- yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya
bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.);
- yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy
bloklar);
10
- yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global
muhit bo‘yicha konvensiyalar);
- yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv
to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.
Ob’yektiv to‘siqlarning bekor qilinishi dengiz, havo transporti va aloqa xarajatlaridagi
pasayish tendensiyalarida o‘z ifodasini topdi. Dengiz va bandargoh xarajatlari 1920 va 1990
yillar orasida taxminan 60 foizga qisqardi.
(1)
Havo transporti xarajatlarida yanada keskinroq
kamayish kuzatildi va sayohat vaqti ham sezilarli darajada qisqardi.
Sub’yektiv, ya’ni insoniyatning o‘zi o‘ylab topgan to‘siqlar (kvota va tariflar)ga ham asta-
sekin barham berilmoqda. 1947 yillarda tovarlar importiga tariflar o‘rtacha 47 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ular 6 foizga tushib qoldi.
11
2.Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozor munosabatlarining
rivojlanishi
Barchamizga ayonki, globallashuv jarayoni XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlanib, dunyoni butunlay o`zgartirib yubordi. Globallashuv butun yer
sayyorasi uchun yagona bo`lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning
shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Globallashuv tushunchasi haqida so`z yuritadigan bo`lsak, globallashuv-
“gloub”(inglizchadan “globe”, ya’ni “butun dunyoga tegishli”) va “globalizatsiya”
(“globalize”, ya’ni “butun dunyoga tarqalishi”) so`zlaridan kelib chiqqan. Shuni
ta’kidlash lozimki, globallashuv deganda, aksariyat mutaxassislar tomonidan
iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi nazarda tutiladi. Bunday qarashda
“globallashuv iqtisodiy munosabatlar doirasida yuzaga keladi” degan xulosa kelib
chiqadi. Vaholanki, globallashuv hayotning har bir jabhasi bilan, jumladan, inson
ma’naviyati bilan ham bevosita bog’liqdir.
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati,
odamlari o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir
bo’ladigan jarayondir.
“Globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi
demakdir”.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy-siyosiyati va ma’naviyatiga
o`tkazish mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini Hindistonning mashhur davlat
arbobi Mahatma Gandi shunday ta’rif bergan:“Men uyimning eshik va darvozlarini
doim maxkam berkitib o`tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi
kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul
bo`lib uyimni agdar-to`ntar qilib tashlashi, o`zimni esa yiqitib yuborishini ham
istamayman”.
Shuning uchun ham globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo
bilan ta`minlab, ayni paytda, Hindistonning davlat arbobi Mahatma Gandi
ta’riflaganidek “dovullar”dan saqlanishni ham bilishimiz lozim.
12
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov globallashuv jarayoni hayotimizga
tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi haqida to`xtalib,
uni quyidagicha izohlaydi: “Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va
ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va
hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu
jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash
qiyin emas”.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lganidek, globallashuv
jarayonining ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |