Mavzu. Ish qog‘ozlari ustida ishlash darsning maqsadi


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 31,4 Kb.
səhifə2/4
tarix30.05.2022
ölçüsü31,4 Kb.
#60110
1   2   3   4
dars ishlanma

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli
bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush
tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
– kundalik faoliyatda turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish, aniq hisob-kitoblarga
asoslangan holda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish,
FK1- nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
FK2-lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika,
grammatika va uslubiyatga oid):
Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
Darsning texnik chizmasi:

2 minut

10 minut

20 minut

8 minut

3 minut

2 minut



Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. Uning asosiy mazmunini so‘zlab bering va doimo
yodda tuting.
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor
bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy – ish yuritish tilini ham bilishi
kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech
bo‘lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu
darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish
qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida»gi
qonunimizning o‘zak moddalari (8–14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador
jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.
Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat
jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi
bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni
muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob
sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. («Ish yuritish» kitobi)

Yüklə 31,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin