3
fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha
Harakatlar
Strategiyasi to`g’risida”gi farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga
mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida
mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishi davlat
va jamiyat qurilishini
takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud -huquq tizimini yanada isloh qilish,
iqtisodiyotni yanda rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish,
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o`ylangan
o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo`yicha aniq, hayotiy islohotlar
va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan. Harakatlar
strategiyasidagi beshta
ustuvor yo`nalishdan to`rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, aholi
farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish bilan birga ta’lim - tarbiya
tizimini taraqqiy ettirish masalalari ham o`rin olgan. Farmonga binoan, ta’lim va ilm-fan
sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Bunda
xalq ta’lim tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini
oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni
zamonaviy o`quv-laboratoriya uskunalari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va
o`quv-metodik qo`llanmalar bilan to`liq ta’minlash kabi qator fanlar,
jumladan, chet tillar,
matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda
o`qitishga alohida e’tibor qaratildi.
Endi iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida bozorning roli bo’yicha
bozor
tushunchasiga ta’rif berib o’tadigan bo’lsak:
Bozor- bu ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida
pul orqali ayirboshlash yani oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati
tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni
o‘z ichiga oladi.
1
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-
qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim bo’lib hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida esa tovar
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi va iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.