Mavzu: Izotrop va



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə2/5
tarix26.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#66396
1   2   3   4   5
kurs ishi Raxmonova Yulduz

Metallarning optik xossalarining xarakteristikasi.

Metal sirtidan yorug’lik qaytishining xususiyatlari metallarda atomga zaif bog’langan elektronlarning ko’p ekanligiga bog’liq. Bu elektronlar metall atomiga shu qadar zaif bog’langanki, ko’p hodisalarda bu elektronlarni erkin elektron deb hisoblash mumkin. Erkin elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’lgan ikkilamchi to’lqinlar kuchli qaytgan to’lqin va metall ichiga kiruvchi zaifgina to’lqin hosil qiladi; qaytgan to’lqinning intensivligi tushayotgan to’lqin intensivligining 95% iga (va hatto undan ortiq qiymatga ) yetadi. Erkin elektronlar zichligi juda katta (1 ga chamasida) bo’lgani uchun metallning hatto juda yupqa qatlamlari ham o’ziga tushayotgan yorug’likning ko’proq qismini qaytarib, odatda amalda noshaffof hisoblanadi. Yorug’lik energiyasining metall ichiga o’tuvchi qismi o’sha yerda yutiladi. Yorug’lik to’lqini tasiri ostida tebranma harakatga kelgan erkin elektronlar metallning ionlari bilan o’zaro ta’sir qilishadi, buning natijasida elektromagnitik to’lqindan olingan energiya issiqlikka aylanadi.
Shunday qilib, elektromagnitik to’lqin metall ichida tez so’nib qoladi va tavsiflangan butun bu jarayonda odatda metallning juda yupqa qatlamigina rol o’ynaydi.
Qaytish tufayli yorug’likning qanday ulushini metall o’tkazmay qo’yishi va unda yutilishi tufayli qanday qismini tutib qolishi metallning o’tkazuvchanligiga bog’liq. Issiqlikga ketadigan isroflar umuman bo’lmaydigan ideal o’tkazgichda



yorug’lik yutilmaydi, shuning uchun tushayotgan yorug’lik to’liq qaytadi. Fabri-Pero Interferometrlarida ishlatiladigan juda toza kumush pardalar mana shu ideal o’tkazgichga yaqin keladi. Yorug’likni 98-99% qaytaradigan , atigi 0.5 % yutadigan pardalar yasalgan . Yaxshi o’tkazgich hisoblangan natriy kabi metallning qaytarish qobiliyati juda yuqori ( 99.8% gacha ) bo’lib, uning yutish qobiliyati mos ravishda juda kichikdir. O’tkazuvchanligi pastroq bo’lgan metallarda, masalan, temirda atigi 30-40 % qaytariladi, shuning uchun qalinligi mikronning ulushlaricha bo’lgan noshaffof metall pardasi o’ziga tushayotgan yorug’likning 60% ga yaqin ulushini yutadi.
Shunday qilib, metallning yorug’likni yaxshi qaytarishdek va oksidlar qoplamagan toza sirtining, ayniqsa, yarqirab ko’rinishidek xarakterli xususiyati uning elektr o’tkazuvchanligiga aloqadordir. Metallning elektr o’tkazuvchanlik koeffitsenti qancha katta bo’lsa, uning yorug’lik qaytarish qobiliyati shuncha yuqori bo’ladi.









Chastotalar uncha yuqori bo’lmaganda ( infraqizil nurlar ) metallning optik xususiyatlari, asosan, erkin elektronlarning xarakteriga bog’liq bo’ladi. Biroq ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlarga o’tilganda xususiy chastota bilan xarakterlanadigan bog’langan elektronlarning xususiy chastotalari qisqaroq to’lqin uzunliklari sohasida yotadi. Bu elektronlarning ishtirok etishi tufayli metallga xos bo’lmagan optik xossalar namoyon bo’ladi. Masalan, ko’zga ko’rinadigan yorug’lik sohasida qaytarish koeffitsienti juda yuqori ( 95% dan ortiq ) bo’lib, salgina yutadigan kumush, ya’ni metallning tipik optik xususiyatlariga ega bo’lgan kumush ultrabinafsha nurlar sohasida juda yomon qaytaradigan va juda shaffof bo’ladigan sohaga ega ; =316 nm yaqinida kumushning qaytarish qobiliyati 4.2 % ga tushib qoladi , ya’ni shishadek qaytaradi. Quyida kumushning yorug’lik normal tushgan holda turli to’lqin uzunliklariga oid qaytarish koeffitsientlari ko’rsatilgan :

