Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakillari
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi .
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Tartibga solish vazifasi;
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. Innovatsion vazifa;
4. Moslashtirish vazifasi;
5. Taqsimlash vazifasi;
6. Nazorat qilish vazifasi .
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:
1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;
2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi .
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi .
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi .
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi .
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi.Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi. Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.Oligopoliya tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlari mavjuddir:
1) monopllashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o’rtasidagi raqobat.O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki
turga bo’linadi:
1. Tarmoq ichidagi raqobat
2. Tarmoqlararo raqobat .
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qo’layroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lganligi sababli, shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil bo’lmaydi.Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini
tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi .
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan Tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar .
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko’p bo’lsa, kapital shu tarmoqda ko’chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu tarmoq mahsulotlariga talab ko’payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda olishiga intilishini ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga “baravarlashtiradi”. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositadagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping – narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‘tibori hisoblanadi.Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |