Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud
inflatsiyani yuzaga kelishi, turlari va bartaraf etish yo\'llari
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud:
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud:
qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;
hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;
kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;
iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlariga bo‘linadi. Pul muomalasi muomaladagi pul massasaini bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amal qiladi.
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi
yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:
Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo‘qotishga olib keladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar.