Iqtisodiy kategoriyalar Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilganda, ular konkret sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya'ni qonunkategoriyalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Har bir fan o`z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o`rganishda qo`llanadigan nazariy tushunchalar bo`lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in'ikosi, ifoda etilishidir.
Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tushunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko`pchilik yig`ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya'ni kishilar o`rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo`linib o`rganiladi:
Umumiqtisodiy kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo`lgan, lekin ijtimoiyiqtisodiy sistemaga aloqasi bo`lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
Formatsionmaxsus kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo`lgan, ijtimoiyiqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o`tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar.
Davriyoraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi, lekin bir necha iqtisodiy sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o`tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta'riflanadi.Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o`rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog`lanishlaridir.
Umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat'i nazar amal qiluvchi qonunlar.
Formatsionmaxsus qonunlar – maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiy – iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o`ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar.
Davriyoraliq qonunlar – bu turli ijtimoiyiqtisodiy sistemada, ammo ma'lum davrda amal qiluvchi sistemalarning maxsus tuzumiga aloqasi bo`lmagani holda, ularni birlashtirib bog`lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar.
Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo`lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o`zaro ta'sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha, birbirini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma'lumotlarga bir qator umumiy tarzda baho beriladi.
Natijada dastlabki sinab ko`rilmagan xulosagipoteza olg`a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraktsiyalash usuli asosiy usul bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiytexnikaviy fan emaski, u o`z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko`rsa. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, chirmashib ketgan aloqabog`lanishlarga duch keladi.
Abstraktsiyalash-bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o`rganishdagi uchinchi bosqich nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog`lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendentsiyalar xos bo`lishi, uning qanday omillari ta'sirida rivojlanishi, unda qanday o`zgarishlar bo`lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning Seminaroti dasturini, uning qanday xattiharakatga qo`l urishini ham tushunmoq zarur.Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tib, nazariy xulosalar chiqarish, so`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo`llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o`tiladi. Bunda olg`a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko`riladi. Har ikkala usul birbirini to`ldiradi.Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o`rganilganda miqdor va sifat tahlili qo`llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo`llanadi.