Mavzu: ishlab chiqarish zaxiralarining buxgalteriya hisobi



Yüklə 89,35 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü89,35 Kb.
#191296
axmedov ogabek.pdf



MAVZU: ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARINING BUXGALTERIYA HISOBI
Xo‘jalik yuritishning muhim omili bo‘lib korxonaning ishlab chiqarish zahiralariga 
ega bo‘lishligi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish zaxiralari –bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil 
etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq, 
ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan aktivlar kiradi: 

Xom- ashyo va materiallar- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish 
(bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari; 

Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) –bu ishlovning ma’lum 
texnologik bosqichlaridan o‘tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi 
mumkin bo‘lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari; 

Butlovchi qismlar – bu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo‘lgan 
qismlari.
99 

Yoqilg‘i –bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg‘ilar (benzin, kerosin, 
salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);

Moylash materiallari –bu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol 
va shu kabi moylar. 

Ehtiyot qismlar –bu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza, 
ballon, kamera va boshqalar ); 

Qurilish materiallari – bu ob’ektlarni qurish, ta’mirlashda qullaniladigan 
materiallar (g‘isht, taxta, sement va boshqalar); 

Yem-xashaklar – bu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash, 
o‘stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko‘kat o‘tlar, silos, 
yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar. 

Tara- bu mahsulotlarni o‘rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar ( 
butulka, bochka, yashik , xalta va boshqalar ); 
Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida
inventarlar va xo‘jalik buyumlari, shuningdek o‘stirishdagi va boquvdagi mollar ham 
kiradi. 
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra asosiy va yordamchi 
zaxiralarga bo‘linadi. 
Asosiy ishlab chiqarish zahirasi deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy 
komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa 
ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi. 
Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash plyonkasi, shpagat va 
boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday 
qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy
ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish zaxiralari 
bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

Ishlab chiqarish zaxiralarini ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos 
ravishda hisobga olish; 

Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruxlarga ajratish; 

Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri baxolash; 

Ishlab chiqarish zaxiralariga kilingan kushimcha harajatlarni (tashib keltirish, boj 
va soliq to‘lovlari, kurs o‘rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash va boshqalar) 
to'g'ri hisobga olish, ularni uz vaktida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (kiymatiga) yoki
korxona harajatlariga kiritish. 

Ishlab chiqarish zaxiralari xolati va harakatini to'g'ri, uz vaktida va tegishli 
boshlangich hujjatlar bilan rasmiylashtirish hisobga olish; 

Og’abek Kv, [12/1/2022 9:59 PM]



Ishlab chiqarish zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar 
shaxslar tomonidan hisobotlarni tug‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat 
qilish; 

Ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati bo‘yicha moddiy javobgar 
shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini 
ta’minlash; 

Ishlab chiqarish zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni 
belgilangan muddatlarda kayta ruyxatdan utkazish (inventarizatsiya kilish), uning 
natijalarini to'g'ri

100 


Mavjud ishlab chiqarish zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun 
omborlarda 
me’eridan 
ortiq 
zaxiralarni 
saqlamaslik, 
ularni 
qo‘shimcha 
nobudgarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini 
to'g'ri hisobga olish; 

Ishlab chiqarish zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini 
hisobda to‘g‘ri aks ettirish; 

Arzon baholi buyumlarning eskirishini to‘g‘ri hisoblash, to‘liq eskirgan 
buyumlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda to‘g‘ri aks 
ettirish. 
Ishlab chiqarish zahiralarini baholash. Ishlab chiqarish zaxiralari 4-son BHMS
«Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq (p.7) ularning tannarxi yoki sotilishini sof 
qiymatidan biri bo‘yicha eng kichigini tanlash yo‘li bilan baholanadi. 
Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi-bu ularni sotib olishga yoki ishlab (https://fayllar.org/ishlab-chiqarish-va-ishlab-chiqarish-funksiyasi-ishlab-chiqari.html)
chiqarishga ketgan barcha harajatlar majmuasi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularni sotib olish 
qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikatsiya harajatlari, komissiya to‘lovi, 
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan harajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lovchi hisoblanmagan korxonalarda ishlab 
chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan QQS ham ularning 
tannarxiga kiritiladi. QQS ni to‘lovchi korxonalarda zaxiralarni sotib olishda to‘langan 
QQS summasi byudjetga ushbu soliq bo‘yicha qarzdan chegiriladi (zachetga olinadi). 
Ishlab chiqarilgan zaxiralarning tannarxi –bu o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan 
materiallar va boshqa zaxiralarga ketgan bevosita va bilvosita moddiy, mehnat va boshqa 
ustama harajatlar majmuasi. 
Sotishning sof qiymati –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik 
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni 
pasaytirish hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari 
pasaytirilgan baholarda, ya’ni sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi. 
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymati 4- son BHMS ga muvofiq ( p. 16-18 ) quyidagi 
usullarning birida baholanadi: 

FIFO –zaxiralarni kelib tushish vaqtidagi bahosida chiqim qilish, ya’ni birinchi 
tushum, birinchi chiqim .Ushbu usulda oldin kelgan zaxira oldin sarflanadi va ishlab 
chiqarish tannarxiga kelib tushgan bahosida kiritiladi, ushbu zaxira tugagach, keyingi 
tushgan zaxira tushgandagi bahosida sarflanadi va ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. 
Ushbu usulning harakterli xususiyati shundaki, hisobot davri oxirida korxonada faqatgina 
oxirgi navbatda va baholarda kelib tushgan zaxiralar qoladi. Keyingi oyda qolgan 
zaxiraning chiqimi birinchi navbatda kelib tushgan bahosida ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritiladi. Masalan, «A» material 5 yanvarda 1000 dona 100 sumdan jami 100000 sumga, 
15 yanvarda 2000 dona 150 sumdan 300000 sumga, 20 yanvarda 1000 dona 200 sumdan 

200000 sumga kelib tushdi. Aytaylik, yanvarda jami materiallardan 3500 donasi ishlab 


chiqarishga sarflandi. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan zaxiralarning qiymati ushbu 
usulda jami 500000 sumni tashkil etadi. Oy oxirida omborda 20 yanvarda kelib tushgan 
va ishlatilmay qolgan 500 dona material 200 sumdan jami 100000 sumga zaxira bo‘lib
qoladi. Keyingi oyda ushbu materialni ishlab chiqarishga sarflanishi aynan shu bahoda, 
ya’ni 200 sumdan chiqim qilinadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
101 

AVEKO- bu zaxiralar qiymatini o‘rtacha narxlardagi baholar bo‘yicha hisobdan 
chiqarish usuli. Yuqoridagi misolimizda kelib tushgan bir dona materialning o‘rtacha 
qiymati 150 so‘mni ( 600000/4000) , ishlab chiqarishga sarflangan materialning qiymati 
525000 sumni (3500*150 ) va oy oxirida qolgan materiallar qiymati 75000 so‘mni 
(500*150) tashkil etadi. 

LIFO- bu zaxiralarni oxirgi tushum bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli. 
Yuqoridagi misolda ishlab chiqarishga sarflangan materiallar qiymati 550000 sumni ( 
1000*200+2000*150+500*100), oy ixirida qolgan materiallar qiymati –50000 sumni 
(500*100) tashkil etadi. Baholarni o‘sib borishi yuz berayotgan sharoitda ushbu usul
dastlab tannarxni oshishiga, keyinchalik esa kamayishiga, oy oxirida eski narxlardagi 
materiallarni omborlarda qolib ketishiga olib keladi. Shuning uchun materiallarni ko‘p 
martalab qayta baholash zaruriyati tug‘iladi.
Zaxiralarning yuqorida keltirilgan usullari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
tannarxiga va ularning qoldiq qiymatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, eng kichik 
tannarx va eng katta zaxiralar qoldig‘i FIFOda, eng katta tannarx va eng kichik zaxiralar 
qoldig‘i LIFO da yuz beradi. Bizning misolimizda, jumladan bu quyidagicha: 
KO‘RSATKICHL
AR 
FIFO 
AVEKO 
LIFO 
Tannarx 
500000 
525000 
550000 
Zaxira qoldig‘i 
100000 
75000 
50000 
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymatini baholash usullari tannarx orqali foydaga, u 
orqali esa foydadan( daromaddan) olinadigan soliqlarga ham turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 
Misol uchun zaxiralardan 3500 donasi 250 sumdan sotildi deylik. Bunda korxonaning 
sotishdan olgan foydasi va foydadan olinadigan soliqlar (davr harajatlari , soliq bazasiga 
qayta qo‘shiladigan harajatlar va imtiyozlar hisobga olinmagan shartli ravishda) 
quyidagicha bo‘ladi.
KO‘RSATKICHLAR 
FIFO 
AVEKO 
LIFO 
Sof tushum 
875000 
875000 
875000 
Tannarx 
500000 
525000 
550000 
Foyda 
375000 
350000 
325000 
Foyda solig‘i, 20% 
75000 
70000 
65000 
Infrastruktura- 
ni rivojlanti- 
rish solig‘i, 8% 
24000 
22400 
20800 
Misoldan ko‘rinib turibdiki, eng katta foydadan olinadigan soliqlar FIFO da, eng 
kichigi esa LIFO da namoyon bo‘ladi. 
BXMS №4 ga muvofiq (p.17 ) O‘zbekiston Respublikasida ko‘proq e’tiborli 
bo‘lgan FIFO va AVEKO usullarni qo‘llash ko‘zda tutilgan, LIFO usulini qo‘llash
ko‘zda tutilmagan.
Xo‘jalik 
yurituvchi 
sub’ektlar 
ishlab 
chiqarish 
zaxiralarining 
qiymatini 
baholashning yuqorida keltirilgan FIFO va AVEKO usullaridan birini tanlab olishlari va 
uni o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatishlari kerak. Bir vaqtning o‘zida ikki usulni
PDF created with pdfFactory trial version 
102 
qo‘llash ta’qiqlanadi. Bir usuldan ikkinchisiga asos bo‘lganda o‘tish mumkin va bu 
to‘g‘rida hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgaritirishlar tegishli organlarga yetkazilishi kerak. 
Ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylaridagi hisobi. Korxonalarda ishlab 
chiqarish zaxiralarining saqlanish joylari bo‘lib omborlar, sexlar, maydonchalar, 

uchastkalar, molxonalar va boshqalar hisoblanadi. Barcha saqlash joylarida zaxiralar 


bo‘yicha aniq moddiy javobgar shaxslar belgilanadi va ular bilan moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida shartnomalar tuziladi. 
Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib ombor mudirlari, sex boshliqlari, xo‘jalik bo‘limi 
mudirlari, prorablar, garaj boshlig‘i, mol boqar cho‘ponlar, bo‘rdoqichilik bazalari 
mudirlari va boshqalar hisoblanadi. 
Moddiy javobgar shaxslarning asosiy vazifalariga ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z 
vaqtida kirim qilish, korxona raxbari farmoyishi bilan ularni ishlab chiqarish sexlari va 
uchastkalariga ko‘rsatilgan miqdorda berish, moddiy boyliklarni butligini to‘liq 
ta’minlash, talon-tarojlikga yul qo‘ymaslik, zaxiralarning kirim va chiqimini to‘g‘ri va 
o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ularning holati va harakati to‘g‘risida 
hisobotlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri tuzish va buxgalteriyaga topshirish kiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralari ularning saqlanish joylarida soniy va summaviy jixatdan 
miqdor va pul o‘lchovlarida hisobga olinadi. Buning uchun har bir ishlab chiqarish 
zaxirasiga inventar kartochka ochiladi yoki umumiy obmor kitobi yuritiladi. Bunda 
quyidagi boshlang‘ich va jamlama hujjatlar ishlatiladi: 