( nm)

251

288

305

316

326

338




( %)

34

21.2

9.1

4.2

14.6

55.5

( nm)

357

385

420

450

500

700

1000

( %)

74.4

81.4

86.6

90.5

91.3

96

97.5

Bu ma’lumotlarga ko’ra yupqa qatlam tarzidagi kumush yorug’ga tutilganda binafsha rangda ko’rinadi . Xuddi shuningdek, ishqoriy metallarning ko’zga ko’rinadigan yorug’likni o’tkazmaydigan yupqa qatlamlari ultrabinafsha nurlarni o’tkazib yuboradi ( = 440 nm bo’lganda seziy , =360nm bo’lganda rubidiy , =315nm bo’lganda kaliy, =210nm bo’lganda natriy, = 205nm bo’lganda litiy bu nurlarni sezilarli darajada o’tkaza boshlaydi). Bu hatto ultrabinafsha sohada bu metallarda Bryuster burchagini topishga va metalldan qaytishda tabiiy yorug’likni qutblantirishga muyassar bo’ldi.
Yorug’likni metallar orqali o’tishi va metallardan qaytishining to’liq nazariyasi bu xususiyatlarini hisobga olishi kerak . Bunday qilish qiyinligining sababi shundaki, metallarning elektron nazariyasi kvantlar mexanikasini tatbiq etishni talab etadi.

    1. Izotrop va anizotrop kristallar.

Qattiq jismlarning bir turi kristall jismlar hisoblanadi. Kristall jismlarning eng xarakterli tomoni shundaki, ularni tashkil etuvchi zarralar aniq geometrik shaklda joylashishidir. Masalan, osh tuzi NaCl kristallari kub shaklida, kvars kristallari prizma ko’rinishiga ega. Kristall jismlarning asosiy xarakterli alomati unda anizotropiyaning mavjud bo’lishidir. Anizotropiya deb bir jinsli jismni fizik xossalarini turli yo’nalishlarda har xil bo’lishiga aytiladi. Kristall jismlarda issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, yorug’likning tarqalish tezligi, elastiklik moduli, issiqlikdan kengayish koeffitsienti va boshqa fizik xossalari turli yo’nalishlarda har xil bo’ladi. Kristall jismlarning asosiy alomati, unda zarralarning (atom, molekula yoki ion), ma’lum bir tartibda joylashishidir. Kristallarning muvozanat holati uchun uch o’lchami bo’yicha zarralarning davriy takrorlanib joylashishiga kristall panjara deyiladi. Zarralar o’rtasidagi o’rtacha masofani o’lchashda va kristall jismlarni ma’lum panjara tuzilishiga ega ekanligini aniqlashda rentgenogrammalardan foydalaniladi. Kristall jismlarda zarralarning muayyan tartibli joylashishi jismning butun hajmiga tegishli bo’lib, buni uzoq tartib deb yuritiladi. Amorf jismlarda zarralarning bunday tartibli joylashishi faqat qo’shni atomlarigagina xos bo’ladi, buni yaqin tartib deb yuritiladi. Amorf jismlar o’zining issiqlik xossalariga ko’ra kristall jismlardan keskin farq qiladi. Amorf jismlarga kristall qattiq jismlarga berilgani kabi issiqlik berilsa, u issiqlik ta’sir etgan qismi suyuq holatga aylanib, qolgan qismi qattiq holatda turaveradi. Uning harorati ikkala holatda tamomila farqli bo’ladi.


    1. Yüklə 1,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin