3. Investitsiya loyihasini ishlab chiqish va baholash
1. Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlari
Investitsiyalash nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini tanlab olish va
amalga oshirish uslubiyoti va uslubiyotini ishlab chiqish masalalari g’oyat muhim
hisoblanadi. Jahon amaliyotida faqat hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish
zarurligini ko’rsatadigan va keng tarqalgan investitsiya loyihalari tsikli
kontseptsiyasi mavjud.
Investitsiya loyihalari tsikli kontseptsiyasi loyihalarni tasniflashni, ularni
boshqarish zarurligini nazarda tutadi. Loyihalarni boshqarish uslubiyotining
«loyiha tsikli kontseptsiyasi» va «loyiha tahlili» ko’rinishlarida keng tarqalgan.
Ushbu kontseptsiyalar investitsiyalarning mazmun va mohiyatidan kelib
chiqqan holda pul oqimlarini vaqtli qiymati kontseptsiyasi asosida tashkil
etiladi.
Loyihalarning ko’lami, strukturasi, resurslari, qiymati va boshqalarga
qarab ularni boshqarishning maxsus usullariga ehtiyoj ortib boradi. Boshqarish
aslida qo’yilgan maqsadlarga erishish vazifasini, loyihani amalga oshirish
muammolarini bartaraf qilish, huquqlar va mas`uliyatlarni jamlash vazifalarini
ko’zlaydi. iqtisodiyotlarning globallashuvi va integratsiyalashuvi, loyihalarni
amalga oshirishda chet ellik sheriklar, turli sub`ektlar, moliya institutlarining
ishtirok etishi, ular harakatlarini va faoliyatlarini muvofiqlashtirishni talab
etadi. Faoliyatning muvofiqlashtirilmasligi loyihani amalga oshirishda
muvaffaqiyatsizliklarga, kapitalni yo’qotish riskining ku-chayishiga olib kelishi
mumkin. Investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilishda, investitsiya
loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan
uslubiyoti va uslubidan foydalanish masalasi muhim hisoblanadi. iqtisodning
31
globallashuvi va integratsiyasining kuchayishi, investitsiya jarayoniga chet ellik
sheriklar, ko’p ukladli iqtisodiyot sohiblari va xalqaro moliya institutlarining jalb
qilinishi, ular faoliyatini uyg’unlashtirishning kuchaytirilishini talab qiladi.
Tadqiqotlarning
ko’rsatishicha,
loyihalarni
boshqarish
eng
samarali
uslubiyotidir, chunki bu uslubiyot turli rejalashtirish va nazorat usullaridan malakali
foydalanishda risklarni boshqarish, nizolarni hal qilish imkoniyatlarini beradi.
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qo’shma investitsiya loyihalarining
ko’payganligi sababli keng qamrovli marketing tadqiqotlari o’tkazish, loyihalar
bo’yicha hisob-kitoblarni tegishli axborot bazasi bilan ta`minlash zaruriyati
yuzaga keladi. Hisob-kitoblarda esa investitsiyalarni zamonaviy va istiqboldagi
samarasini bugungi qiymatini aniqlash masalasi yuzaga keladi. O’zbekistonning
bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida loyihalarni boshqarish uslubiyotida hamda
ularni tanlash va investitsiya qarorlarini qabul qilish uslubiyotida loyiha
asoslanadigan axborot bazasining ishonchliligi bosh masala hisoblanadi.
Investitsion loyihalarni boshqarishning asoslangan uslubiyoti har tomonlama
marketing tadqiqotlarini o’tkazish, risklarni minimal-lashtirish va loyihalar
bo’yicha hisob-kitoblarning ishonchli axborot negizini ta`minlash imkonini
beradi.
Respublika hududida «investitsiya loyihasi» bilan o’zaro bog’langan va
loyihani respublika hududida amalga oshirish jarayoniga qaratilgan sub`ektlar
tarkibiy o’zgartirishlar strategiyasi ma`nosini chuqur anglab olishlari,
globallashuv, iqtisodiyotlarning xalqaro raqobat va o’zaro hamkorligi
natijalarini, mamlakat taraqqiyoti va uning xalqaro bozorlarga chiqish
istiqbollarini oldindan ko’ra bilishlari kerak. Bularning hammasi investitsiya
loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish, amalga oshirish va ularni ichki
manbalar
hamda
tashqaridan
jalb
qilinadigan
mablag’lar
hisobidan
moliyalashtirish istiqbollarini belgilashda asosiy o’rinda turadi.
Loyihalarda muayyan moliyaviy resurslarni band etishni nazarda tutadigan
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning uslubiy masalalarini hal etish
birinchi navbatda «loyiha», xususan «investitsiya loyihasi» tushunchalarini
32
yaqqol tasavvur etishni talab qiladi. Kontseptual nuqtai nazaridan «loyiha»
tushunchasi boshqalardan farq qiladigan va aniq maqsadga erishishga
yo’naltirilgan har qanday fao-liyatlar majmuini bildiradi. Ular rejalashtiriladi,
ularni moliyalashtirish nazarda tutiladi, ular taqqoslanishi mumkin. Loyiha
kelajakka qaratilganligi sababli oldindan aytib bo’lmaydigan noma`lumliklar
bilan bog’liq bo’ladi. Loyiha iqtisodiy va moliyaviy boylik hamda ijtimoiy
ma`noga ega bo’lishi munosabati bilan, zamon va makondagi birlik tarzida
qaralishini talab etadi.
Investitsion loyiha turli investitsiya faoliyatlarini rejalashtirish, tahlil
etish, baholash va ulardan foydalanish uslubini qo’llashga imkon beradi.
Rejalashtirish, hujjatlashtirish, tahlil va baholash uslubiyoti esa investitsiya
imkoniyatlarini taqqoslashga imkon beradi. Investitsiya loyihasi o’zining sifat-
tavsiflariga ega. Ulardan quyidagilarni qo’rsatish mumkin:
- o’zining maxsus maqsadlariga egaligi;
- maxsus faoliyat uchun boy bo’lmagan resurslarni taqsimlashni talab
etishi;
- hozirgi xarajatlar evaziga daromadlarning kelajakda kutilishi;
- pirovard natijada investitsiyalarni yaratishning nazarda tutilishi;
- o’zining yagonaligi, noyobligi tufayli muayyan miqdordagi resurslarni talab
qilishi;
- chet ellik agentlarning, investorlar mablag’larining, kreditlarining jalb
etilishi;
- xarajatlarni oqilona ishlatishini talab etishi;
- aniq va noaniq risklar bilan to’qnashishi bilan farqlanib turadi.
YUqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa tavsiflardan kelib chiqqan holda
investitsiya loyihasiga muayyan ishlab chiqarish quvvatlariga kelajakda alohida
turdagi samaralar keltirishi zarur bo’lgan, aniq belgilangan tadbirlar yo’li
bilan resurslarni investitsiyalash bo’yicha takliflar to’plami tarzida ta`rif berish
mumkin.
33
Investitsion loyihani tanlash va amalga oshirish bosqichlarida (YUNIDO
qo’llanmasi bo’yicha) qo’yidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:
- investitsion kontseptsiyalarni izlash;
- investitsion loyihani rejalashtirish va xujjatlashtirish;
- loyihani tayyorlash va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy negizini
aniqlash, tahlil etish va baholash;
- investitsion loyiha bo’yicha qaror qabul qilish.
Investitsion loyihani ishlab chiqish uzoq va qimmat jarayondir va u bir necha
bosqichlardan iborat. Jaxon amaliyotida bunday jarayonning qo’yidagi uch
bosqichlari mavjud:
- dastlabki investitsion jarayon;
- investitsiyalash bosqichi;
- yaratilgan ob`ektlarni ishga tushirish bosqichi.
Dostları ilə paylaş: |