MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA ASOSIY BELGILARI. Ma‘lumki, tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning kelib chiqishi tovar-pul munosabatlarining shakllanishiga va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berdi, shuning bilan bir qatorda bozor- iqtisodiyotini vudujga kelishiga shart-sharoit yaratib berdi.
Bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishining umumiy sharoitlari, birinchidan, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, ikkinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimoti hisoblanadi.
Bu ikkala shart ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini vujudga keltiradi. Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘molning bozor orqali hal bo’lishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi.
Bozor iqtisodiyotining ob‘ekti va sub‘ekti bo’ladi. Ob‘ekt - bu moddiy narsalardir. Sub‘ekti esa moddiy narsalarga egalik qiluvchi kishilardir, ya‘ni yollanma ishchilar, tadbirkorlar, ssuda kapitali egalari, qimmatli qog’ozlar egalari va barcha iste‘molchilar.
Bozor xo’jaliginig barcha asosiy sub‘ektlari uchta guruhga bo’linadi:
1. Uy xo’jaliklari;
2. Korxonalar (tadbirkorlik sektori);
3. Davlat.
Uy xo’jaliklari - iste‘molchilar bo’lib, ular ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni iste‘mol qiladilar. Ular mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beradilar, iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflaydilar.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini hisoblanadi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ygan, asosan iqtisodiyotni tartibga har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Bank – iqtisodiyotning me‘yoriy amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga solib turuvchi moliya-kredit muassasasidir.
Bozor iqtisodiyotini to’rtta iqtisodiy mexanizm tartibga solib turadi:
1. Narx;
2. Talab;
3. Taklif;
4. Raqobat.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. Turli shakllardagi mulkchilik va xususiy mulkning ustuvorligi;
2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
3. Raqobat kurashining mavjudligi;
4. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi;
5. Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligidir.
Bozor iqtisodiyotining taraqqiyotini ikki turga ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchisi, klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti bo’lib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlariga davom etgan. Uning asosiy belgilari quyidagicha bo’lgan:
1. Xususiy mulkchillikka asoslagan holda iqtisodiy faoliyat yuritish;
2. Kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi;
3. Tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarning shaxsiy erkinligi;
4. Tadbirkorlarning yuqori foyda olishlar uchun kurashlari;
5. Iqtisodiyotning talab va taklif, king bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi;
6. Aholining ijtimoiy himoyaqilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi - hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qilib kelingan. Uning asosiy belgilari:
1. Mulkchilikning turli shakllariga, ya‘ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash ko’rinishlariga amal qilgan holda iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
2. Kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
3. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Davlat fan-texnika taraqqiyotini qo’llash, turli iqtisodiy tadbirlarni o’tkazish, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi.
4. Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish).
5. Ijtimoiy himoyaing kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi.
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiy xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotnig umumiy muammolarini ifoda etuvchi qo’yidagi savollarga javob topishi zarur: Ya‘ni, nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? Qanday texnika va texnalogiya bilan ishlab chiqarish zarur? Kim uchun ishlab chiqarish zarur?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida:
1. Ko’proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
2. Puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
3. Yuqori foyda olishni ta‘minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Umuman olganda: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyaar asosida ishlab chiqarish; aholi iste‘moli uchun zarur ne‘matlarni ishlab chiqarish kerak deyish mumkin.
Mezonlar Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti
Aralash iqtisodiyot
Korporativ iqtisodiyot
Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganligi
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish
Tadbirkolikni rivojlantirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratish
Iqtisodiyotga ta‘sirining intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonoviy bozor iqtisodiyotining modellari bir-biridan farq qiladi.