Kirim bo‘yicha: 
1. Schyot faktura – tashqi ta’minotchilardan olingan ishlab chiqarish zaxiralarini 
qabul qilishda. 
2. Nakladnoy- ichki bo‘linmalardan kirim qilishda. 
3. Qabul qilish dalolatnomasi – ta’sischilardan, boshqa shaxslardan qaytarib 
bermaslik sharti bilan qabul qilinganda, ichki almashuvda, yordamchi ishlab chiqarishdan 
olinganda, ilmiy izlanishlar va tajriba –konstruktorlik ishlanmalari natijasi sifatida kirim 
qilinganda va boshqa hollarda. 
4. Inventarizatsiya varag‘i va taqqoslama qaydnoma – inventarizatsiyada 
ortiqchalar aniqlanganda, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinsisiga topshirilganda 

Chiqim bo‘yicha: 
Talabnoma – ombordan ishlab chiqarishga berilganda 
2.Zabor varaqasi - bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga har kunda ma’lum 
miqdordagi materiallarni berib borish hollarida 
3.Schet-faktura – materiallar chetga sotilganda, bepul berilganda, ta’sis badali 
sifatida kiritilganda va boshqa hollarda 
4.Hisobdan chiqarish dalolatnomalari – materiallarni hisobdan chiqarish hollari 
bulganda va boshqalar.
Moddiy javobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida belgilangan 
muddatlarda (hisob siyosatiga muvofiq belgilangan muddatlarda) moddiy hisobot 
tuzadilar. Ushbu hisobotlar tasdiqlangan shakllarda tuziladi. Ularda ishlab chiqarish 
zahiralarining holati va harakati soniy va summaviy ko‘rinishda aks ettiriladi. Moddiy 
hisobotlar ikki nusxada tuziladi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va 
ularning birinchi nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Aynan moddiy hisobotlar va ularga 
tikilgan birlamchi hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobini yuritishga 
asos bo‘lib hisoblanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
103 
Materiallarning sintetik hisobi. Materiallarining sintetik hisobini yuritish uchun 
21-son BHMS da quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan. 

1010 «Xom –ashyo va materiallar». Ushbu schyotning debetida asosiy va 
yordamchi xom-ashyo va materiallarning, qayta ishlov uchun tayyorlangan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i 
va ularni turli manbalardan kelib tushush evaziga ko‘payishi, kreditida esa – 
materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida 
yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu 
schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va 
konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari 
natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda 
aks ettiriladi. 

1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘i-
moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar), 
gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining 
(ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan 
qiymatda aks ettiriladi. 

1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar, 
transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning 
zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

1050 «Qurilish materiallari». Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish –
montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish 
materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‘payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli 
konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida 
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks 
ettiriladi. 

1060 «Tara va tara materiallari». Ushbu schetning debetida xo‘jalik inventari va 
buyumi sifatida ishlatilmayotgan barcha turdagi taralar, taralarni yasash va ta’mirlash 
uchun zarur bo‘lgan material va detallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni
chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar». Ushbu schetning 
debetida chetga qayta ishlash uchun berilishi mumkin bo‘lgan asosiy va yordamchi 
materiallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida 
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks 
ettiriladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

104 


1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida yuqoridagi schetlarga 
kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni tugatishdan va boshqa 
operatsiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo‘lmaydigan brak 
mahsulotlar, metallolom, eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.) 
zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko‘payishi, 
kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi 
tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 


1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob 


siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. 
Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa 
ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar 
korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 1010-
1090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi. 

1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob 
siyosatida materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish 
ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Hisob bahosi bo‘lib, odatda, normativ yoki rejali 
tannarx hisoblanadi. Tayyorlangan (sotib olingan) materiallarning haqiqiy tannarxini 
hisob bahosidan ko‘p bo‘lishi ushbu schetning debetida, kam bo‘lishi esa uning kreditida 
1510-schet bilan korrespondensiya-langan holda aks ettiriladi. 1610-schetning debet 
qoldig‘i summasi hisob baholaridan ortiq qiymatda kelib tushgan materiallarga to‘g‘ri 
keladigan chetlanishlar summasini ko‘rsatadi. Baholar o‘rtasidagi farqlar sotib olingan 
materiallarni haqiqatda sarflangan vaqtida ularning hisob bahosidagi qiymatiga 
proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 89,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin