Bu jadvaldan ko'rinib turibdiki, ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda omillar miqdori oshirilgan, ular so'nggi qo'shilgan omillar deb yuritiladi. Shuningdek mahsulot ham o'sgan, ana shu 30 birlikdagi o'sgan mahsulot so'nggi qo'shilgan mahsulot deb yuritiladi. Har bir qo'shilgan omil evaziga olingan qo'shilgan mahsulot esa so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.
G 'arb adabiyotlarida qo'shilgan mahsulotni aniqlash uchun hamma omillar olinmaydi, balki alohida olingan bir omil olib ko'rsatiladi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo'lganda xom ashyo yoki ishchi kuchining o‘sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo'shilgan mahsulot aniqlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo'shilgan mahsulot m a’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa, uning har birligi evaziga qo'shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo'shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf qilishgan.
Ularning g'oyasi bo'yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o'rtacha mahsulot ham pasayjb ketadi. Bu qonunni ular iqtisodiyotning universal qonuni deb e ’lon qiladilar va uni isbotlash uchun ko'pdan—ko'p yer bir birligiga (gektarga) sarflangan qo'shimcha kapital unumdorligining pasayib borishini ko'rsatadilar. Bu qonun e’lon qilinganiga 100 yildan ko'proq vaqt o'tdi. u davrlarda fan-texnika yetarli rivojlanmagan edi. Bunday sharoitda u to'g'ri bo'lgan. Lekin hozirgi fan-texnika va texnologiya tez rivojlanib, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy qilinib turgan davrda bu qonunning amal qilmasligi deyarli ham ma adabiyotlarda va hamma iqtisodchi olimlar tomonidan tan olinmoqda.
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to ‘laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo'lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur boMadi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan toMiq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning toMiq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning toliq hajmini ta’minlash zarur