiradilar.
26
- Egri investitsiyalar investitsion yoki moliyaviy vositachilar yordamida
amalga oshiriladi. Ko’pincha hamma investorlar xam investitsiyalash ob`ektini
tanlash va keyinchalik ularni boshqarish bo’yicha kerakli bilim va malakaga ega
bo’lavermaydi, bunda ular investitsion yoki boshqa moliyaviy vositachilar
yordamidan foydalaniladi va ular chiqargan qimmatli qog’ozlarni sotib oladilar.
- 3. Investitsiyalash muddati bo’yicha: qisqa muddatli va uzoq muddatli
investitsiyalar mavjud. Qisqa muddatli investitsiyalarga asosan 1 yilga
qo’yiladigan kapitallar kiradi (qisqa muddatli depozitlar, qisqa muddatli
jamg’arma sertifikatlari). Uzoq muddatli investitsiyalar asosan 1 yildan ko’p
muddatga qo’yiladi. Investitsion kompaniyalar amaliyotidan uzoq muddatli
investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi: a) 2 yilgacha; b) 2 yildan 3 yilgacha; v) 3
yildan 5 yilgacha; g) 5 yildan ortiq.
4. Investitsiyalash sub`ektlari bo’yicha:
- davlat investitsiyalari;
- korporativ investitsiyalar;
- xususiy investitsiyalar;
- xorijiy investitsiyalar
Davlat investitsiyalariga davlat boshqaruv organlari tomonidan byudjet
hisobidan qilinadigan yoki davlat korxonalari tomonidan o’z hisobidan
qilinadigan qo’yilmalar tushuniladi.
Korporativ investitsiyalarga mamlakat sub`ektlari bilan xorijiy davlat
sub`ektlarining investitsiyalari kiradi.
Xususiy
investitsiyalar
mamlakat
fuqarolari,
nodavlat
shakldagi
korxonalartomonidan amalga oshiriladi
Xorijiy investitsiyalar chet ellik jismoniy shaxslar, yuridik shaxalar va
davlatlar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Regional sifat bo’yicha mamlakat ichidagi va undan tashqaridagi
investitsiyalar ajratiladi. Mamlakat ichidagi investitsiyalarga ushbu davlat
territoriyasida joylashgan investitsiyalash ob`ektlariga qo’yiladigan vositalar
tushuniladi. Mamlakat tashqarisidagi investitsiyalarga mamlakat tashqarisida
27
joylashgan investitsiyalash ob`ektlariga qo’yiladigan kapital qo’yilmalar
tushuniladi.
Intellektual
investitsiyalar
patentlarni,
litsenziyalarni,
nou-xaularni,
personalni tayyorlash va qayta tayyorlashni sotib olish ko’zda tutadi.
6. Foydalanish yo’nalishlari bo’yicha investitsiyalar quyidagi turlarga
bo’linadi:
- yangi korxonani tashkil etish bilan bog’liq investitsiyalar;
- jismoniy va ma`naviy eskirgan ishlab chiqarish uskunalarini almashtirish,
ishlab chiqarishning asosiy vositalarini joriy va kapital ta`mirlash bilan bog’liq
investitsiyalar;
- faoliyat yuritaetgan korxonalar ishlab chiqarish xajmini kengaytirishga,
korxona ishlab chiqarish dasturi strukturasini o’zgartirishga qaratilgan
investitsiyalar.
7. Investitsiyalash xajmi bo’yicha investitsiyalar nisbatan kichik, o’rta va
katta investitsiyalarga bo’linadi. Bunda sohalar bo’yicha investitsiyalar
chegarasini aniqlashga individual yondashiladi.
8. Investitsiyalash maqsadlari va ular bilan bog’liq risklar bo’yicha:
- venchur;
- bevosita;
- portfel’;
- annuitet.
Bular bilan bir qatorda, investitsiyalar boshqa aktivlarni, xususan,
nomoddiy, aylanma aktivlarni shakllantirishga yo’naltirilishini ham nazardan
soqit qilmaslik kerak. SHu munosobat bilan ularni safarbar etish va bog’lash
ob`ektlariga mol-mulk, moliyaviy vositalar, nomoddiy va intellektual boyliklar
kiritiladi. Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib
chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel’ va annuitet
kabi turlarga tasniflanadi. Ma`lumki, katta risklar bilan bog’liq bo’lgan, yangi
faoliyat sohalarida yangi aktsiyalar chiqarish venchur kapital shakli
hisoblanadi. Bevosita investitsiyalar esa iqtisodiy sub`ektning ustav kapitaliga
28
daromad topish va xo’jalik yurituvchi sub`ektni boshqarishda ishtirok etish
huquqini olish maqsadlarida kiritiladigan investitsiyalardir. Ular resurslarni
yangi loyihalarga jalb qilish, zamonaviy texnikalarni kiritish, moliyaviy
vositalarni xarid etish, ya`ni aktsiyalarni sotib olish, qo’shilish, qo’shib olish,
mavjud kapitalni xarid etish va boshqa yo’llar orqali amalga oshiriladi. Portfel’
investitsiyalar moliyaviy resurslarni diversifikatsiya asosida portfelni
shakllantirish bilan bog’liq va investorning aniq bir investitsiya maqsadlariga
yoki uyg’unlashgan maqsadlariga erishish uchun xizmat qiladigan turli
boyliklarning bir butun qilib yig’ilgan majmuidan iborat. Annuitet investorga
muntazam ravishda belgilangan muddatlarda muayyan daromad keltiruvchi
investitsiyalardir. SHunday qilib, investitsiyalar kiritish sohalari va ularning
aniq jarayonlar va ob`ektlarga bog’lanishiga qarab aniq maqsadlarga ega bo’ladi
hamda ularga aniq va noaniq risklar xos. Investitsiyalash sub`ektlari nuqtai
nazaridan investitsiyalarni xususiy, korporativ va davlat investitsiyalariga
ajratish mumkin. Investitsiyalarni mazmun va mohiyatini aniqlovchi asosiy
Dostları ilə paylaş: |