Raqobat kurashining shakllari va usullari Reja



Yüklə 42,45 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü42,45 Kb.
#208792
  1   2   3   4   5
Raqobat kurashining shakllari va usullari Reja


Raqobat kurashining shakllari va usullari


Reja:

1. Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi


2. Raqobat strategiyasi


3. Raqobat kurashi shakllari


4. Raqobat usullari: nohalol va halol raqobat


5. Mukammal raqobat va uning afzalliklari


6. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom


raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi

7. Foydalanilgan adabiyotlar




Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.
Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1 deb ko‘rsatib o‘tgan. Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi. Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat. Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»1 deb yozadi. Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi»2 degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi
subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.



Yüklə 42,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin