3. Muqobil xarajatlar tushunchasi va uning tarkibi. Iqtisodiy tanlov
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan bittasi yoki bir nechtasini tanlab, qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ikkinchi biridan voz kechishni anglatadi. Optimal iqtisodiy tanlovga erishish uchun nafaqat bo'lg'usi xarajatlar, balki foydalanilmagan ishlab chiqarish imkoniyatlari ham e'tiborga olinishi lozim. Boshqa variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo'lgan foydadan ham voz kechamiz, ya'ni bu boy berilgan imkoniyatlar bo'lib, muqobil (alternativ) xarajatlar ni tashkil etadi.
«Xarajatlar» tushunchasi juda keng qamrovli bo’lgani bois, alohida ko’rib chiqishni talab etadi. Umuman olganda xarajatlar deyilganda bir tomondan biznesning mavjud bo’lishini shartlarini yaratadigan, ikkinchi tomondan esa foydani kamaytiradigan sabablar bilan bog’liq masalalar ko’z oldimizga keladi. Quyida xarajatlarning eng keng tarqalgan tasnifi keltirilgan:
Muqobil xarajatlar - iqtisodiy tanlovda resurslardan samarali foydalanish bilan bog'liq eng yaxshi alternativ variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatlarni (olinadigan foydani) aks ettiruvchi xarajatlardir.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
Masalan, Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yolovchi biletni 30 minut turib, kassadan 25000 somga olishi mumkin, yoki 30000 so’mga navbatsiz xizmat korsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yolovchining 30 minut vaqtining alternativ xarajati 30000 so'mdan kam bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ xarajati 30000 so'mdan yuqori bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan yuqori baholasa), u holda yo lovchi biletni xizmat ko rsatuvchi firma orqali sotib oladi. Agarda yo lovchi vaqtining alternativ xarajati 30000 so mga teng bo'lsa, u ikkala variantdan xohlaganini tanlashi mumkin.
Haqiqatdan ham vaqtini yuqori baholaydigan va yuqori daromad oluvchilar kopincha navbat kutishni xohlamaydilar.
Milliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi. Inson hayot kechirishi uchun moddiy ne'matlar va xizmatlar taqozo qilinadi. Moddiy ne'matlar yaratish o'z navbatida xarajat qilishni taqozo etadi. Har bir korxona, firma, (xo'jalik sub'ektlari) tovar ishlab chiqarish uchun ma'lum iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasini eng avallo resurslar cheklanganligini hamda ularni muqobil (alternativ) ishlatish imkoni bilan bog'liq. Masalan, yer resurs sifatida cheklangan. Undan turli maqsadda foydalanish mumkin. Uy qurish, korxona qurish, turli ekinlar ekish va h.k. Har bir xo'jalik sub'ekti u yoki bu resursni sotib olib ishlatar ekan, demak bu resursni boshqalar ishlata olmaydi. Resurslarni sotib olgach uni samarali ishlatish uchun harakat qiladilar. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda, yetakchi ko'rsatkich hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi. Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
moddiy xarajatlar;
asosiy fondlar amortizasiyasi;
mehnatga xaq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
boshqa xarajatlar.
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi, chunki u davlat iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan bir yo’la xarajat uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs, barcha subyektlar xarajat qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish resurslarini talab qiladi. Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas, ularni faqat bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu firma uchun foyda olishning asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga qo’yilgan kapital ishlab chiqarish jarayonida joriy, kundalik, oylik va privovardida yillik xarajatlariga aylanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarfxarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:
-bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
-muomala xarajatlari
Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo’ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiharuvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruxga bo’linadi:
-qo’shimcha muomala xarajatlari
-sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste'molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo’nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham ma'lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Ma'lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo’nalishi bo’yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo’nalishlarda foydalanish imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shunga ko’ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo’nalishga sarflashga harakat qiladi. Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil yo’nalishlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymay o’ziga jalb etish uchun to’lov iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi. Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi maqsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar:9
-ichki
-tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov - normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa shunga mos foyda miqdori oshib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prinsipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga olib keladi.
Kundalik hayotimizda har birimiz cheklangan vaqtimizdan samarali foydalanish, daromadimizni oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki maishiy texnikalar sotib olishga togri taqsimlash kabi onlab masalalar xususida qaror qabul qilishimizga togri keladi.
Dostları ilə paylaş: |