1. Fanning dolzarbligi, maqsad va vazifalari Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari



Yüklə 4,51 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü4,51 Kb.
#113971
“Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va va-azkurs.org


“Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash. Reja

Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash. REJA:

1. Fanning dolzarbligi, maqsad va vazifalari

2. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.

3. Ishbilarmonlik muhiti va unga ta'sir etuvchi omillar



Korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.

Korxonalarni tashkil qilish iqtisodiy jihatdan maqbullikka,
resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga
asoslanadi.
Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham,
yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi
mumkin.


Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
rivojlanayotgan


Tadbirkorlikni taraqqiy etish nuqtai nazaridan
rivojlangan

rivojlanmagan


Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:


  • tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;

  • tovar yoki xizmatlarning sifati;

  • tovar yoki xizmatlarning narxi;

  • tovarning universallik darajasi;

  • tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi;

  • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

  • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;

  • tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb qilishi va hokazo.

Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:



  • birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish;

  • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;

  • uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;

  • to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati;

  • beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.

Tadbirkorlik muhiti



Huquqiy-– tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.

Siyosiy-tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi.

Ijtimoiy-boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi.

Iqtisodiy-bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi.
http://azkurs.org
Yüklə 4,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin