6. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omillariga nimalar kiradi?
a) band bo‘lgan ishlovchilarning soni ortishi;
b) mehnat unumdorligining ortishi;
c) ishlab chiqarish maydonlarining kengayishi;
d) mavjud texnologiya darajasida investitsiya hajmining o‘sishi.
7. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensive omiliga kirmaydi?
a) fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish;
b) yer, ishlab chiqarish maydonini ko‘paytirish;
c) ishchilarning malakasini oshirish;
d) mehnat unumdorligini oshirish.
8. Agar YAIM bazis yilda 600 mlrd so‘m. joriy yilda 700 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, uning o‘sish sur’ati necha foizni tashkil qiladi?
a) 14,8 %;
b) 15,5 %;
c) 16,6 %;
d) 17,2%.
9. Quyidagi holatlardan qaysi biri iqticodiy o‘sishning intensiv turini xarakterlaydi?
a) ishlab chiqarish natijasi va iqtisodiy resurslar miqdorining mutanosib o‘sib borishi;
b) ishlab chiqarish natijasining iqtisodiy resurslar miqdoridan tez o‘sib borishi;
c) iqtisodiy resurslar miqdorining ishlab chiqarish natijasidan tez o‘sib borish;
d) mehnat unumdorligining o‘sish.
10. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sish ekstensiv turning belgisi hisoblanadi?
a) mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) resurslarning samarali taqsimlanishi;
c) mehnat va kapital sarflarining ortishi;
d) texnika taraqqiyoti o‘sishi.
11. Agar jamiyat xarajatlarini minimallashtirishga va cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni optimallashtirishga intilsa, iqtisodiy maqsad:
a) to‘la bandlikka erishish;
b) iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
c) iqtisodiy xavfsizlik;
d) iqtisodiy samaradorlik.
12. Intensiv iqtisodiy o‘sish qanday amalga oshadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali;
b) yangi korxonalar qurish yo‘li bilan;
c) ishlovchilar sonini mutloq oshirish hisobiga;
d) qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish bilan.