Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. Reja



Yüklə 31,72 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü31,72 Kb.
#176359
  1   2
mustaqil iw


Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi.

Reja

1. Modernizatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi va bundan kutilayotgan natijalar.


2. O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirish va innovatsion rivojlanishning institutsional aspektlari.
3.

Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida bajarilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalarni keltirdi.


Iqtisodiyot sohasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi darkor:

  • ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash;

  • “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;

  • valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish;

  • barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.

Shu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:

  1. makroiqtisodiy barqarorlikning va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atini ta’minlash;

  2. jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish;

  3. iqtisodiy statistik ma’lumotlarni to’g’ri yuritish va davlat iqtisodiy ahvolini aniq baholash (Shu maqsadda 2020 yil 1- yanvardan boshlab BMT va Xalqaro valyuta fondining “Milliy hisoblar tizimi"ni respublikada to’liq joriy etish masalasi qo’yildi);

  4. iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish (Vazirlar Mahkamasi mamlakatning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni 2019 yil 1 aprelga qadar yakunlashi kerak);

  5. byudjet mablag’laridan foydalanish tizimini takomillashtirish (byudjet hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko’rsatkichlaridan iborat natijaga yo’naltirilgan indikatorlar bo’lishi masalasi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga 2 oy ichida taklif kiritish vazifasi yuklatildi);

  6. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish (shu asosda “Raqamli O’zbekiston 2030” dasturi konsepsiyasi ishlab chiqilib hayotga tadbiq etiladi).

Ma’lumki, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimidan boshlanib, ko‘plab rivojlangan mamlakatlaming moliya tizimini ishdan chiqargan, keyinchalik iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohaga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, katta talafotlar yetkazgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishining dastlabki pallasidayoq 0 ‘zbekistonda Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgan va izchillik bilan amalga oshirish boshlab yuborilgan edi. 0 ‘zbekiston Prezidentining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari” nomli asarida mazkur dasturda belgilangan quyidagi beshta kompleks chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan edi: Birinchidan, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalami keng joriy etish; Ikkinchidan, joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalaming tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quwatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlami amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish; Uchinchidan, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish; To‘rtinchidan, elektr energetika tizimini modemizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish; Beshinchidan, jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilami qoilab-quw atlash'. Inqirozga qarshi choralar dasturidan o‘rin olgan va o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda, avvalo, mamlakat moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko‘rsatish, aholini ijtimoiy qoilab-quwatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o‘zining amaliy samarasini berdi. Mamlakat iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega boiishini ta’minlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga*erishish mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa, eng awalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zamr boiadi. Shunga ko‘ra, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, mamlakatda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi. Birgina 2012-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2011-yilga nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ayniqsa, real sektor korxonalarini qoilab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo ig a qo‘yish, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi. Bugungi kunda mamlakatni jadal isloh etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyotning yuksalish bosqichi izchil ravishda davom etmoqda. 0 ‘zbekiston jahon xaritasidan mustaqil davlat sifatida joy olgandan keyingi tarixan qisqa davr ichida demokratik jamiyat hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirildi va salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Bunda mamlakat rahbari tomonidan milliy taraqqiyot strategiyasining puxta ishlab chiqilgani, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsad va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining aniq-ravshan ko‘rsatib berilgani barcha yutuq va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2010-yil 27-yanvar) ma’ruzasida Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni, qulay investitsion muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank moliya tizimini rivojlantirishni normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o‘rin egallaganligini ta’kidlab o‘tdi.

Bu davrda xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mamlakatda har tomonlama baquvvat mulk egalari sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni ta’minlash, tadbirkorlik, avvalo, kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, keng tarmoqli bozoming infratuzilmasini barpo etishni ko‘zda tutadigan qonun hujjatlarining butun bir majmuasi qabul qilindi. Aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshirib borish, keng miqyosdagi ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari parlamentning e’tibor markazida bo‘ldi. Bugungi kunda modernizatsiya jarayonlari mamlakat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish muhim o‘rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, uning turli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon bozori konyunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, mustaqil rivojlana olish imkoniyatlari va salohiyatlari aynan ishlab chiqarish jarayonlaridagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog‘liq. Biroq, shu bilan birga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalaridagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalami jadal isloh etish va modemizatsiya qilish jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim. Prezident tomonidan ilgari surilgan tayyor raqobatdosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro‘y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. 0 ‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini ham bermoqda. 0 ‘zbekistonda oxirgi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: - inflyatsiya darajasi yiliga 7-8 foizdan oshmagan holda saqlanib qolmoqda; - oltin-valyuta zaxiralari oxirgi 5 yil mobaynida 6 barobar o‘sib, hozirgi kunda deyarli 1,5 yillik import hajmini qoplaydi; - jami davlat tashqi qarzi YAIMning 9,5 foizini tashkil qilib, eksport hajmiga nisbatan 26 foizdan oshmaydi. Bu erishilgan natijalar (ko‘rsatkichlar) Jahon banki mezonlari bo‘yicha ijobiy baholandi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash o‘z-o‘zidan mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha turdagi iqtisodiy resurslami oqilona ishlatishga asos bo‘ladi. Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi turli mamlakatlar iqtisodiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishni davom etayotgan bir paytda fan va texnologiyani jadal rivojlantirish, uning yutuqlaridan samarali foydalanishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.
Iqtisodiyoti transformatsiya boʻlgan koʻplab mamlakatlarda iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi institutlarida tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ammo umuman olganda, institutsional o'zgarishlar evolyutsion tarzda sodir bo'ladi, chunki institutlar, amerikalik iqtisodchi, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (D.Nort) Douglass Cecil North ta'kidlaganidek, individual xatti-harakatlarning shakllanishi bilan bog'liq o'zgarishlar natijasidir [1]. Demak, texnologiyalar va innovatsiyalar rivojlanishiga institutsional omillar va shartsharoitlarning ta'siri yetarli darajada rivojlanmagan. Institutsional o'zgarishlar ko'plab tadqiqotchilar tomonidan turli ijtimoiy va iqtisodiy institutlardagi miqdoriy va sifat o'zgarishlari va o'zgarishlarining doimiy jarayoni sifatida ta'riflanadi. Shu paytgacha respublikada modernizatsiya yuqoridan va birinchi navbatda texnologik sohada amalga oshirilgan. Institutsional islohotlar esa cheklangan tarzda amalga oshirilgan. Ularning muhim maqsadi tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlarining innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bundan tashqari, iqtisodiyotda bozor mexanizmining keyingi samaradorligi yuqoridan ham, pastdan ham boshlangan institutsional o'zgarishlarning to'liqligiga bog'liq bo'ladi. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish ham texnologik, ham institutsional jarayondir. Davlat organlarining jamiyatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, innovatsion mafkura va innovatsion tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlari institutsional muhitni isloh qilishga xizmat qilishi kerak. Institutsional muhit - bu mamlakatning innovatsion salohiyatini amalga oshirish uchun institutsional sharoit yaratuvchi rasmiy va norasmiy institutlar majmuasidir. Ikkinchisi quyidagi ko'rsatkichlarda o'z aksini topadi: ilmiy muassasalar, shuningdek, tadqiqot va ishlanmalar bilan shug'ullanuvchi xodimlar soni; texnologik innovatsiyalar qiymati; oliy ta’lim muassasalari va ulardagi talabalar soni; ixtirolar, ro'yxatga olingan patentlar soni; fan nomzodlari va doktorlari soni, ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan xarajatlar. Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bilan shug'ullanuvchi xodimlar sonining ko'rsatkichi mamlakatimizda patent, innovatsiya va tadbirkorlik faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. O'z navbatida patentlar nashrlar soni bilan bir qatorda bilim yaratish ko'rsatkichidir. Binobarin, institutsional sharoitlar institutlar tomonidan makro va mikro darajada yaratiladi va innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay yoki to'sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, iqtisodiyoti o‘zgarib borayotgan mamlakatlarda “fan – ta’lim – ishlab chiqarish” zanjirining bo‘g‘ini bo‘lgan innovatsion infratuzilma institutlari yo‘q yoki yetarli darajada rivojlangan emas. Innovatsiyalar sohasi bilan bog'liq bo'lgan hozirgi institutlar to'siqlarning paydo bo'lishiga va shunday deb ataladigan narsaning paydo bo'lishiga yordam berishi mumkin. «Institutsional tuzoqlar» (V.M. Polterovich) quyidagi yo'nalishlarda mavjud: – tranzaksiya xarajatlari (ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan xarajatlar); – mulkka egalik huquqi; – shartnomaviy bitimlar (shartnomani buzish holatlari); – iqtisodiy subyektlari o'rtasida institutsional va shaxslararo ishonchning yetarli emasligi. Tranzaksiya xarajatlari rag'batlantirish tizimi va iqtisodiy natijalarga ta'sir qiluvchi mulk huquqlarini taqsimlash va himoya qilish xususiyati uchun ma'lum darajada javobgardir D. Nort tranzaksiya xarajatlarini quyidagicha nazarda tutadi:


Yüklə 31,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin