Mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov. Reja: Kirish


Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari



Yüklə 87,85 Kb.
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü87,85 Kb.
#198199
1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov

Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari.
Ishlab chiqarish jarayoni har doim u yoki bu darajada tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan. Keng ma`noda jamiyat va inson tabiatning ajralmas qismidir va tabiatdan tashqarida o`z faoliyatini olib bora olmaydi. Tabiiy resurslar ishlab chiqarishning muqarrar sharti sifatida uning o`sishi uchun tabiiy negiz bo`lib xizmat qiladi. Ular, shuningdek, jamiyat milliy boyligini yaratishning muhim manbaidir. Ingliz iqtisodchisi U.Petti: "Mehnat-boylikning otasi, yer esa uning onasi", – degan edi.2
Inson iqtisodiyotning birlamchi sub`yektidir. Iqtisodiyotning alohida olingan insondan farqlanuvchi boshqa sub`yektlari ham pirovard natijada kishilarning turli-tuman guruhlari manfaatlarini ifodalovchi uyushmalar bo`lib maydonga chiqadi. Inson iqtisodiyotning tashabbuskor sub`yekti, u tanlash erkinligiga ega va o`zining nuqtai nazaridan iqtisodiy oqilona va samarali qarorlar qabul qiladi, bunda o`zining manfaatlari va maqsadlariga muvofiq holda mavjud shart-sharoitlarni e`tiborga oladi, kerakli axborotlardan foydalanadi. Iqtisodiy adabiyotda o`zining iqtisodiy manfaatlarini anglab etgan va bu manfaatlarga muvofiq holda harakat qiluvchi insonni iqtisodiy inson deb ataydilar.
Inson ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchi sifatida yoki tadbirkor sifatida ishtirok etadi. Ba`zan esa inson ishlab chiqarishda ham ishchi kuchi, ham tadbirkor bo`lib ishtirok etishi ham mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, ishchi kuchi insonning mehnat jarayonida ishga solinadigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig`indisidir. Bu qobiliyatlarning bir qismi insonda tabiatan, avvaldan mavjud bo`lsa, ikkinchi qismi insonni o`qitish va tarbiyalash natijasida shakllantiriladi, uchinchi qismi esa mehnat jarayonida ishtirok etish mobaynida vujudga keladi.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan bu munosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdanbir yo‘lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan ko‘rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo‘lmaganda kishi bilan tabiat o‘rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo‘lmas edi.
Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, elyurtlarga va xalqlarga xos bo‘lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Ishlab chiqarish jarayonida inson yakka ravishda emas, balki jamiyatning boshqa a`zolari bilan birgalikda ishtirok etadi. Shuning uchun individual ishchi kuchi jamiyat miqyosidagi jami ishchi kuchining bir bo`lagi sifatida ishga solinadi. Jami ishchi kuchining tarkibi uning qanday kasblardan tashkil topganligi, uni tashkil etuvchilarning bilimlari va malaka darajasi, ijtimoiy ishlab chiqarishni texnika bilan qurollanganligi, mavjud texnologiyalar, ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi, kontsentratsiyasi, ixtisoslashishi va kooperatsiyalashuvi kabi omillarning talablariga mos ravishda shakllanadi.

Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uyro‘zg‘or ishiga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uyro‘zg‘or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtiga qaraganda ko‘proq ekan. Buning ustiga uy-ro‘zg‘or ishlari talaygina quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa misollar maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro‘zg‘or ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko‘plab ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko‘p bo‘lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o‘rganish oson bo‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim.

Ishlab chiqarish

Nomoddiy ishlab chiqarish

Moddiy ishlab chiqarish

Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish

Moddiy xizmatlar ko’rsatish

Nomoddiy xizmatlar ko’rsatish

Nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish

O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziqovqat mahsulotlari, kiyim-kеchaklar va h.k.) va moddiyxizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy nе’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar bеrish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan — birinchi va ikkinchi bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo‘lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom-ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo‘linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.


Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi bo‘limda va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo‘lgan umumiy hodisa bo‘lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar o‘rtasida ma’lum shakldagi o‘zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hami sha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 87,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin