Kishining irodaviy xususiyatlari va ularni tarbiyalash.
IRODA HAQIDA TUSHUNCHA Siz kutilmaganda daftaringizni tushirib yuborib tinchlikni buzdingiz, men baqirib, tanbeh berdim, dars paytida ikki kishi gapirib, kulib menga qarab qo`ydi, men xafa bo`ldim, o`rtog`ingiz sizga ko`nglini ochdi, uning tashqi qiyofasidagi kamchiligini ko`rib kulib qo’ydingiz. Bunday harakatlar kutilmagan, bexosdan bo`lgan reflektor harakatlar deyiladi. Kishidagi hamma ta`sirlanishlar reflektor harakatga ega bo`ladi. Lekin yuqoridagi harakatlar ongning nazoratisiz, maxsus niyatni ko`zlamay amalga oshirilgan bo`ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakat deyiladi. Biroq kishi shunday harakatlar bajaradiki, unda ong ishtirok etadi va muayyan maqsad ko`zlanadi. Bunday harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb ataladi. Ularning atalishining o`ziyoq harakatlarning ishtirok etishini ko`rsatadi.
Ongli ravishda amalga oshiriladigan va muayyan maqsadni ko`zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb atalishi mumkin. Oddiy narsalar kishining suv ichkisi kelib qilgan harakatlari va suvni ichishi. Bu narsalar qiyin bo`lmasada, maqsadli va shu sababli irodaviy harakatdir. Lekin shunday harakatlar bo`ladiki, unda kishi muayyan to`siq va qiyinchiliklar engil maqsadga erishishi lozim bo`ladi. Bunday harakatlar chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishtirok etishi bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy aktivlik nomoyon bo`ladi.
Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan.
Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini yengishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`yektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni yengadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`yektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni yengib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".