Infografika dizayni to‘g‘risida ikkita qarama-qarshi yondoshuv mavjud: – birinchisi tadqiqot
(tadqiqiy) (ingl. explorative), taqdim
etiladigan axborot dizayni ishlariga asos solgan Edvard Tafti tomonidan
olg‘a surilgan. Uning qarashlarida infografika minimallik tabiatida
bo‘lishi, ma’lumotni uzatishdagi barcha narsalar chetlashtirilib
ma’lumotning o‘zi maksimal darajada anik aks ettirilishi shart degan
qarash
aytiladi.
Bu yondoshuvning asossiy maqsadi ma’lum auditoriyaga zarur ma’lumotni
yetqazishga xarakat qilish. Bunday yondoshuv ilmiy ishlarda, ma’lumotlar taxlilida,
biznes-analitikada o‘zining asosli jixatlarini ko‘rsata oldi.
– ikkinchi yondoshuv syujetli, qissali (ingl. narrative)
yondoshuv,
1978-yildan
1994-yilgacha
“Time”
jurnalidagi
illyustratsiya qilingan ustunlarga “explanation graphics” – “Izohli
illyustratsiya” nomini bergan Naygel Xolmsga ta’luqli. Bu yondoshuv
o‘qish uchun jalb qiladigan ifodali dizayn va illyustratsiyaviylik
obrazlarni yaratishga intilish bilan xarakterlanadi.
Bunda nafaqat ma’lumot olish vositasi, balki ma’lumot iste’molchilari (jurnal
o‘quvchilari) uchun maroq hamdir. Mazkur yondoshuv jurnalistika, bloglar, marketing
va reklama materiallari sohalarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin, infografikaning
asoschilari ta’kidlagan zarur ma’lumotni – ma’lumot iste’molchisi
(ta’lim oluvchi)larga yetkazish va uni ajratib olishni nazarda tutgan
bo‘lsa, qissali (ya’ni har bir rasm yoki grafik elementning ma’nosi va
ettiradi.
Infografika statistika ma’lumotlarni talqin va tahli qilishda ham ishlatilishi ham
mumkin.
Ta'limda infografik elementlardan foydalanish uchun 7 ta sabab:
Infografika kasbga o‘rgatishda – ta'lim oluvchida tasavvurni rivojlantirishga va
shakllantirishga yordam beradi;
Ta'lim jarayonining ko‘rgazmalilik darajasini orttiradi;
Ta'lim jarayonini vizuallashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini orttirishga
yordam beradi;
Kasbning ijtimoiy portretini aks ettirish orqali ta'lim oluvchida kasbni
o‘rganishga motivatsiya uyg‘otadi;
Kasbning ijtimoiy-iqtisodiy portretini qurish orqali ta'lim oluvchida ertangi
kunga ishonch orttirishga va kasbni yuqori cho‘qqilarini egallash uchun uzoq muddatli
rejalar qurishga undaydi;
Kichik mutaxassislar tayyorlashda kasb mavqyei haqidagi axborotni ta'lim
oluvchiga to‘liq yetkazishga;
Infografika ta'lim berish jarayonida Milliy istiqlol g‘oyasini yanada chuqur
singdirish imkoniyatini beradi.