21. Nima uchun ayrim davlatlar tabiiy boyliklari nisbatan kam bo‘lsa ham iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan?
a) ish kuchi va kapitaldan foydalanish hisobiga;
b) tejamkorlik – ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni tejash hisobiga;
c) xalqaro mehnat taqsimotidan unumli foydalanish hisobiga;
d) ilm-fan salohiyati hisobiga.
22. Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali erishilsa, iqtisodiy o‘sishning qaysi turi mavjud bo‘ladi?
a) intensiv;
b) ekstensiv;
c) ustuvor ekstensiv;
d) ustuvor intensiv.
23. Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga iqtisodiy resurslar unumdorligini oshirish orqali erishilsa iqtisodiy o‘sishning qaysi turi ro‘y beradi?
a) intensiv;
b) ekstensiv;
c) ustuvor ekstensiv;
d) ustuvor intensiv.
24. “Ustuvor ekstensiv” iqtisodiy o‘sish nimani anglatadi? a) iqtisodiy o‘sish sur’atini;
b) iqtisodiy o‘sish ko‘lamini;
c) iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
d) iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar ustuvorlikka egaligini.
25. “Ustuvor intensiv” iqtisodiy o‘sish nimani anglatadi?
a) iqtisodiy o‘sish sur’atini;
b) iqtisodiy o‘sish ko‘lamini;
c) iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
d) iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar ustuvorlikka egaligini.
26. Iqtisodiy o‘sish siklli tarzda ro‘y bersa, uning qaysi turi mavjud bo‘ladi?
a) muvozanatli;
b) barqaror;
c) samarali;
d) beqaror.
27. Iqtisodiy o‘sishning qaysi ko‘rsatkichi uning samaradorligi ortishini ham ifodalaydi? a) YAIM mutloq hajmining o‘sish sur’ati;
b) YAIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
c) YAIMning iqtisodiy resurs xarajatlari birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
d) mahsulot alohida turlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati;