Infografika keng qamrovli va juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Jumladan:
geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik matnlarni aks ettirishda qo‘llaniladi.
Infografika katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlashtirish, unda aks ettirilgan
predmetlarning o‘zaro munosbatlari, mantiqan bog‘lanishi va vazifalarini yaqqol
ko‘rsata oladigan grafik yechim hisoblanadi.
Masalan: Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fanlardan o‘zlashtirish
monotoringi, olimpiada natijalari va boshqa jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni grafik
usulda namoish etishdir. Infografika – azaldan reklama sohasida ko‘proq qo‘llanilgan,
texnika texnologiya rivojlanishi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim,
ijtimoiy soha va insoniyatning turmush tarziga singib ketgani uchun iste’molchiga
uzatiladigan ma’lumot va g‘oyalarning vizual ko‘rinishi tariqasida jadal tarzda
hayotimizga kirib keldi.
Infografikaning ta’lim sohasidagi vazifasi esa – shakli va mazmuni jihatidan,
ko‘rinishidan murakkab ma’lumotlarni keng auditoriyaga tez va tushunarli, ya’ni
mantiqiy bog‘liqlik orqali taqdim etish va yetkazish maqsad qilib olingan.
Infografika vositalari illyustratsiya tasvirlargina bo‘lib qolmay balki grafiklar,
diagrammalar, blok-sxemalar, jadvallar, xaritalar, ro‘yxatlarni va boshqa shu kabi
ma’lumotlarning grafik tarzda aks ettiriladigan shakllarini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: