Mavzu: isbotlash va raddiya


Isbot va raddiyaning qoidalari hamda xatoliklari



Yüklə 29,08 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,08 Kb.
#210989
1   2   3

Isbot va raddiyaning qoidalari hamda xatoliklari


Tezisning chin yoki yolg‘onligini asoslash jarayonida muayyan bir qoidalarning buzilishi mantiqiy xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Isbotlashning tuzilishiga ko‘ra qoidalar quyidagilarga bo‘linadi:

Tezis qoidalari. Tezis qoidalari uning mantiqiy jihatdan aniq va ravshan bo‘lishini talab qiladi. Ba’zi bir hollarda, masalan, ilmiy maqola, ma’ruza yoki arizalar yozishda biz o‘z fikrimizni aniq va lo‘nda ifodalab bera olmaymiz. Demak, to‘g‘ri tafakkur yuritish qonunlariga, jumladan ayniyat qonuniga amal qilmaymiz.
Tezis isbotlash jarayonida o‘zgarmasligi lozim. Bu qoida ham tafakkur qonuniyatlaridan kelib chiqib, isbotlash jarayonida tezis mazmunining o‘zgarmasligini talab etadi.
Isbot va raddiyada tezisga nisbatan xatoliklar. Tezisni almashtirish xatoligi. Isbotli tafakkur yuritish qoidalariga ko‘ra, tezis aniq va ravshan bo‘lib, isbotlash va raddiyaning butun jarayonida o‘zgarmasligi lozim. Agar bu qoidalarga amal qilinmasa, tezisni almashtirish xatoligi kelib chiqadi. Agar biz aniq bir jinoyatning kelib chiqish sabablarini tadqiq etib, uning boshqa hodisalar bilan aloqadorlik masalasiga baho berish va bog‘lashga harakat qilsak, uning mazmuni o‘zgarib, tezisni almashtirish xatoligi kelib chiqadi.
Insonning shaxsiy sifatlarini o‘rinsiz asos qilib ko‘rsatish vositasida tezisni almashtirish. Bu xatolikda muayyan bir shaxs oldida turgan tezisni isbotlashda aniq dalillar yordamida emas, balki bu tezis muallifining shaxsiy sifatlarini bayon etish vositasida tezisni isbotlamoqchi yoki rad etmoqchi bo‘ladi. Masalan, totalitar tuzum davrida kommunistik partiya rahbarlarining fikri mutlaq haqiqat sifatida qabul qilinib, hatto biror-bir mulohazaning isboti sifatida asos qilib olingan. Bundan tashqari,ko‘pincha ilmiy dissertatsiyalarning muhokamasida ilmiy ish mazmuniga emas, balki dissertatsiyaning shaxsiy sifatlariga e’tibor berish holatlari ham uchrab turadi.
Tezisning almashish xatoligi ikki, ya’ni haddan tashqari isbotlashga urinishda hamda kam isbotlashga uringan hollarida namoyon bo‘lishi mumkin.
Birinchi xatolikda, ya’ni bir xil tezisning o‘rniga, undan kuchliroq tezisni isbotlashga urinish natijasida asosiy tezis isbotlanmay qoladi. Masalan: aybdorning aybsizligini uning yaxshi odam ekanligi, jamoatchilikda faol ekanligi va shunga o‘xshash xislatlarini bayon etish yordamida bu insonning ayb ish qilishi mumkin emasligini isbotlamoqchi bo‘ladilar.
Ikkinchi xatolik kam isbotlashga urinishdan ham kelib chiqadi. Masalan, biror-bir insonning yaxshi inson ekanligini uning ma’lumoti oliyligi bilan isbotlamoqchi bo‘ladilar, lekin xalqimiz «olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin», degan maqolni yaxshi biladi.
Asos yoki dalillarga nisbatan qoidalar. Tezisni isbotlash uchun keltirilgan dalillar chin bo‘lishi va bir- biriga zid kelmasligi lozim.
Tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan dalillar yetarlicha asos bo‘lishi lozim.
Asos va dalillar tezisdan mustaqil ravishda isbotlangan hukmlardan iborat bo‘lishi kerak.
Yüklə 29,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin