Issiqlik energetik zaxiralarining hisobi. Ikkilamchi energetik zaxiralardan foydalanish.
3. Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish uchun issiqlik nasoslarini ishlatish Rivojlangan davlatlarning energiya tejamkorlik dasturlarida issiqlik nasoslari ahamiyatli joy egallagan. Misol uchun, ikkilamchi energetik resurslar (issiqlikning oqishi, shamollatish tizimi, isitish tizimida suvni aylantirish) ishlatiladi. Issiqlik nasoslari ishonchli, ekologik toza va yuqori samaradorli bo‘lganligi uchun keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda jahonda 15 millionga yaqin bir necha kVt dan MVt gacha quvvatli issiqlik nasoslarilari ishlatilmoqda. Energetika qo‘mitasi tahliliga ko‘ra rivojlangan davlatlarda 2020 yilda 75 % issiqlik ta’minoti isiqlik nasoslari orqali ta’minlanadi. Ular asosan AQSh, Kanada, Skandinaviya davlatlarida keng qo‘llanilmoqda.
AQSh da qurilish normalari sifatida inshootlar issiqligini ta’minlashda 30 % dan ko‘p uy-joy binolari issiqlik nasoslari bilan jihozlangan. Stokgolmda esa 320 MVt quvvatli katta issiqlik stantsiyasi suvni isitish uchun Baltika daryosidan oladi.
Nasos bir pog‘onali kompression hisoblanadi. Issiqlik nasosi ikkita agregatdan avtomalashtirilgan tizimli kompressor va kondensatorli bug‘latgichdan tashkil topgan.
Ikkala agregat ya’ni kompressorli va kondensatorli bug‘latgich bir qatorda o‘rnatiladi va so‘rish orqali ular orasi bog‘lanib, asosga qattiq qilib mahkamlanadi. Issiqlik nasosi o‘rnatmalarining ishlashi uchun doimiy suv manbasi zarur.
Zavod ma’lumotlariga ko‘ra an’anaviy metod bilan taqqoslash orqali TN ning afzalliklari quyidagilardan iborat:
issiqlik nasoslari – issiqlik energiyasini 3-7 martagacha kattalashtirishga olib keluvchi yagona o‘rnatma bo‘lib, eng samarali yuqori potentsialli issiqlik manbasi hisoblanadi;
gazli qozonlarning eng samarali TN ni ishlatish;
o‘rta va kichik quvvatli ko‘mirli va mazutli qozonlarda markazlashgan issiqlik ta’minotini;
1 Gkal/s quvvatli issiqlik stantsiyasida bir yilda 2100 t ko‘mirni tejash;
qozonda xizmat qo‘rsatuvchi ishchi talab etilmaydi;
atrof-muhitga zarar yetmaydi;
qozonning yer osti yo‘li va yoqilg‘i ombori uchun etarli hudud talab etilmaydi;
isiqlik nasosini boshqarish ishonchli va oddiy hisoblanadi.