Mavzu Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja
2. Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish Korxonani investitsion kontseptsiyasini ifodalashda tarmoq profili, bozorni
egallash bo’yicha yig’ilgan tajriba, personalning malakasi kabi omillar muhim
o’rin tutadi.
Investitsion kontseptsiyani izlashda, tanlashda va tarmoq boshqaruv
organlari anchagina erkinlikka ega, chunki ular o’z faoliyatini region yoki tarmoq
extiyojidan, davlatning struktura siyosati ustuvor tomonlaridan kelib chiqqan
holda qo’rishadi.
Xalqaro tajribada turli profildagi investitsion imkoniyatlarni izlashga asos
bo’luvchi qo’yidagi boshlang’ich shart-sharoitlar klassifikatsiyasi qabul qilingan:
1. Qayta ishlashga va sanoat foydalanishga yaroqli qazilma boyliklar yoki
boshqa tabiiy resurslarning mavjudligi. Bunday resurslar doirasi keng: neft,
gazdan tortib to o’rmon va farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan ilonlar
zaxarigacha.
34
2. Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari va an`analari,
agrosanoat majmuasi korxonalarida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan loyihalar
doirasini belgilaydi.
3. Istiqboldagi talabning qiymati va strukturasidagi demografik va ijtimoiy-
iqtisodiy omillar ta`siridagi o’zgarishlarni baholash.
Importning strukturasi va xajmi yangi, import o’rnini bosuvchi ishlab
chiqarishni yaratishga qaratilgan loyihalarni paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yaqin bo’lgan va bir biriga o’xshash
resurslari bo’lgan davlatlar ishlab chiqarish strukturasi rivojlanish tajribasi va
tendentsiyasi.
6. Milliy va jaxon iqtisodiyoti miqyosidagi iste`molchi tarmoqlarda
yaratilgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan extiyojlar.
7. Iste`molchi tarmoqlar ishlab chiqarishni kengaytirishi to’g’risidagi yoki
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talabning ortishi to’g’risidagi axborot.
8. YAgona xom-ashyo baza asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish
imkoniyatlari.
9. Ommaviy ishlab chiqarish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
uchun ishlab chiqarish masshtabini ratsional ko’paytirish.
10. Umumiqtisodiy shart-sharoitlar.
Bunday shart-sharoitlar asosida investitsion loyihaning g’oyasini, sohasini
va ishlanadigan yo’nalishini aniqlash mumkin.