I r o d a- bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir.
Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash to`xtatuvchi vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini nomoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi.
Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga yetakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z-o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi.
Odamlar o`zlarining qilgan ishlari uchun mas`uliyatni kimga yuklashga moyil bo`lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o`z faoliyati natijalari uchun ma`suliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib quyish yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g`ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologiyada adabiyotlarda "nazorat lokusi" degan termin qo`llaniladi, lotinchada "locus"- o’rnashgan joy va fransuzcha "contlore"- tekshirish deyiladi). O`z xulq-atvori va o`z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalardan) deb bilishga moyil bo`ladigan odamlar.
Ko’p holatlarda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to`g`risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o`quvchilar olingan qoniqarsiz bahonalarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi ("Topshiriq doskada noto`g`ri yozilgan ekan", "Uyimizga mehmon kelib, dars qilishimga xalaqit berishdi", "Bu qoidani biz o`tganimiz yo`q" va hokazo.) Tadqiqotlar nazoratning eksternal lokallikka moyilligi mas`uliyatsizlik, o`z imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, o`z niyatlarini ro`yobga chiqarishni yana va yana kechiktirishga intilish kabi shaxsiy fazilatlar bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi. Agar individ, odatda, o`z qilmishlari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olsa va uning sabablarini o`z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi (joylashuvi) ustuni deb hisoblash uchun asos bor.
Nazoratning ichki lokallashtirilishiga xos bo`lgan o`quvchi "ikki" olganda buni topshiriq unga qiziqarli emasligi bilan tushuntiradi. Nazoratning ichki lokallashtirilishiga xos bo`lgan odamlar maqsadga erishishda ancha mas`uliyatli, izchil, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil, kirishimli va mustaqil bo`lishi aniqlangan. Ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega bo`lgan irodaviy harakatning internal yoki eksternal lokallashtirilishi shaxsning tarbiya jarayonida shakllanadigan barqaror fazilatdir. Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko`rinishlaridan biri sifatida nomoyon bo`ladi.
Bevosita irodaviy harakatga undaydigan sabablar, ehtiyojlar, uning motivlari va maqsadlari, ishtiyoqlari, istaklari va hokozolari kiradi.
Bo`lari aniq bo`lsa, bunday intilish istak deyiladi. Anglanmagan intilishlar havaslar deb ataladi. Havas istakka qaraganda kishining irodaviy yordamini kamroq oladi va shu sababli havasning maqsadi ko`pincha real amalga oshmaydi.
His-tuyg`ular irodaviy harakatlarga undaydigan muhim sababdir. Ular qiyinchiliklarni yengishga, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga sabr bilan erishishga undaydi.
Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta.
Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.
Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishishini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi:
tayyorgarlik;
bajarilish.
1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv yurtiga kirish bosqichlari.
2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi.
1. Aktivlik bilan bog`liq bo`lgan sifatlarga : qat`iylik, dadillik, sabr-matonat (o`jarlik emas), mustaqillik (negativizm emas). Negativizmda qanday qilib bo`lsa ham tashqaridan bo`ladigan ta`sirga qarshilik ko`rsatishga intilish xususiyati xosdir. Irodali kishi ta`sirga beriluvchan bo`lmaydi. Mustaqillik-o`z hatti harakatlarini jamoaning fikri va irodasiga bo’ysundirmaslik kerak degan ma`noni bildirmaydi. Biroq "podaga o`xshab harakat qilish tuyg`usi" degan tuyg`uga ham berilmaslik kerak. Ko`pgina yomon odatlar (ichkilikbozlik, chekish va hokazolar) irodasi zaif kishilarga aynan mustaqil bo`lmagan, ta`sirga beriluvchan va taqlid qilishga moyil bo`lgan kishilarga yopishib oladi. Harakatlarni mustaqil bajarish o`z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.
2. Nomaqbul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi bilan bog`liq bo`lgan iroda sifatlariga: chidam(o`zini tuta bilish), bardoshlik, sabr-toqat, intizomlik va tirishqoqlik, batartiblik, aniqlik, puxtalik kiradi. Irodasi sustlikning namoyon bo`lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo`ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi. Yalqovlik - kishining qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy sustlikning eng tipik ko`rinishidir. Shunisi diqqatga loyiqki, boshqa barcha hollarda qandaydir kamchiliklarni tan olishga unchalik moyil bo`lmasalar ham, bu deffektni juda oson tan oladilar..
Yalqovlik - kishi ojizligi va sustligining, uning hayotga layoqatsizligining umumiy ishga befarqligining dalilidir. Yalqov kishi odatda nazoratning tashqi tomonlariga e`tibor bermaydi va shu sababli beparvodir. Yalqovlik- kishining qiyofasidir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo`qotish zarur. Yalqovlik, shuningdek, ojizlikning boshqa ko`rinishlarining - qo`rqoqlik, jur`atsizlik, o`zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishidagi jiddiy kamchiliklardir, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va avvalo o`z-o`zini tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko`rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruxiyati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat`iylik, mustaqillik, o`zini tuta bilish va ko`pgina boshqalar. Xususan qat`iylik - irodaning individual fazilati bo`lib, mustaqil ravishda mas`uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so`zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog`liqdir.
Irodaviy fazilatni baholash atigi birgina "kuchli-kuchsiz" o`lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo`lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko`rinishlar xarakteristikasi, ularning ma`naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo`yilgan motivlarning sotsial ahamiyatiga bog`liqdir. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi.
2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak.
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak .
4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.
Sport bilan muntazam ravishda shug`ullanish kishi irodasini chiniqtirishning muhim sharoitlaridan biridir. Irodani tarbiyalash to`g`risida gapirilarkan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilishi sharti sifatidagi tegishli ko`nikmalarning borligiga, qo`yilgan maqsadlarga erishilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik kerak. Foydali ko`nikmalarning va birinchi navbatda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish qo`yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishning muhim shartlaridan biri sifatida nomoyon bo`ladi.
Pirovardida, shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, jamoadan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.
Har bir talabada irodani rivojlantirish va uni mustaqil ravishda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlansa, shunchalik ko`p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Xulosa: Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam I. ni talab qiladi. I. mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi I.) ichki toʻsiqlar (ichki I.) ni yengish bilan uzviy bogʻliq. ETBORIGIZ UCHUN RAXMAD.