Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti Reja kirish


 Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#129669
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti

3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili 
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash 
lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli 
muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini 
muttasil oshirishga qaratilgan. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli 
yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. 
Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va 
ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar 
bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush 
darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga 
quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik 
ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat 
tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; 
mehnat qilish va bandlik sharoitlari; 
aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol 
narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot. 
Har 
yili 
budjetning 
salmoqli 
qismi 
ijtimoiy 
madaniy 
tadbirlarni 
moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar 
davlatga: 
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish; 
-fan va madaniyatni rivojlantirish 
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish; 
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish; 
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi. 
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi 
ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti 
xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet 
xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda. 
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital 
xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm). 


So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari 
bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini 
rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga 
ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat 
budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy 
Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash 
tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat 
dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq 
amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy 
sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya 
mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin 
etishga bog’liq. 
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga 
solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 
sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son 
O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda 
(tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik 
organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va 
shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga 
oshirilishini, joylarda qonunlar, 


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori 
turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni 
boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni 
rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini 
yo’naltirib turadilar. 
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy 
resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan 
fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan 
ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
“Budjet 
tizimida”gi 
Qonuniga 
muvofiq 
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan 
cheklovlar quyidagilardan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli 
daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti 
va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va 
ijro etishda: 
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar 
tashkil etishga; 
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari 
olish bundan mustasno); 
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga 
(ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar 
va kafilliklar berishga; 
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi. 
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga 
oshirishda rioya qilinishi shartdir. 
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat 
tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy 
normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi 
to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi 


Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar 
xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir. 
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi 
to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga 
kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida 
bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat 
hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy 
davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan. 
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar 
kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar. 
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi 
va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun 
xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar. 
Maxalliy 
budjet 
xarajatlarini 
boshkarish 
tartiblari 
O’zbekiston 
Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya 
vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan. 
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan 
ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan. 
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida 
yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan 
vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi 
mumkin. 
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini 
to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa 
majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida 
ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish 
harakatidir. 
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish 
huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan 
majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi 
lozim. 
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi: 
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari; 


- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar; 
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy). 
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat 
berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar. 
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, 
ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda 
ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. 
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining 
samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib 
ketishiga yo’l qo’ymaslik. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, 
“Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, 
o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma 
bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa 
muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan 
shartnoma bo’ladi. 
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil 
to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga 
tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni 
yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan 
shartnoma hisoblanadi. 
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik 
faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish 
majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib 
olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. 
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan 
tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-
sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni 
tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi. 
Qonunga 
ko’ra, 
tadbikorlik 
faoliyati 
sohasidagi 
shartnomaviy 
munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;
taraflarning o’zaro manfaatdorligi; 
shartnoma intizomiga rioya etish; 
taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi. 


Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma 
tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) 
yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha
kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan 
qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq 
summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining 
yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. 
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi: 
xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari 
bilan tartibga solinishi; 
xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-
kelmasligi; 
taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun 
hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. 
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining 
talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish 
muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. 
Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib 
berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib 
beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun 
uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq 
bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar 
yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani 
to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish 
muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki 
xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. 
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati 
xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga 
oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish 
sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda 
yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, 
mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma 


deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga 
nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning 
boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun 
xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo’l 
qo’yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni 
berish, xizmatlar ko’rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la 
turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan 
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. 
Budjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat 
ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy asosini 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da № 1475 
raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 
05.05.2005 y. dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya organlarida 
budjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar 
o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini 
nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil qiladi. 
Ushbu Nizomga ko’ra, budjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar bilan 
shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag' oluvchilarning 
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari doirasidagina 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan 
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga 
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak. 
Yuqorida nomi keltirilgan Nizomga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilar 
mol etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga 
budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli 
rejali budjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan 
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga 
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak. 
Shartnomani hisobga olish G’aznachilik organi tomonidan budjetdan mablag’ 
oluvchi va etkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma 
summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Nizomga 1-son 


ilovaga ko’ra budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida 
tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida ro’yxatdan o’tkazish raqami va 
sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. 
Moliya organi budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan 
kundan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlar 
smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari mavjudligi 
masalasida shartnomada ko’rsatilgan summani tekshiradi. 
Agar tuzilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasi 
budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali budjet 
mablag’lari summasidan oshib ketsa, mazkur shartnoma budjetdan mablag’ oluvchiga 
uni moliya organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazmasdan turib qaytariladi. Shartnomani 
ro’yxatdan o’tkazish budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan 
kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl nusxasi va ko’chirma 
nusxasining birinchi varag’iga “Ro’yxatdan o’tkazildi” yozuvini qo’yish va 
ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi, ularni 
moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organining muhri izi bilan 
tasdiqlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaning 
ko’chirma nusxasi hisobga olish va saqlash uchun moliya organida qoladi. 
Narxlar monitoringining zarurligi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish 
ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo 
etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, 
xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, 
shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka ro’yxatdan o’tkazish uchun 
taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro’yxatdan 
o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan 
avval dastlabki nazoratni amalga oshirish 
imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi. 
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib 
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan: 
• tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish; 
• bozorlardan ma’lumotnomalar olish; 
• raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish; 
• ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish. 
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga 
bir nechta (eng kamida 4 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda 


har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari 
to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq 
yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya etiladi. 
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab 
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita 
importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha 
tartib belgilangan bo’lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha 
shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qo’llanilmaydi. 
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti, davlat 
budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan, 
hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan 
foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, 
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi. 
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq
summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) 
rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar 
eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Tender 
turi harid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Ochiq 
tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi 
mumkin. 
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari 
bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan tashkilotlar ishtirokida 
o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
taqdim 
qilinadigan 
asosiy 
iste’mol 
mahsulotlarining oylik o’rtacha narxlari to’g’risidagi ma’lumot asosida olib boriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish 
bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Moliya Vazirligi 
tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan narxlardan ortiq bo’lgan 
narxlarda tuzilgan shartnomalar G’aznachilik hududiy bo’linmalari tomonidan 
ro’yxatga olinmaydi.
Kelgusida G’aznachilikda budjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi 
tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish va 
yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini, 
Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega 


bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan rekla nashrlari ma’lumotlarini 
hisobga olish tavsiya etiladi.
Yuridik majburiyat tushunchasi budjet tashkiloti bilan kontragent o’rtasida 
ma’lum bir muddatdan so’ng ma’lum bir tovarni etkazib berish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli 
tartibda G’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga kelishi haqida 
ma’lumot berdik.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib 
berilganidan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini 
talab etadi. Masalan, schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar 
ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt 
priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. 
Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan 
imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik 
talablariga ko’ra budjet tashkilotlari oldindan eng kamida 20 foiz to’lovni amalga 
oshirishlari talab qilinadi. Moliyaviy majburiyat G’aznachilikning Bosh kitobida 
qayd qilinadi.
Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati 
o’tgunga qadar qoplanishi lozim. 
Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan 
yuridik majburiyatlar asosida tasdiqlangan budjet rejasi va o’rnatilgan budjet 
me’yorlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda budjet 
tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdan iboratdir. 
Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash. Ma’lumki, budjet tashkiloti 
tasarrufidagi pul mablag’lari miqdori moliya organi tomonidan tasdiqlangan smeta 
bilan cheklangan. Moliyaviy majburiyatni qabul qilish chog’ida yuridik 
majburiyatlarni ham smetada ko’rsatilgan xarajat moddalari doirasidan chetga 
chiqmasligi nazorat qilinadi.
Budjet tashkiloti yil davomida ko’plab kontragentlar bilan shartnomalar tuzadi. 
Ularning bajarilishini ta’minlash uchun pul to’lovlarini amalga oshiradi.
Moliyaviy majburiyatlar limitini baholashda xarajatlar smetasining I- va 
IIguruh xarajatlarining o’z vaqtida moliyalashtirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar o’z vaqtida, kechiktirmasdan berilishi, ish 
haqidan ajratmalar o’z vaqtida o’tkazilishi shart. Boshqa xarajatlar (IV-guruh)ni 
amalga oshirishda ham budjet tashkiloti tejamkorlik, optimallik tamoyillariga amal 
qilgan holda xarajatlar to’lovini amalga oshirish ketmaketligiga ((1)oziq-ovqat, 


(2)dori-darmon, (3)kommunal xizmatlar, (4)boshqa xarajatlar) rioya qilishi talab 
etiladi. Xarajatlar tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda ularning hajmi 
yillik ajratmalar va xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (HAOR) miqdoridan ortib 
ketmasligi shart.
G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va to’lovlarni amalga 
oshirish. Budjet tashkiloti va ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnoma g’aznachilik 
bo’limida ro’yxatdan o’tkazilib, ta’minotchi ro’yxatdan o’tgan shartnomani olgandan 
keyin, shartnoma shartlariga asosan tovar va xizmatlar etkazib berishni boshlaydi. 
G’aznachilik bo’limlarida ro’yxatdan o’tmagan shartnomalar bo’yicha ta’minotchi 
tovar va xizmatlar etkazib berishga haqqi yo’q.
Tovar va xizmatlar etkazib berilgandan so’ng ta’minotchi budjet tashkilotiga 
schet-faktura (bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi)ni taqdim 
etadi. 
U yoki bu tomon shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda shartnoma 
summasi kamaytirilishi yoki shartnoma umuman bekor qilinishi mumkin.
Masalan, etkazilgan tovar va xizmatlar shartnomada ko’rsatilgan tovar va 
xizmat talablariga (sifati, hajmi va boshqalar) javob bermagan taqdirda budjet 
tashkiloti g’aznachilik bo’limlariga shartnomani bekor qilish haqida so’rov xujjati 
tayyorlab taqdim etishi lozim. 
Bekor qilish haqidagi so’rovnomada ko’zda tutilgan shartnomani bekor qilish 
uchun ro’yxatdan o’tkazilgan shartnoma bo’yicha barcha ma’lumotlar to’liq aks 
ettirilishi lozim. Shartnomani bekor qilish so’rovnomasi qabul qilingan majburiyat 
summasini qisman yoki umuman bekor qiladi. 
Ma’lum summaga bekor qilingan yuridik majburiyat shu summaga budjetga 
tiklanadi. 
Budjet tashkiloti mol etkazib berilganligi to’g’risidagi schet-fakturani olgach, 
to’lov arizasini tuzadi. To’lov arizasi – schet-faktura asosida tayyorlanadigan 
buxgalteriya hujjati bo’lib, budjet tashkilotining kreditorga (mol 
etkazib beruvchiga) ma’lum summani to’lash uchun G’aznachilikka taqdim etadigan 
topshiriqnomasi. 
To’lov arizasini tayyorlash (tuzish) budjet tashkiloti vazifasiga kiradi.
Budjet tashkiloti schet-fakturani qabul qilgan paytning o’zida to’lov arizasini 2 
nusxada tegishli G’aznachilik bo’limlariga qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtda 
taqdim etishi lozim. Qonunchilikka asosan arizaga majburiy xujjatlar (masalan, schet-
faktura, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va boshqalar) ilova qilinadi. 
Budjet tashkiloti schet-fakturada uni qabul qilgan sanasini aks ettirishi shart.


Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik 
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.2- 
rasm):
Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha 
to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan 
mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov 
topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar: 
a) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida 
xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi 
nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan 
imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi; 
b) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida 
xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi 
nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan 
imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga 
mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, 
hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va 
budjetdan 
mablag’ 
oluvchining 
etkazib 
beruvchidan 
qarzi 
mavjudligini 
tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga 
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni 


taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjetdan 
mablag’ oluvchi budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak 
to’lovini 
o’tkazish 
majburiyatini 
yuklaydigan 
hujjatlarga 
binoan 
to’lov 
topshiriqnomasini taqdim etadi. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va 
ularga ilova єilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro 
uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular 
taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom”
talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi 
(yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini 
qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni 
moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan 
tasdiqlaydi. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom 
talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag’ oluvchiga 
qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, 
muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi. 
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va 
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini 
moliya organi budjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka 
topshiradi. 
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar 
ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining budjetdan mablag’ 
oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng, 
Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga 
bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan 
ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi. 
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov 
topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro 
etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi. 
To’lovdan so’ng: 
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi 
taqdim etilgan taqdirda: 
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi; 
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga 
ilova qilinadi; 


-uchinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan 
ko’chirmaga ilova єilinadi va ke-yin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun 
moliya organiga topshiriladi; 
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, 
shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan 
keyin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining 
uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank 
ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchinusxasi moliya organida 
qoladi; 
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi taqdim 
etilgan taqdirda:birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
ikkinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan 
ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun 
moliya organiga topshiriladi; 
topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi. 
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan 
ke-yin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining 
ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank 
ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida 
qoladi. 
Xarajatlarning quyidagi guruhlari 
Davlat budjetidan mablag’ bilan 
ta’minlanadi: 
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar; 
II. Ish haqiga qo’shimchalar; 
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq 
ro’yxatlarga muvofiq); 
IV. Boshqa xarajatlar. 
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining 
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagonag’azna hisob 
raqamidan, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi 
bo’yicha hududiy g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi 
navbatda xarajatlarini to’lash. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ 
o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna hisob 
raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi 


guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud 
bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat 
qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan 
Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga va 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi. G’aznachilik tomonidan xizmat 
ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga Davlat budjetida nazarda 
tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 
O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga 
hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya 
vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan 
o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan 
xarajatlarini to’lash smetalarga va budjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan 
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun 
belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga 
oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarini to’lash budjetga mablag’lar 
tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini: 
respublika budjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda 
budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va
xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov 
qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi; 
mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya 
organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi 
bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan 
rasmiylashtiriladi. 
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar 
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: 
ovqatlantirish; 
dori-darmonlar; 
kommunal xizmatlar; 
boshqa xarajatlar. 
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining hisob 
raqamlarida qolgan tejab qolingan budjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ 
bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib 


qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va mazkur 
Tartib talablariga muvofiq sarflanadi; 
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi 
ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning 
hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar 
(kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar 
bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga 
o’tkaziladi va undan mazkur Tartib talablariga muvofiq foydalaniladi; 
Tejab qolingan budjet mablag’larini o’tkazish budjet tashkilotlari tomonidan 
yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan budjetdan ajratiladigan mablag’lar 
doirasida hisobot choragidan keyingi oy mobaynida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag’ bilan ta’minlash hajmi hisobot 
choragida tejab qolingan budjet mablag’lari summasiga kamaytirilmaydi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan budjet tashkilotlarining qo’shimcha 
daromadlari mablag’ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari: 
1. faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish; 
2. budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va 
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish; 
3. yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatiladigan 
homiylik (begaraz) yordami hisobiga olinishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi”
qonuni talablaridan kelib chiqib 2012 moliya yili 1 yanvaridan boshlab Davlat 
budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna 
hisobvarag’idan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda Quyida keltirilgan 2.3- rasmda 
Yagona g’azna hisobvarag’ida pul mablag’larining harakati chizmasi


Budjet tashkilotlari yoki fond mablag’larini tasarruf etuvchilar uchun shaxsiy 
g’azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali 
tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida o’zgartirishlar bo’lmaydi hamda 
ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarajatlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi 
saqlab qolinadi. Bunda, budjetdan mablag’ oluvchilarning amalda ishlab turgan 
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari yopilmaydi va belgilangan (odatiy) tartibda ishlaydi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin