Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi . Monopoliya – монопол yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi.Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‘ni, korxonadagi ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi .
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir .
Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat:1. Bozorni qamrab olish
darajasiga ko’ra:
a) sof monopoliya;
b) oligopoliya;
v)monopoliya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan, O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida “O’zbekiston havo yo’llari” DAK, “O’zbekiston temir yo’llari”DAK, toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi shular jumlasidandir.Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist–ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda
tsement (asosan, Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To’la) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. Monopoliya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga “O’zDEUavto” korxonasi
yaqqol misol bo’la oladi.
Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga
ko’ra:
a) tabiiy monopoliya;
b) legal monopoliya;
v) sun‘iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, tovar birligiga to’g’ri keluvchi xo’jalik xarajatlari kamayib
boradi.Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo’yidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:1) Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan
yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi.2) Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san‘at asarlari, ijro san‘ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki
kabel orqali tasvir uzatish kabilari yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.3) Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va haqozo.Sun‘iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarining shartli nomi. Sun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi.Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni
maxsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.q. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik
birlashma ishtirokchilarning o’zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.Trest – ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishdagi
birlashmasi.Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir .
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy Tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi:
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi .
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi . Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi .
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi .
Dostları ilə paylaş: |