1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi Moddiy va m a’naviy ne’m atlarni yaratish, xizm atlar ko'rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to'xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’yektiv zaruriyatdir.
Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng awalo, uning ro'y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo'lmog'i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i-nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo‘lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo'lishi shart (1-chizma).
Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi m ehnat qobiliyatiga ega bo'lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o ‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (m ashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita m ehnat ta’sir qiladigan, ya’ni m ahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom-ashyo bo'lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predm etlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa m ehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Mehnat vositalarini mehnat predm etlariga ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra, bir nechta katta guruhlarga bo ‘lish mumkin.
Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordam ida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta ’sir qiladi va bu ashyolarni o'zining iste’moli uchun zarur bo‘lgan shaklga keltiradi.