Mavzu: Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni


Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 81,52 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü81,52 Kb.
#179187
1   2   3   4
Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni

Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi ikki jihat
orqali namoyon bo'ladi.Birinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.Ikkinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga
yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni
amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.Uchinchidan,ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi.Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia
sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi .
2. Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi .
3. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan


1-rasm.Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri . A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi, A monopol yutug’I, B va C monopol yo’qotishi .3. Iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti harakatkardan qaytaradi .


Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni
ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin .
Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:- Arnold Xarberger fikriga ko’ra bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini topgan.

2-rasm.Jamiyatning qaytarib bo’lmas yo’qotishlari .


Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi. Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan .
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar
iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi .
Davlat monopoliyaga qarshi siyosat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi .
Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar
bundan mustasno) .
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistic hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik
hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi .
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi .
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U,
birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning
iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni o’qotishni taqozo etadi .
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin .
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam
beradi .
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish .

Adabiyotlar:



  1. B.X.Azizkulov, B.K.Janzakov

    IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH



Yüklə 81,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin