2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning
tashkiliy –huquqiy asoslari
Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo,
moliyalashtirish
printsiplari
muhim
ahamiyatga
ega.
Hozirgi
amaliyotda
foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va xususiy
guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’ oladigan barcha
sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining
tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini
belgilab beradi.
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Budjet
mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina
taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari
oluvchilar daromadlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta oqib
kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning maqsadli
xarakterdaligi. Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari
aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya
qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi;
ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’larning
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag’larini taqdim etish.
Budjetdan moliyalashtirishning ko’rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi
moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan
samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
budjet mablag’larining qaytariluvchan emasligi. Budjet mablag’lari
sub’ektlarga ularni majburiy ravishda budjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim
etiladi;
budjet mablag’larining tekinligi. Budjetdan mablag’lar sub’ektlarga foiz
ko’rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki mablag’larni
to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi.
Umumiy printsiplar bilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida
xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibig quyidagilar kiradi:
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet mablag’larini ajratish
budjet mablag’larining o’lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoshuvidan
foydalanish;
budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi
orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish printsipi va
boshqalar.
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari budjetdan
moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:
budjet tashkilotini saqlash uchun mablag’lar;
davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni
to’lash uchun mablag’lar;
aholiga transfertlar;
jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan mablag’lar;
quyi budjetlarga va davlat maqsadli fondlariga dotatsiya, subventsiya va
ssudalar;
harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga
investitsiyalar;
baholardagi farqni qoplash.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki
ko’rinishda amalga oshiriladi:
1) xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish;
2) xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy
budjetlardan moliyalashtirish.
Quyida keltirilgan 1.2-rasmda biz davlat budjeti xarajatlarini amalga
oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini keltirib o’tamiz.
Davlat budjeti xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini
moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Budjet mablag’lariga
egalik qiluvchilar – budjet mablag’larini oluvchilar yok boshqaruvchilar bo’lgan,
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari
orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega.
Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha
belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan
tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar,
subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet
mablag’larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi.
Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet
kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin.
Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va
budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida
kuyidagicha amalga oshiriladi:
-budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
-joriy budjet transfertlari shaklida;
-kapital xarajatlar shaklida:
-asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular
jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
-chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; davlat
ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
-davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
-kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet
transfertlari shaklida;
-rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari
shaklida;
-davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet
ssudalari shaklida;
-davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
-O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22-
moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. fan,
ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport.
-(respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha);
-ijtimoiy ta’minot;
-mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
-sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
-davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni
saqlash;
-davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet
ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet
tashkilotlarini saqlash;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini
amalga oshirish;
-er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash
chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
-gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy
budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan
xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi qonunning 23-moddasi) (1.3-rasm):
-fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan
moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha);
-ijtimoiy ta’minot;
-aholini ijtimoiy himoya qilish
-Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri budjet tashkilotlarini saqlash;
-qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning
maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Budjetdan
mablag’larni
taqdim
etishning
metodlari
budjetdan
moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya
organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul
mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta
o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib
topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal
xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish
xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga
ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga
beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va
korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga
mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va
transportga yo’naltiriladi.
Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital
quyilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga
egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy
fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul
mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Budjet
resurslarining cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,
ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori
bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi yuridik
shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu
ko’rinishdagi budjet mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va
xususiy korxonalarining turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi.
Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agro-sanoat
kompleksi, uy-joy-kommunal xo’jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlariga yo’naltiriladi.
Budjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlari davlat tomonidan
ijtimoiy funktsiyaning bajarilishi bilan bog’liq.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida
aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha
moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan sotsial soha
tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan
assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat
ko’rsatiladigan
kontingentlarni
xarakterlovchi
tashkilotlar
faoliyatining
ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi.
Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu
ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to’g’ri
keluvchi pulli xarajat budjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini
ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi.
Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning mo’ljallanganligi
va vaqt bo’yicha qattiq tartibga solinganligidir. Tashkilot smetada ko’zda tutilmagan
maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga ega emas. Budjet tashkiloti
smetasining xarajatlari ularning yopiq ro’yxatini o’z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar
kiradi: xodimlarning mehnat haqini to’lash;
davlat budjetdan tashqari fondlariga badallar;
aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar,
stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to’lovlar);
safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to’lovlar;
sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar va
ko’rsatilajak xizmatlarni to’lash.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar konkret ehtiyojni qondirish o’lchovi sifatida
pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi asosida
amalga
oshiriladi.
Amaliyotda
pulli
normalarning
turli-tuman
turlaridan
foydalaniladi:
moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko’rsatkichlariga asoslangan
normalar (ovqatlanish, tibbiy texnikalar va dori-darmon sotib olish, yumshoq
inventarlar va hokazolar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning
puldagi ifodasini namoyon etadi;
umumlashtirilgan yakka tartibdagi to’lovlar – ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar, safar xarajatlari va boshqalar;
o’tgan davrlarda mablag’larning sarflanish ko’rsatkichlarini umumlashtirish
asosida tajriba-statistika usuli yordamida va budjetning imkoniyalarini hisobga olgan
holda vujudga keltirilgan normalar.
O’zining murakkablik darajasiga qarab budjet normalari ikkiga bo’linadi:
1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki konkret turiga tegishli bo’lgan
normalar);
2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir necha xarajatlar
turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va o’xshash xarajatlar
moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab
oladigan normalar).
Hozirgi sharoitda sotsial soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini
qamrab oladigan yiriklashtirilgan normalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday
normalardan foydalanish muassasalar ishini yuqori yakuniy natijalarga erishishga
yo’naltiradi: bolalarni o’qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam
ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qo’llanilishi turli
xarajatlar yo’nalishida budjet mablag’laridan foydalanish bo’yicha tashkilotlarning
mustaqlligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda ularning
manfaatdorligini kuchaytiradi.
Budjet normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib turishi mumkin.
Masalan, baho va tariflar tizimining o’zgarishi, milliy xo’jalikda ish haqining o’sishi,
mahalliy
budjetlarda
xarajatlarni
moliyalashtirish
bo’yicha
qo’shimcha
imkoniyatlarning paydo bo’lishiga qarab budjet normalari o’zgaradi
Dostları ilə paylaş: |