Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti Reja kirish



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix13.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#129669
  1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti



Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat 
budjeti 
Reja 
 
KIRISH 
1 Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat 
budjetining ahamiyati 
2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy–
huquqiy asoslari. 
3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili 
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini 
samarali ijrosini ta’minlash masalalari 
Xulosa 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 


KIRISH 
Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va 
mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib
ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va 
vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Budjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va 
qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. 
Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy 
sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning 
mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda 
keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, 
budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. 
“Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha 
va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 
34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini 
moliyalashtirishga 
yo’naltirildi”-deydi 
prezidentimiz 
I.A. 
Karimov 
o’z 
ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy 
sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu 
mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash 
dolzarb masaladir. 
Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida 
juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. 
Budjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt 
ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet defitsiti darajasini 
belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar 
qatoriga kiradi. 
Mamlakatning 
budjet 
tizimi 
va 
budjetdan 
moliyalashtirishni 
ham 
takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan 
ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishdagi 
muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish 
hisoblanadi. 
- Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat 
budjetining ahamiyatini o’rganish; 
- Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy – 
huquqiy asoslarini o’rganish; 


- Davlat budjeti xarajatlarining hozirgi holatini tahlil qilish; 
- Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini 
to’lashning amaldagi tartibini tahlil etish;
- Davlat budjeti xarajatlarining g’azna ijrosini takomillashtirish masalalarini 
tadqiq etish; 
- Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirish tizimini qo’llash orqali davlat budjeti 
xarajatlari samarali ijrosini ta’minlashni tadqiq etish; 
- mavzuga oid bo’lgan umumiy xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish. 
Davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan 
amaliytavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi 
mumkin. 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin