Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi.