3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash
lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli
muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini
muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli
yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat.
Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va
ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar
bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush
darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga
quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik
ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat
tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat;
mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol
narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
Har
yili
budjetning
salmoqli
qismi
ijtimoiy
madaniy
tadbirlarni
moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar
davlatga:
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi
ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti
xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet
xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital
xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm).
So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari
bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini
rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga
ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat
budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy
Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash
tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat
dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq
amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy
sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya
mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin
etishga bog’liq.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga
solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2
sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son
O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda
(tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi
tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik
organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va
shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga
oshirilishini, joylarda qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori
turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni
boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni
rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini
yo’naltirib turadilar.
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy
resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan
fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan
ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.
O’zbekiston
Respublikasi
“Budjet
tizimida”gi
Qonuniga
muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan
cheklovlar quyidagilardan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli
daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti
va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va
ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar
tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari
olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga
(ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar
va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga
oshirishda rioya qilinishi shartdir.
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat
tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy
normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi
to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi
Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar
xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi
to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga
kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida
bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat
hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy
davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan.
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar
kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi
va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun
xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.
Maxalliy
budjet
xarajatlarini
boshkarish
tartiblari
O’zbekiston
Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya
vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan
ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3
sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan.
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida
yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan
vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi
mumkin.
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini
to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa
majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida
ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish
harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish
huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan
majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi
lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat
berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar,
ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda
ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining
samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib
ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq,
“Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,
o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma
bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa
muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan
shartnoma bo’ladi.
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil
to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga
tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni
yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan
shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik
faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish
majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib
olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan
tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-
sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni
tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qonunga
ko’ra,
tadbikorlik
faoliyati
sohasidagi
shartnomaviy
munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;
taraflarning o’zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya etish;
taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma
tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi)
yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha
kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq
summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining
yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:
xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari
bilan tartibga solinishi;
xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-
kelmasligi;
taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun
hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining
talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish
muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib
berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib
beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun
uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq
bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar
yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani
to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish
muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki
xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati
xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga
oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish
sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda
yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat,
mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma
deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga
nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning
boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun
xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo’l
qo’yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni
berish, xizmatlar ko’rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la
turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Budjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat
ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy asosini
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da № 1475
raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
05.05.2005 y. dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya organlarida
budjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar
o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini
nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil qiladi.
Ushbu Nizomga ko’ra, budjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar bilan
shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag' oluvchilarning
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari doirasidagina
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak.
Yuqorida nomi keltirilgan Nizomga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilar
mol etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga
budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli
rejali budjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak.
Shartnomani hisobga olish G’aznachilik organi tomonidan budjetdan mablag’
oluvchi va etkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma
summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Nizomga 1-son
ilovaga ko’ra budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida
tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida ro’yxatdan o’tkazish raqami va
sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Moliya organi budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan
kundan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlar
smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari mavjudligi
masalasida shartnomada ko’rsatilgan summani tekshiradi.
Agar tuzilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasi
budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali budjet
mablag’lari summasidan oshib ketsa, mazkur shartnoma budjetdan mablag’ oluvchiga
uni moliya organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazmasdan turib qaytariladi. Shartnomani
ro’yxatdan o’tkazish budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan
kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl nusxasi va ko’chirma
nusxasining birinchi varag’iga “Ro’yxatdan o’tkazildi” yozuvini qo’yish va
ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi, ularni
moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organining muhri izi bilan
tasdiqlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaning
ko’chirma nusxasi hisobga olish va saqlash uchun moliya organida qoladi.
Narxlar monitoringining zarurligi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish
ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo
etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng,
shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka ro’yxatdan o’tkazish uchun
taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro’yxatdan
o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan
avval dastlabki nazoratni amalga oshirish
imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
• tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;
• bozorlardan ma’lumotnomalar olish;
• raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
• ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga
bir nechta (eng kamida 4 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda
har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari
to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq
yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya etiladi.
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita
importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha
tartib belgilangan bo’lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha
shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qo’llanilmaydi.
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti, davlat
budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan,
hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan
foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar,
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq
summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi)
rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar
eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Tender
turi harid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Ochiq
tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi
mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari
bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan tashkilotlar ishtirokida
o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Moliya
vazirligi
tomonidan
taqdim
qilinadigan
asosiy
iste’mol
mahsulotlarining oylik o’rtacha narxlari to’g’risidagi ma’lumot asosida olib boriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish
bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Moliya Vazirligi
tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan narxlardan ortiq bo’lgan
narxlarda tuzilgan shartnomalar G’aznachilik hududiy bo’linmalari tomonidan
ro’yxatga olinmaydi.
Kelgusida G’aznachilikda budjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi
tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish va
yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini,
Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega
bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan rekla nashrlari ma’lumotlarini
hisobga olish tavsiya etiladi.
Yuridik majburiyat tushunchasi budjet tashkiloti bilan kontragent o’rtasida
ma’lum bir muddatdan so’ng ma’lum bir tovarni etkazib berish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli
tartibda G’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga kelishi haqida
ma’lumot berdik.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib
berilganidan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini
talab etadi. Masalan, schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar
ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt
priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar.
Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan
imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik
talablariga ko’ra budjet tashkilotlari oldindan eng kamida 20 foiz to’lovni amalga
oshirishlari talab qilinadi. Moliyaviy majburiyat G’aznachilikning Bosh kitobida
qayd qilinadi.
Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati
o’tgunga qadar qoplanishi lozim.
Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan
yuridik majburiyatlar asosida tasdiqlangan budjet rejasi va o’rnatilgan budjet
me’yorlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda budjet
tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash. Ma’lumki, budjet tashkiloti
tasarrufidagi pul mablag’lari miqdori moliya organi tomonidan tasdiqlangan smeta
bilan cheklangan. Moliyaviy majburiyatni qabul qilish chog’ida yuridik
majburiyatlarni ham smetada ko’rsatilgan xarajat moddalari doirasidan chetga
chiqmasligi nazorat qilinadi.
Budjet tashkiloti yil davomida ko’plab kontragentlar bilan shartnomalar tuzadi.
Ularning bajarilishini ta’minlash uchun pul to’lovlarini amalga oshiradi.
Moliyaviy majburiyatlar limitini baholashda xarajatlar smetasining I- va
IIguruh xarajatlarining o’z vaqtida moliyalashtirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar o’z vaqtida, kechiktirmasdan berilishi, ish
haqidan ajratmalar o’z vaqtida o’tkazilishi shart. Boshqa xarajatlar (IV-guruh)ni
amalga oshirishda ham budjet tashkiloti tejamkorlik, optimallik tamoyillariga amal
qilgan holda xarajatlar to’lovini amalga oshirish ketmaketligiga ((1)oziq-ovqat,
(2)dori-darmon, (3)kommunal xizmatlar, (4)boshqa xarajatlar) rioya qilishi talab
etiladi. Xarajatlar tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda ularning hajmi
yillik ajratmalar va xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (HAOR) miqdoridan ortib
ketmasligi shart.
G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va to’lovlarni amalga
oshirish. Budjet tashkiloti va ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnoma g’aznachilik
bo’limida ro’yxatdan o’tkazilib, ta’minotchi ro’yxatdan o’tgan shartnomani olgandan
keyin, shartnoma shartlariga asosan tovar va xizmatlar etkazib berishni boshlaydi.
G’aznachilik bo’limlarida ro’yxatdan o’tmagan shartnomalar bo’yicha ta’minotchi
tovar va xizmatlar etkazib berishga haqqi yo’q.
Tovar va xizmatlar etkazib berilgandan so’ng ta’minotchi budjet tashkilotiga
schet-faktura (bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi)ni taqdim
etadi.
U yoki bu tomon shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda shartnoma
summasi kamaytirilishi yoki shartnoma umuman bekor qilinishi mumkin.
Masalan, etkazilgan tovar va xizmatlar shartnomada ko’rsatilgan tovar va
xizmat talablariga (sifati, hajmi va boshqalar) javob bermagan taqdirda budjet
tashkiloti g’aznachilik bo’limlariga shartnomani bekor qilish haqida so’rov xujjati
tayyorlab taqdim etishi lozim.
Bekor qilish haqidagi so’rovnomada ko’zda tutilgan shartnomani bekor qilish
uchun ro’yxatdan o’tkazilgan shartnoma bo’yicha barcha ma’lumotlar to’liq aks
ettirilishi lozim. Shartnomani bekor qilish so’rovnomasi qabul qilingan majburiyat
summasini qisman yoki umuman bekor qiladi.
Ma’lum summaga bekor qilingan yuridik majburiyat shu summaga budjetga
tiklanadi.
Budjet tashkiloti mol etkazib berilganligi to’g’risidagi schet-fakturani olgach,
to’lov arizasini tuzadi. To’lov arizasi – schet-faktura asosida tayyorlanadigan
buxgalteriya hujjati bo’lib, budjet tashkilotining kreditorga (mol
etkazib beruvchiga) ma’lum summani to’lash uchun G’aznachilikka taqdim etadigan
topshiriqnomasi.
To’lov arizasini tayyorlash (tuzish) budjet tashkiloti vazifasiga kiradi.
Budjet tashkiloti schet-fakturani qabul qilgan paytning o’zida to’lov arizasini 2
nusxada tegishli G’aznachilik bo’limlariga qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtda
taqdim etishi lozim. Qonunchilikka asosan arizaga majburiy xujjatlar (masalan, schet-
faktura, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va boshqalar) ilova qilinadi.
Budjet tashkiloti schet-fakturada uni qabul qilgan sanasini aks ettirishi shart.
Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.2-
rasm):
Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha
to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan
mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov
topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida
xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi
nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan
imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;
b) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida
xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi
nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan
imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga
mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari,
hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va
budjetdan
mablag’
oluvchining
etkazib
beruvchidan
qarzi
mavjudligini
tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni
taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjetdan
mablag’ oluvchi budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak
to’lovini
o’tkazish
majburiyatini
yuklaydigan
hujjatlarga
binoan
to’lov
topshiriqnomasini taqdim etadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va
ularga ilova єilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro
uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular
taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom”
talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi
(yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini
qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni
moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan
tasdiqlaydi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom
talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag’ oluvchiga
qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan,
muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini
moliya organi budjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka
topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar
ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining budjetdan mablag’
oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng,
Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga
bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan
ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov
topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro
etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi
taqdim etilgan taqdirda:
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga
ilova qilinadi;
-uchinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan
ko’chirmaga ilova єilinadi va ke-yin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun
moliya organiga topshiriladi;
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan
keyin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining
uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank
ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchinusxasi moliya organida
qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi taqdim
etilgan taqdirda:birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
ikkinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan
ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun
moliya organiga topshiriladi;
topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan
ke-yin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining
ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank
ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida
qoladi.
Xarajatlarning quyidagi guruhlari
Davlat budjetidan mablag’ bilan
ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq
ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagonag’azna hisob
raqamidan, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi
bo’yicha hududiy g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi
navbatda xarajatlarini to’lash. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’
o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna hisob
raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi
guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud
bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat
qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan
Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga va
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi. G’aznachilik tomonidan xizmat
ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga Davlat budjetida nazarda
tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga
hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya
vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan
o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan
xarajatlarini to’lash smetalarga va budjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun
belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga
oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarini to’lash budjetga mablag’lar
tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini:
respublika budjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda
budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va
xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov
qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;
mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya
organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi
bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan
rasmiylashtiriladi.
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
ovqatlantirish;
dori-darmonlar;
kommunal xizmatlar;
boshqa xarajatlar.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining hisob
raqamlarida qolgan tejab qolingan budjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’
bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib
qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va mazkur
Tartib talablariga muvofiq sarflanadi;
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi
ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning
hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar
(kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar
bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga
o’tkaziladi va undan mazkur Tartib talablariga muvofiq foydalaniladi;
Tejab qolingan budjet mablag’larini o’tkazish budjet tashkilotlari tomonidan
yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan budjetdan ajratiladigan mablag’lar
doirasida hisobot choragidan keyingi oy mobaynida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag’ bilan ta’minlash hajmi hisobot
choragida tejab qolingan budjet mablag’lari summasiga kamaytirilmaydi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan budjet tashkilotlarining qo’shimcha
daromadlari mablag’ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari:
1. faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish;
2. budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish;
3. yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatiladigan
homiylik (begaraz) yordami hisobiga olinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi”
qonuni talablaridan kelib chiqib 2012 moliya yili 1 yanvaridan boshlab Davlat
budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna
hisobvarag’idan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda Quyida keltirilgan 2.3- rasmda
Yagona g’azna hisobvarag’ida pul mablag’larining harakati chizmasi
Budjet tashkilotlari yoki fond mablag’larini tasarruf etuvchilar uchun shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali
tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida o’zgartirishlar bo’lmaydi hamda
ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarajatlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi
saqlab qolinadi. Bunda, budjetdan mablag’ oluvchilarning amalda ishlab turgan
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari yopilmaydi va belgilangan (odatiy) tartibda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: |