Mavzu: Islomda inson huquqlari himoyasi ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik Islomda inson huquqlari himoyasi


Ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik



Yüklə 19,97 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#113845
1   2   3
Mavzu Islomda inson huquqlari himoyasi ijtimoiy tenglik adolat

Ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik. Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo’lib, 0’rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, X o‘ja Ahror singari buyuk siymolar katta hissa qo‘shdilar. Ulaming ta ’limoti islomda tariqat (Tariqat - islomda y o’l-yo‘riq, yo‘nalish degan m a’nolami anglatadi) deb atalib, bu tariqatlarda falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to’g’risidagi muhim g’oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon insonning jamiyatdagi o 'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har bir kishining dinga e ’tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar b o‘yicha ilgari surilgan g’oyalar muhim ahamiyatga egadir.
Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida mo'min musulmonlaming dinga e ’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to’g’risida Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablarning ijrosida insonning qadr-qimmati kamsitilishiga yo’l qo‘yib bo'lm asligi zarurligini ta ’kidlaydi.
Tasavvuf ilmida bir qancha yo'nalish bo‘lib, ularning islomda birmuncha keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir.
Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo‘l - ishda) mavzusidagi g’oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya ta’limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning marhamatlaridan bahramand bo’lish, o’z oilasini obod qilish, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan foydalanishga harakat qilganlar.
Tasavvuf ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g’oyasi tasavvuf ilmining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab berilgan.
Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Abduxoliq G’ijduvoniyning “Vasiyatnoma”, Imom G’azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o’z haqini ado etishi, Alloh va uning payg‘ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo’l bilan har bir m o‘min komil inson bo’lib hayot kechirishi mumkinligi to’g’risida qimmatli flkrlar yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, qarindosh-um g‘laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, qo'shnilarning haq-huquqlari o’zining aniq ifodasini topgan.

Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin