Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti Reja kirish


 Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#129669
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti

2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning 
tashkiliy –huquqiy asoslari 
 
Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, 
moliyalashtirish 
printsiplari 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Hozirgi 
amaliyotda 
foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va xususiy 
guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’ oladigan barcha 
sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining 
tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini 
belgilab beradi. 
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat 
bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Budjet 
mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina 
taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari 


oluvchilar daromadlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta oqib 
kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning maqsadli 
xarakterdaligi. Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari 
aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya 
qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi; 
ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’larning 
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag’larini taqdim etish. 
Budjetdan moliyalashtirishning ko’rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi 
moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan 
samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
budjet mablag’larining qaytariluvchan emasligi. Budjet mablag’lari 
sub’ektlarga ularni majburiy ravishda budjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim 
etiladi; 
budjet mablag’larining tekinligi. Budjetdan mablag’lar sub’ektlarga foiz 
ko’rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki mablag’larni 
to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi. 
Umumiy printsiplar bilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida 
xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibig quyidagilar kiradi: 
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet mablag’larini ajratish 
budjet mablag’larining o’lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoshuvidan 
foydalanish; 
budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi 
orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; 
korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish printsipi va 
boshqalar. 
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari budjetdan 
moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi: 
budjet tashkilotini saqlash uchun mablag’lar;
davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni 
to’lash uchun mablag’lar; 
aholiga transfertlar; 
jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan mablag’lar; 
quyi budjetlarga va davlat maqsadli fondlariga dotatsiya, subventsiya va 
ssudalar; 
harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga 
investitsiyalar; 
baholardagi farqni qoplash. 
Amaliyotda budjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki 
ko’rinishda amalga oshiriladi: 
1) xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish; 


2) xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy 
budjetlardan moliyalashtirish. 
Quyida keltirilgan 1.2-rasmda biz davlat budjeti xarajatlarini amalga 
oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini keltirib o’tamiz. 
Davlat budjeti xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini 
moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Budjet mablag’lariga 
egalik qiluvchilar – budjet mablag’larini oluvchilar yok boshqaruvchilar bo’lgan, 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari 
orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. 
Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha 
belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan 
tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar,
subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet 
mablag’larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. 


Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet 
kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. 
Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va 
budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi. 
Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida 
kuyidagicha amalga oshiriladi: 
-budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 
-joriy budjet transfertlari shaklida; 
-kapital xarajatlar shaklida: 
-asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular 
jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; 
-chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; davlat 
ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; 
-davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 
-kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet 
transfertlari shaklida; 
-rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari 
shaklida; 
-davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet 
ssudalari shaklida; 
-davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida; 
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. 
-O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22- 
moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. fan, 
ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport. 
-(respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha); 
-ijtimoiy ta’minot; 
-mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; 
-sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; 
-davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni 
saqlash; 
-davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet 
ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; 
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet 
tashkilotlarini saqlash; 


-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq 
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini 
amalga oshirish; 
-er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash 
chora-tadbirlarini amalga oshirish; 
-qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; 
-gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy 
budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan 
xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi qonunning 23-moddasi) (1.3-rasm): 
-fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan 
moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha); 
-ijtimoiy ta’minot; 
-aholini ijtimoiy himoya qilish 
-Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; 
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar 


va Toshkent shahri budjet tashkilotlarini saqlash; 
-qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning 
maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
Budjetdan 
mablag’larni 
taqdim 
etishning 
metodlari 
budjetdan 
moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya 
organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul 
mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta 
o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib 
topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. 
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal 
xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish 
xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga 
ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy 
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga 
beriladi. 


Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va 
korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga 
mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va 
transportga yo’naltiriladi. 
Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital 
quyilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga 
egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy 
fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul 
mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Budjet 
resurslarining cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga
ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori 
bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. 
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi yuridik 
shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu 
ko’rinishdagi budjet mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va 
xususiy korxonalarining turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. 
Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agro-sanoat 
kompleksi, uy-joy-kommunal xo’jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlariga yo’naltiriladi. 
Budjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlari davlat tomonidan 
ijtimoiy funktsiyaning bajarilishi bilan bog’liq. 
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida 
aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha 
moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan sotsial soha 
tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan 
assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat 
ko’rsatiladigan 
kontingentlarni 
xarakterlovchi 
tashkilotlar 
faoliyatining 
ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. 
Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu 
ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to’g’ri 
keluvchi pulli xarajat budjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini 
ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi. 
Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning mo’ljallanganligi 
va vaqt bo’yicha qattiq tartibga solinganligidir. Tashkilot smetada ko’zda tutilmagan 
maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga ega emas. Budjet tashkiloti 


smetasining xarajatlari ularning yopiq ro’yxatini o’z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar 
kiradi: xodimlarning mehnat haqini to’lash; 
davlat budjetdan tashqari fondlariga badallar; 
aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar
stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to’lovlar); 
safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to’lovlar; 
sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar va 
ko’rsatilajak xizmatlarni to’lash. 
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar konkret ehtiyojni qondirish o’lchovi sifatida 
pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Amaliyotda 
pulli 
normalarning 
turli-tuman 
turlaridan 
foydalaniladi: 
moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko’rsatkichlariga asoslangan 
normalar (ovqatlanish, tibbiy texnikalar va dori-darmon sotib olish, yumshoq 
inventarlar va hokazolar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning 
puldagi ifodasini namoyon etadi; 
umumlashtirilgan yakka tartibdagi to’lovlar – ish haqi, pensiyalar, 
stipendiyalar, safar xarajatlari va boshqalar; 
o’tgan davrlarda mablag’larning sarflanish ko’rsatkichlarini umumlashtirish 
asosida tajriba-statistika usuli yordamida va budjetning imkoniyalarini hisobga olgan 
holda vujudga keltirilgan normalar. 
O’zining murakkablik darajasiga qarab budjet normalari ikkiga bo’linadi: 
1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki konkret turiga tegishli bo’lgan 
normalar); 
2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir necha xarajatlar 
turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va o’xshash xarajatlar 
moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab 
oladigan normalar). 
Hozirgi sharoitda sotsial soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini 
qamrab oladigan yiriklashtirilgan normalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday 
normalardan foydalanish muassasalar ishini yuqori yakuniy natijalarga erishishga 
yo’naltiradi: bolalarni o’qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam 
ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qo’llanilishi turli 
xarajatlar yo’nalishida budjet mablag’laridan foydalanish bo’yicha tashkilotlarning 
mustaqlligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda ularning 
manfaatdorligini kuchaytiradi. 


Budjet normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib turishi mumkin. 
Masalan, baho va tariflar tizimining o’zgarishi, milliy xo’jalikda ish haqining o’sishi, 
mahalliy 
budjetlarda 
xarajatlarni 
moliyalashtirish 
bo’yicha 
qo’shimcha 
imkoniyatlarning paydo bo’lishiga qarab budjet normalari o’zgaradi 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin